Shayboniy Muhammad (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn alHasan) (749, Iroqning Vosit sh. — 805, Ray sh. yaqinida) — faqih, musulmon huquqinn tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. Abu Hanifa, Abu Yusuf, Molik ibn Anasdan saboq olgan. Bagʻdodning eng eʼtiborli faqihlaridan biri sanalgan, Rakka sh. qozisi etib tayinlangan. Abu Hanifa ilmiy merosini toʻplagan. Fiqhga oid alMabsut (2nomi — Kitob alasl filfuru) toʻplamini tuzgan va unga "Kitob azziyodat"ni qoʻshimcha qilgan. Fiqh boʻyicha katta maʼlumotnoma — "Kitob al jome alkabir" va kichik maʼlumotnoma — "Kitob al jome assagʻir"ni, shuningdek, harbiy xuquqqa oid asar va boshqalarni yozgan. Sh. Molik ibn Anasning "alMuvatta" (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) asarining tuzuvchi va sharxlovchisidir. shahrining shogirdlari orasida eng mashhuri Muhammad ashShofiʼiy hisoblanadi.