Fotiha surasi
Fotiha surasi (arabcha: سورة الفاتحة, nomining maʼnosi — Ochuvchi[8][9]) — Qurʼonning 1-surasi. Makkiy suralardan biri, 7 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 1[10]-sahifasida va 1-juzida joylashgan. 5-boʻlib nozil boʻlgan. Qurʼon nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsa-da, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sabʼul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir.
Fotiha surasi — سورة الفاتحة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Ochuvchi[1][2] | ||||||||||||
Boshqa nomlari | Ummul Qurʼon | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 1[4] | ||||||||||||
Juz | 1 | ||||||||||||
Sura raqami | 1 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 7 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 29 | ||||||||||||
Harflar soni | 139 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 5[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Suraning 10 ga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qurʼon“, yaʼni „Qurʼonning onasi“ nomi berilgan. Mazkur 7 oyatni sharhlab baʼzi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
„Bismillohir Rahmonir Rahim“ oyati „Fotiha“ surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qoʻshib qoʻyilganmi degan masalada mujtahidlarning baʼzilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qurʼondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma „Bismilloh“lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. „Bismilloh“ oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30-oyatida kelgan, deb taʼkidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom Aʼzam) ham shu fikrda boʻlganlar. Shuning uchun hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan koʻchirilgan va chop etilgan Qurʼon nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda „Fotiha“ surasining boshida kelgan „Bismilloh“ga raqam qoʻyilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qurʼonlarda esa unga birinchi raqam, „Fotiha“ surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qoʻyadilar.
Fotiha surasining nomlari
tahrir- Fotihatul kitob — Qurʼonni ochuvchi.
- Ummul Qurʼon — Qurʼonning onasi.
- Sabʼul Masoniy — yetti takrorlanuvchi oyat yoki yetti oyatdan iborat ikki marta nozil qilingan sura.
- Suratul solat — Namoz surasi.
- Suratul hamd — hamd surasi.
- Al-Qurʼonul aziym — Ulugʻ Qurʼon
- Shifo
- Ruqya — dam olish
- Asos — Asl manba
- Kanz — xazina
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Havolalar
tahrirKeyingisi: Baqara surasi | 1-sura — arabcha matni | Oldingisi: oʻzi birinchi sura |