Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes; 1927-yil 6-mart, Arakataka; 2014-yil 17-aprel, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.

Gabriel García Márquez
Asl ismi Gabriel Garsiya Markez
Tavalludi 6-mart 1927-yil
Kolumbiya bayrogʻi Kolumbiya, Arakataka
Vafoti 17-aprel 2014-yil(2014-04-17)
(87 yoshda)
Meksika bayrogʻi Meksika, Mexiko
Ijod qilgan tillari Ispan tili
Fuqaroligi Kolumbiya
Yoʻnalish Sehrli realizm
Janr Romanchilik, hikoyanavislik
Shoh asari Yolg‘izlikning yuz yili,
Polkovnikka hech kim yozmaydi
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1982)
Imzosi

Hayoti

tahrir

Gabriel Garsia Markes Kolumbiyaning Arakataka shahrida Gabriel Eligio Garsiya va Luisa Santyaga Markes Iguaran oilasida tugʻilgan[1]. Garsiya Markes tugʻilgandan koʻp oʻtmay uning otasi farmatsevt boʻldi va xotini bilan Barranquillaga koʻchib oʻtdi. Garsia Markes bobo-buvisi Dona Tranquilina Iguaran va polkovnik Nikolas Rikardo Markes Mejia bilan qoldi[2]. 1936-yil dekabr oyida otasi uni va ukasini Sincega olib ketdi, 1937-yil mart oyida bobosi vafot etdi[3]. Keyin oila avval Barranquillaga, keyin esa Sucrega koʻchib oʻtdi. U yerda otasi dorixona ochadi[4].

 
Gabriel Markes „Yolgʻizlikning yuz yili“ asariga dashat qoʻymoqda

Ijodiy faoliyati

tahrir

Markes dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Márquez’ning „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

García Márquez 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi[5][6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Martin 2008, s. 27
  2. Martin 2008, s. 30
  3. García Márquez 2003, s. 11
  4. Martin 2008, ss. 58–66
  5. „Ёзувчи Габриэль Гарсия Маркес вафот этди“. kun.uz (2014-yil 18-aprel). 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.
  6. Torres, Paloma. „Gabriel García Márquez Dies: Famed Colombian Author And Nobel Laureate Dead At 87 From Pneumonia“ (17-aprel 2014-yil). Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  7. Castillo, E. Eduardo; Bajak, Frank. „Garcia Marquez, Nobel Laureate, Dies at 87“. Associated Press (17-aprel 2014-yil). 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir