Qulman Ochil — 1957-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Qulman Ochilning „Jaydari falsafa“, „Soy sohili“, „Barakali yigit“, „Qasd“, „Sayyora“, „Gardan va gardun“ kabi toʻplamlari chop etilgan.      Tarjimon sifatida Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes, Ivo Andrich, Ryunoske Akutagava, Simon Karmiggelt, Gennadiy Bocharov singari atoqli adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[2]. Qulman Ochil 1999-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir