Vitr (arabcha: وتر)‎ — xufton namozidan keyin oʻqiladigan va toq sonli rakaatlardan iborat namoz turi. Oxirgi rakatda qunut duosi oʻqiladi. Faqatgina ramazon oyida, tarovih namozidan keyin jamoat boʻlib oʻqiladi. Boshqa payti yakka tartibda oʻqiladi. Ayrim islom ulamolari (asosan hanafiylar) buni vojib namozlardan biri deb bilishadi[1].

Vitr namozi
Rasmiy nomi صلاة الوتر
Nishonlovchilar Musulmonlar
Turi Islomiy
Ahamiyati Xufton namozidan keyin o'qiladigan namoz turi
Qoidalari sunnat namozlar, namoz vaqtlari
Bogʻliqligi namoz, nafl namozi, islomning 5 ustuni

Namozni ado etish

tahrir

Vitr namozi xufton namozining sunnatidan keyin oʻqiladi. Uning oʻziga xos xususiyati qunut duosi namozning uchinchi rakaatida oʻqilishidir. Buxoriy, Muslim, Nasoiy, Termiziy, Abu Dovud va boshqalarning hadis toʻplamlarida Muhammad paygʻambar bu namozni oʻqiganligi haqida maʼlumotlar bor. Imom Abu Hanifa vitr namozini oʻqishni vojib deb hisoblagan, lekin uning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad ash-Shayboniy, shuningdek, yana uchta mazhab asoschilari — Imom Molik, imom Shofiy va Imom Ahmad ushbu namozni sunnati muakkada deb hisoblashadi[2].

Hanafiy mazhabida vitr namozi 3 rakat, qolgan uchta sunniy mazhabda esa 1 rakatdan iborat. Muayyan sharoitlarda vitr namozini koʻp rakat bilan oʻqish mumkin. Namoz yakka tartibda oʻqiladi, lekin Ramazon oyida jamoat bilan oʻqish mumkin. Hanafiy mazhabida vitr vojib amal boʻlganligi sababli, agar tark qilingan boʻlsa, qazo qilib oʻqishi kerak. Molikiy, Shofi’iy, Hanbaliy mazhablarida vitr namozining qazosi oʻqilmaydi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Способы совершения молитвы «Витр»“. 2013-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  2. 2,0 2,1 Ali-zade 2007.

Adabiyotlar

tahrir