Xufton namozi
Islomda kunning beshinchi namozi
Xufton (fors. uxlash) – Quyosh botib ufqdagi qizillik yoʻqolganidan keyin ado qilinadigan kechki namoz; bomdod namozi vaqti kirgungacha davom etadi[1].

Ado etilishi
tahrirXufton namozi 4 rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat boʻlib, uning 4 rakat farzi asr namozining farzi kabi oʻqiladi va faqat niyatda farq boʻladi. Yaʼni, niyat qilinayotganda asr namozining oʻrniga xufton namozi deb aytiladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda oʻqiladi. Bundan tashqari xufton namozi oʻz ichiga 3 rakat vitr namozini ham oladi. Ushbu vitr namozining 3-rakatida Fotiha va zam suralarni oʻqigandan keyin qunut duosi oʻqiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Xufton namoziga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |