Qumrixon Rustamova

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Qumrixon Rustamova (1928-yil, Qumqayroq qishlogʻi, Moskva tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi[1].

Qumrixon Rustamova
Tavalludi 1928-yil
Qumqayroq qishlogʻi, Moskva tumani, Andijon viloyati
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Qumrixon Rustamova 1928-yil Moskva tumani Qumqayroq qishlogʻida tavallud topgan. Rustamova 1950-yildan Moskva tumani Kirov nomli kolxoz kolxozchisi, 1950—1960-yillari zveno, 1961—1972-yillarda brigada boshligʻi, 1972-yildan kolxoz raisi boʻlib ishlagan. Rustamova boshchiligidagi zveno har gektaridan 50,3 sentner paxta yetishtirgan. Rustamova oʻzi qoʻlda 37,5 tonna paxta tergan (1957). 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962) boʻlgan. Kolxozchilarning Butunittifoq 3-syezdi delegati.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzSE 1977, s. 400

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.