Qunut (arabcha: القنوت‎) — vitr namozining 3-rakatida oʻqiladigan duo boʻlib, uni oʻqish vojib hisoblanadi[1]. Ammo „robbana“ duosini oʻqisa ham vojibni bajargan hisoblanadi. Namoz oʻquvchi vitr namozini maxfiy qiroat bilan yolgʻiz oʻqiydi. Ramazon oyida esa tarovihdan keyin jamoat bilan oʻqiydi. Unda imom vitr namozining barcha rakʼatida ovoz chiqarib (jahriy) qiroat qiladi. Qunut duosini esa ovoz chiqarmasdan (maxfiy) oʻqiydi[2].

Arabchasi:

اَ للَّهُمَّ إِنَّا نَسْتَعِينُكَ وَ نَسْتَغْفِرُكَ وَ نَسْتَهْدِيكَ وَ نُؤْمِنُ بِكَ وَ نَتُوبُ اِلَيْكَ وَ نَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ وَ نُثْنِى عَلَيْكَ اْلخَيْرَ كُلَّهُ نَشْكُرُكَ وَ لاَ نَكْفُرُكَ وَ نَخْلَعُ وَ نَتْرُكُ مَنْ يَفْجُرُكَ
اَللَّهُمَّ اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّى وَنَسْجُدُ وَاِلَيْكَ نَسْعَى وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ وَنَخْشَى عَذَابَكَ اِنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ

Transkripsiyasi:

Allohumma innaa nastaʼiynuka va nastagʻfiruk. Va nuʼminu bika va natavakkalu alayka Va nusniy alaykal xoyro kullah. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxlaʼu va natruku may yafjuruk.
Allohumma iyyaka naʼbudu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nasʼaa va nahfidu. Narjuu rohmatak va naxshaa azaabak. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq.

Tarjimasi:

Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni soʻraymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha neʼmatlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonkoʻrlik qilmaymiz. Senga qarshi nonkoʻrlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolgʻiz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina oʻqiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating koʻp boʻlishini soʻraymiz, azobingdan qoʻrqamiz. Hech shubha yoʻqki, Sening azobing kofirlargadir.

Manbalar

tahrir
  1. Giyosiddin Muhammad Yusuf. „Қунут дуоси“. Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.
  2. How to Perform Qunut[sayt ishlamaydi]


Andoza:Mehrob.uz