Quraysh jome masjidi
Quraysh jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Quraysh jome masjidi
Quraysh | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Fazliddin domla Musoxov |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirQuraysh jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Krasnogorsk-Parkent koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Fazliddin domla Musoxov boʻlib, masjidga tashrif buyurgan mehmonlar, ziyoratchilar, namozxonlar bilan suxbatlar tashkil etib turadi. Mazkur masjid katta yoʻl boʻyida joylashganligini sababli, bu joyda yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos boʻlgan qulayliklar yaratilgan. Qurashy masjidi joyashgan hududa aholi kam sonli boʻlganligi sababli qoʻshni mahala va qishloqlardan namozxonlar ham tashrif buyurib turishadi. Jumladan, Yangi qishloq mahalla fuqarolar yigʻini, Katarul koʻchasi , Tosh tepa qishloq fuqarolar yigʻini, Azorat tepa koʻchasi, Doʻstlik qishlogʻi, Tapyl mahalla fuqarolar yigʻini, Toshsoy koʻchasi, Porlisoy koʻchasi, Koʻmirsoy mahallasi, Qursoy koʻchasi, Jambul mahalla fuqarolar yigʻilari va boshqa joylardan mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirQuraysh jome masjidi qachon tashkil etilganligi haqida yetarli manbalar mavjud emas. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Masjid mahalliy aholi vakillari, homiylar, tadbirkorlar tomonidan xashar orqali bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Hozirda masjid binosi islom meʼmorchiligi asosida bunyod etilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ҚУРАЙШ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Quraysh jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.