Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev
Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev (1999-yil 21-dekabr) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining oltin medal sohibi.
Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev | |
---|---|
Qudratillaxon Maʼrufxoʻjayev 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi | 21-dekabr 1999-yil |
Mukofotlar | |
Sport | |
Qaysi sport | Paralimpiya yengil atletika |
Murabbiy(lar)i | Mavlonbek Xaydarov |
Hayoti
tahrirQudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 1999-yil 21-dekabrda tugʻilgan[1].
Faoliyati
tahrir2018-yildan beri para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. Musobaqalarda F37 klassida qatnashadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin medal hamda 2023-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2023-yili Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yengil atletikaning yadro uloqtirish boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1]. Mavlonbek Xaydarov qoʻl ostida mashgʻulot olib boradi[2].
2024-yilgi Parij Paralipiadasida yadro uloqtirish bahsida 16.37 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].
Mukofotlari
tahrir2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Paralimpiya o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekistondan 19 sportchi qatnashadi“. gazeta.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
- ↑ „Yoʼllanma olgan sportchilar“. paralympic.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
- ↑ „Qudratulla Ma’rufxo‘jayev - Paralimpiya o‘yinlari chempioni, Tolibboy Yo‘ldoshevda bronza medal“. kun.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.