Qurʼoni Karim va Islom fanlari universiteti

Qurʼoni Karim va islom fanlari universiteti – Sudanning Xartum shtatidagi universitet. U Omdurman shahrida joylashgan[1].

Qurʼoni Karim va Islom fanlari universiteti
Asl nomi جامعة القرآن الكريم والعلوم الإسلامية
Asos solingan 1990-yil
Manzili Xartum shtati, Omdurman, Sudan
Vebsayti qunv.net23.net/en/

Koordinatalari: 15°38′3.4799999999987″N 32°29′29.039999999995″E / 15.634299999999999642°N 32.49139999999999873°E / 15.634299999999999642; 32.49139999999999873 G O

Tarixi tahrir

Qur’oni Karim va islom fanlari universiteti 1990-yilda tashkil etilgan. Yangi universitet 1981-yilda tashkil etilgan mavjud Qur’oni Karim kolleji va 1983-yilda tashkil etilgan Omdurman oliy institutini oʻzida birlashtirgan. Omdurman oliy instituti shariat kolleji, arab tili kolleji va qizlar kollejidan iborat edi. Universitet davlat mulki boʻlib, Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Dasturlar tahrir

Universitetda Qur’on, Paygʻambar sunnatlari, arab tili, din va jamiyat hayoti tamoyillari oʻrgatiladi. Talabalar arab va islom sivilizatsiyasi merosini oʻrganadilar. Kollejlar: Qur’oni Karim kolleji, Shariat fakulteti, Arab tili fakulteti, Davo va media fakulteti, Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar, Ijtimoiy fanlar, Taʼlim, Tillar maktabi, Magistratura va Jamoat kollejilardan tarkib topgan[2]. Omdurmanda joylashgan boʻlsa-da, universitet Sudanning barcha shtatlarida oʻz fakultetlariga ega.

Aloqalar tahrir

Universitet Arab universitetlari ittifoqiga, Afrika universitetlari ittifoqiga va Islom universitetlari ittifoqiga aloqador boʻlib, Islom madaniyati, taʼlim va fanlar tashkiloti bilan hamkorlik qiladi. Islom dunyosi universitetlari federasiyasiga ham aʼzo[3][1].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „About Us: Establishment and Development“. University of the Holy Quran and Islamic Sciences. Qaraldi: 2011-yil 17-sentyabr.
  2. „About Us: Mission and Objective“. University of the Holy Quran and Islamic Sciences. Qaraldi: 2011-yil 17-sentyabr.
  3. „Member Universities“. Federation of the Universities of the Islamic World. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-sentyabr.