Qumri Ahmedova (1915—2014) — Tojikiston Iqtisodiy Kengashiga qarashli Stalinobod ipak kombinati yigiruvchisi (1948-yildan). Lenin ordeni va O‘roq va bolg‘a oltin medali, kombinat ishchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsialistik musobaqa g‘olibasi. Oʻzbekiston Respublikasi hamda Sotsialistik mehnat Qahramoni[1].

Qumri Ahmedova
Tavalludi 1915-yil 8-mart
Vafoti 2014-yil
Dushanbe
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1948—1965-yillar
Unvoni Oʻzbekiston Qahramoni
Mukofotlari

Hayoti va faoliyati

tahrir

1915-yil 8-martda Turkiston o‘lkasi, Farg‘ona viloyati, Skobelev uezdida (hozirgi Farg‘ona viloyatida) o‘rta oilada tug‘ilgan. Milllati oʻzbek, ijtimoiy ahvoli — ishchi.

1939-yildan Stalinobod ipak oʻrash kombinatida sanoat pilla yetishtirishda, 1948-yildan Stalinobod ipak kombinati pilla oʻrash sexida yigiruvchi boʻlib faoliyat yuritgan[2]. Qumri Ahmedova bir necha bor kombinat ishchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsialistik musobaqasi g‘olibasi bo‘lgan va bir necha bor Tojikiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan[2].

1990-yillar boshidagi xususiylashtirishdan keyin Dushanbe ipak fabrikasi ishlamay qolgan natijada Qumri Ahmedova ishsiz qoladi[3].

1965-yildan Qumri Ahmedova nafaqaga chiqdi. Dushanbe shahrida (1929—1961-yillarda — Stalinobod shahri) yashagan. U 2014-yil iyun oyida vafot etdi[3].

Mukofotlari

tahrir

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1960-yil 7-martdagi Farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar kunining 50 yilligi munosabati bilan mehnatdagi yuksak yutuqlari va ayniqsa samarali ijtimoiy faoliyati uchun Qumri Ahmedovaga Oʻzbekiston Respublikasi Qahramoni unvoniga loyiq ko‘rilgan. Shu bilan bir qatorda Sotsialistik mehnat Qahramoni, Lenin ordeni hamda O‘roq va bolg’a oltin medali bilan tagʻdirlangan[1].

Qumri Ahmedova Lenin ordeni bilan 1960-yil 3-mart, shu jumladan "1941—1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun" medali bilan (1945-yil 6-iyun) taqdirlangan[1][4].

Adabiyotlar

tahrir
  • Таджикская советская энциклопедия (тадж.). — Душанбе, 1978. — Т. 1.
  • Таджикская национальная энциклопедия (тадж.) — Душанбе, 2011. — Т. 1.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Qumri Ahmedova biografiyasi“.
  2. 2,0 2,1 Tojik milliy ensiklopediyasi. — T.1. — Dushanbe, 2011. (tojik tilida)
  3. 3,0 3,1 Tojik Sovet Ensiklopediyasi. — T.1. — Dushanbe, 1978. (tojik tilida)
  4. „На самолеты, тракторы и комбайны! Как таджикские женщины в годы Великой Отечественной Войны превратились в мужчин“. 2022-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.