Qulijon Abduhakimov (1876-1968, Buxoro) — rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan oʻrgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat koʻrsatgan. Abduhakimov yasagan badi-iy buyumlar Oʻrta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza koʻzli zulfin diqqatga sazovordir.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abduhakimov Qulijon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil