Qudratulla Omonov
Qudratulla Omonov (1972, Shahrisabz) — turkolog, turkiy tillar tarixi, rasmiy matnlar uslubining yuzaga kelishi, yozma yodgorliklar tili, manbashunoslik va matnshunoslik masalalari boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori.
Qudratulla Omonov | |
---|---|
Qudratulla Omonov | |
Tavalludi |
1972 Qashqadaryo, Shahrisabz shahri |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | turkologiya |
Ish joylari | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
Faoliyati
tahrirToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzek filologiyasi fakultetining 1995-yil bitiruvchisi. 1989-yildan Shahrisabzdagi oʻrta maktabda laborant, 1995 OʻzFA Qoʻlyozmalar institutida laborant, 1996-yildan aspirant, 1997 ilmiy xodim, 1997 — 2000-yillar OʻzFA Til va adabiyot instituti doktoranti. 2000-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2008-yildan dotsenti, 2009 — 2012-yillar Turkiy tillar kafedrasi mudiri; 2012-yildan ToshDSHI Sharq filologiyasi va falsafa, 2014-yildan Sharq filologiyasi fakulteti dekani. 2010-yilda Moskva davlar universitetida, 2009-yilda Turkiya, Stanbul universitetida va Yaponiyaning Sukuba universitetida malaka oshirib qaytgan.
Ilmiy yoʻnalishi
tahrirTurkologiya, turkiy tillar tarixi, turkiy hujjatchilik oʻtmishi, siyosiy-huquqiy atamalar tarixi, manbashunoslik matnshunoslik masalalari. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Turkiya (1997, 2003); Qozon (2013), Yaponiya (2011).
Asosiy ilmiy ishlari
tahrirNomz. diss. mavzusi: XIV-XV asrlarda uygʻur xatida bitilgan imtiyoz huquqini beruvchi davlat hujjatlarining lisoniy-uslubiy tadqiqi. — Toshkent, 1997.
Dokt. diss. mavzusi: 2. Turkiy rasmiy uslubning yuzaga kelishi va takomili (ilk va oʻrta asrlar). ‒ Toshkent, 2016.
Adabiyotlar
tahrir- Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.