Qozoqboy Yo‘ldoshev (1949-yil, Sirdaryo) — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori.

Qozoqboy Yo‘ldoshev Bolibekovich
Tavalludi 9-may 1949-yil (1949-05-09) (75 yosh)
Sirdaryo viloyati
Fuqaroligi O‘zbekiston
Taʼlimi 1966–1970-yillar Guliston davlat universiteti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori.
Ilmiy unvoni Professor
Dini Islom

Ta’lim tahrir

Qozoqboy Yo‘ldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1956–1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-o‘rta maktabda tahsil olgan.1966–1970-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.

Faoliyati tahrir

1970–1977-yillarda Guliston tumanidagi 1–15-maktablarda til va adabiyot o‘qituvchisi. 1977–1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o‘quv bo‘limi mudiri ,direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 1980–1985-yillarda O‘zkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xo‘jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, "Qizil tong" kolxozi parkomi kotibi lavozimlarida ishladi. 1986–1994-yillarda Guliston davat universtiteti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent, "Pedogogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi" kafedrasi mudiri, "O‘zbek filologiyasi" fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.

1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbek pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lim mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bo'lib ishlagan.1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O‘zbekiston Milliy universtiteti "O‘zbek filologiyasi" fakulteti dekani bo‘ldi. Shundan so‘ng Qozoqboy Yo‘ldoshev hozirga qadar "Matnshunoslik,milliy uyg‘onish davri va hozirgi o‘zbek adabiyoti" kafedrasi professori bo‘lib ishlaydi.[1]

Ilmiy faoliyati tahrir

1985-yilda "O‘zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolug‘iyasi" mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa "Yangicha pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari" mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Qozoqboy Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangan.[2] U hozirgi kungacha 35 ta kitob va 393 nomda ilmiy maqolalar muallifidir,[1]

Kitoblari tahrir

  • Kiyik so‘qmoqdagi yo‘lovchi (2014);
  • So‘z yolqini (2018);
  • Jilovlanmagan tafakkur mahsuli (2024).[3]

Havolalar tahrir

Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan intervyu↓ https://www.youtube.com/hashtag/qalampiruz

Rost24OFFICAL yutub kanaliga bergan intervyusi. https://www.youtube.com/watch?v=_Ro6EhKnZlw

Manba tahrir

Oʻzbek adabiyoti antologiyasi.-Toshkent: Adabiyoti sanʼati.-2022.-276 b.

  1. 1,0 1,1 „Qozoqboy Yo‘ldoshev“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
  2. „QOZOQBOY YO'LDOSHEV ILMIY MAKTABI“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
  3. „“Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” – millat uchun qayg‘urish namunasi“ (11-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.