Quest Pistols Show (2014-yilgacha Quest Pistols) – ukrain musiqa va raqs guruhi, guruh 2007-yilda Inter telekanalining „Shans“ teleloyihasida „Ya ustal“ singli bilan oʻz debyutini qilgan. Guruhning birinchi tarkibi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy iborat boʻlgan.

QUEST PISTOLS
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Kiyev
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Faoliyat yillari 2007-yildan hozirgacha
Janr rok. pop rok, pop, alternativ rok
Leybl

Kruzheva Music (2007—2018) Warner Music Group (2018-2022)

PAPA Music (2022-yildan)
Tarkib Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Sobiq aʼzolar Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
Vebsayt questpistols.com

Guruh uchta studiyaviy albomini „Dlya tebya“ (2007), „Superklass“ (2009), „Lyubimka“ (2016), shuningdek, oʻn sakkizta radiosingllarini chiqargan. Guruh MTV Europe Music Awards va Oltin Gramafon sovrindori. Guruhning barcha aʼzolari, ham sobiq, ham hozirgilari tatuirovka muxlislaridir[1][2].

Guruh tarkibi

tahrir

Guruh tarixi

tahrir

2007—2011

tahrir

Guruh dastlab „Quest“ raqs baletidan kelib chiqqan boʻlib, ularning uchta aʼzosi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Shans“ musiqiy realiti-shousida pop yulduzlar sifatida chiqish qilishga qaror qilishadi va „Shocking Blue“ guruhining „Long and Lonesome Road“ qoʻshigʻiga „Ya ustal“ nomi bilan kaver qoʻshiq yozishgan[3]. Guruhning 2007-yil 1-aprelda boʻlib oʻtgan birinchi chiqishlari jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olinadi, teletomoshabinlar qoʻshiq uchun 60 000 ovoz berib, Quest Pistolsni mashhur qilishgan. Qoʻshiqning klipi 2007-yil may oyida chiqqan va darhol musiqiy telekanallarda namoyish etilgan.

Quest Pistols oʻzining „Dlya tebya“ debyut albomini 2007-yil 29-noyabrda taqdim etdi. Disk platina sertifikatiga ega boʻldi va ijobiy sharhlarni oladi. Keyinchalik guruh Nikolay Voronovning „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻiga kaver yozishadi, uning klipi 2009-yil 8-martda chiqib, YouTubeda xitga aylangan[4]. 2009-yil 26-noyabrda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi „Superklass“ chiqadi, u 10 ta trekni oʻz ichiga olgan, ulardan 2 tasiga klipsuratga olingan.

2011—2013

tahrir

2011-yilda Konstantin Borovskiy guruhni tark etdi va uning oʻrnini Daniil Matseychuk egallaydi. Yangi tarkib „Ti poxudela“ (feat. Lolita), „Razniye“, „Zabudem vsyo“ va „Romeo“ kabi videokliplarni chiqaradi. 2013-yilda Daniil Matseychuk guruhni tark etdi. Keyinchalik u guruhning sobiq solisti Konstantin Borovskiy bilan birgalikda „KBDM“ musiqiy guruhi va xuddi shu nomdagi kiyim brendia asos solishadi[5].

2014—2015

tahrir

2013-yil iyunidan 2014-yil apreligacha guruh ikki solist Anton Savlepov va Nikita Goryuk, shuningdek, niqobli ishtirokchi bilan gastrol safarida boʻlishadi. Aprel oyida guruhga Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles va Mariam Turkmenbayeva qoʻshiladi[6]. 7-oktyabr kuni „Santa Lyuchiya“ qoʻshigʻining (Igor Siliverstovning 1991-yildagi qoʻshigʻining kaveri) klipi premyerasi boʻlib oʻtadi.

2014-yil 15-noyabrda Quest Pistols Show raqs shousining premyerasi boʻlib oʻtdi, 2015-yil yanvar oyida guruh xalqaro gastrollarga chiqishadi. Ushbu shou konseptsiyasi guruh raqs falsafasining asosi boʻlgan, bu wsa keyinchalik guruhni shou loyihasi formatiga olib keladi va guruh nomini „Quest Pistols Show“ ga oʻzgartiradi[6]. 2015-yil 8-martda „Soundtrack“ nomli minialbom chiqadi. Albomda guruhning yangi qoʻshiqlari kiritiladi[7]. 2015-yil sentyabr oyining boshida Daniil Matseychuk guruhga qaytadi[8]. 13-noyabr kuni „Prisheles“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtadi, unda vokal qismini Mariam Turkmanbayeva ijro etgan.

2015-yildan beri

tahrir
 
Quest Pistols Show 2015-yil

2015-yil 30-sentyabrda Nikita Goryuk, uning ortidan 2016 yil 3-yanvarda guruhning soʻnggi frontmeni Anton Savlepov guruhni tark etishadi[9]. Taxminan shu yili bir vaqtning oʻzida Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Agon“ guruhini tashkil etishadi[10].

15-aprel kuni „Nepoxojiye“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtdi. Ushbu klip guruhning yangilangan tarkibini Daniil Matseychuk, Mariam Turkmenbayeva, Ivan Krishtoforenko va Vashington Sallesni taqdim qiladi.

1-sentyabr kuni guruh Open Kids[11] oʻsmirlar pop guruhi bilan birgalikda „Kruche vsex“ qoʻshigʻi uchun olinga klipni taqdim etadilar. 4-noyabr kuni guruhning katta konserti boʻlib oʻtdi, unda guruhning yangilangan tarkibi „Lyubimka“ nomli[12] birinchi albomini taqdim etishadi va oʻsha kuni alboming iTunesda[13] premyerasi boʻlib oʻtadi. Keyinchalik shu nomdagi yangi singl taqdim etiladi[14]. 27-sentyabr kuni guruh „Ux ti kakoy!“ yangi qoʻshigʻi va klipini taqdim etadi[15].

2019-yil aprel oyida Mariam Turkmanbayeva guruhni tark etadi. Buning sababi yakkaxon karyera bilan shugʻullanish istagi boʻlgan. Turkmanbayeva ketganidan soʻng, guruh „Olovni yoqish“, „Zajigaem ogon“, „Bosonogiy malchik“, „Na bayke“ i „Sladkoeshka“ singllarini yozadi.

Guruh Eurovisonda qatnashish uchun bir marta Rossiyadan va ikki marta Ukrainadan ariza topshirgan. Dastlab, guruh Moskvada boʻlib oʻtgan Eurovison 2009da Ukrainani vakili sifatida qatnashishni xohlashgan[16], lekin guruh Ukrainadagi saralash bosqichida ishtirokchilar orasida boʻlmagan. Shuningdek, „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻi bilan Rossiyadagi saralash bosqichidan oʻtishga harakat qiladi, ammo qoidalar sababli (qoʻshiq 2008-yil oktyabrgacha ijro etilishi mumkin emas edi) Quest Pistols saralash bosqichia ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi[17]. 2010-yilda guruh ikkinchi marta „Ya tvoy narkotik“[18] qoʻshigʻi bilan Oslodagi Eurovisonga borishga harakat qiladi, ammo ular yana salalashdan oʻta olishmaydi. 2011-yilda Quest Pistols Bokudagi Euroison tanlovida ishtirok etish uchun uchinchi marta Ukrainadan[19] ariza berishadi, ammo bu yana muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

Videokliplari

tahrir
Yil Videoklip nomi Guruh tarkibi
2007 Ya ustal Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Dni glamura Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2008 Dlya tebya Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Kletka Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2009 Belaya strekoza lyubvi Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
On ryadom Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2010 Ya tvoy narkotik Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Revolyutsiya (feat. Artur Pirojkov) Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2011 Ti tak krasiva Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Ti poxudela (feat. Lolita Milyavskaya) Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk
2012 Razniye Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk
2013 Zabudem vse Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk
Jara Anton Savlepov, Nikita Goryuk
2014 Baby Boy Anton Savlepov, Nikita Goryuk
Bit (feat. Secret Q) Anton Savlepov, Nikita Goryuk
Santa Lyuchiya Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan Krishtoforenko
2015 Mokraya (feat. MONATIK) Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan Krishtoforenko
Prisheles Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
2016 Nepoxojiye Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
Kruche Vsex (feat. Open Kids) Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
2017 Lyubimka Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
Ux ti kakoy! (feat. Magicool) Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
2018 Ubyu (feat. Constantine) Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
Pey voda Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva
2019 Bosonogiy malchik Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles
Na Bayke Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles
Sladkoejka (feat. VANO) Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles
2020 Tesno Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva, Nikita Goryuk, Anton Savlepov
2022 Ti neymovіrna Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2023 Ya Tvoy Narkotik Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Ochi (feat. Artem Pivovarov) Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Xto Mi Є Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
2024 Bojevilna Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy

Diskografiyasi

tahrir

Studiyaviy albomlari

tahrir
Nomi Maʼlumot
Dlya tebya
  • Sana: 2007-yil 29-noyabr
  • Leybl: Bomba Music
  • Format: CD, digital distribution
Superklass
  • Sana: 2009-yil 26-noyabr
  • Leybl: Pervoye muzikalnoye Izdatelstvo
  • Format: CD, rdigital distribution
Lyubimka
  • Chiqarilish: 2016 yil 4-noyabr
  • Leybl: Kruzheva Music
  • Format: digital distribution
Nomi Maʼlumot
Soundtrack
  • Sana: 2015-yil 8-mart
  • Leybl: Kruzheva Music
  • Format: digital distribution

Manbalar

tahrir
  1. „Quest Pistols: «Вегетарианство — больше, чем просто диета»“ (en). vegjournal.ru. 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  2. МУЗ-ТВ. „Очень караочен. Quest Pistols Show“ (2017-yil 4-aprel). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  3.   QUEST PISTOLS - Я устал YouTubeda
  4.   QUEST PISTOLS - Белая стрекоза любви (видеоклип) YouTubeda
  5. „Константин Боровский: «Чтобы изменить мир, нужно начать с себя»“ (ru). VEGAFOOD — Первое Сообщество Вегетарианцев! (2015-yil 13-fevral). 2017-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  6. 6,0 6,1 „Quest Pistols Show: мы добавили в шоу кучу танцев и бабла“ (ru). PITER TV. 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  7. „Quest Pistols Show выпустит мини-альбом «Soundtrack» 8 марта | BelRadio“ (ru). belradio.net. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  8. „На прошлой неделе стало известно, что Даниил Мацейчук вернулся в состав Quest...“ (ru). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  9. „Quest Pistols Show потеряли своего солиста: Антон уходит из группы“. www.europaplustv.com. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  10. „Группа «Агонь»: «Мы не выставляем напоказ свою личную жизнь» | StarHit.ru“ (ru). 2017-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  11. „«Круче всех!»: коллектив Quest Pistols Show представил новый клип“ (ru). 2016-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  12. „Quest Pistols Show представят большой «НЕПОХОЖИЙ» концерт“. muz-tv.ru. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  13. „Quest Pistols Show объявили дату выхода альбома «Любимка»“ (ru). 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  14. „Премьера песни! Quest Pistols Show — Любимка | Slushat muziku onlayn“ (ru). radiola.audio. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  15. KRUZHEVA MUSIC. „Quest Pistols Show ft. Меджикул - Ух ты какой!“ (2017-yil 26-sentyabr). 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  16. „Quest Pistols поедут на Евровидение от Украины!“. Шоу. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  17. „Информ бюро | Russkoe Radio onlayn“. rusradio.ru. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  18. „Группа Quest Pistols накормит "Евровидение" наркотиками!“ (ru). Tochka.net. 2016-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
  19. „На "Евровидение-2012" хотят Quest Pistols и "фабриканты"“ (ru). www.segodnya.ua. 2017-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.

Havolalar

tahrir