Qurbonniyoz Panjiyev

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Qurbonniyoz Berdiyevich Panjiyev (1972-yil 4-fevral, Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Qurbonniyoz Panjiyev
Tavalludi 4-fevral 1972-yil (1972-02-04) (52 yosh)
Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Termiz davlat universiteti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Qurbonniyoz Panjiyev 1972-yil 4-fevralda Muzrabot tumanida oddiy ishchi oilasida tugʻilgan. 1979—1989-yillarda Muzrabot tumanidagi Rudakiy nomidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabini tamomlagan[1]. 1989—1990-yillarda Muzrabot tumani Turkiston jamoa xoʻjaligida ishchi boʻlib ishlagan. 1990—1995-yillarda Termiz davlat universitetini musiqa pedagogikasi ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1996—1997-yillarda Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida stajyor-tadqiqotchi, 1998-yilda „Musiqa tarixi“ sektori laboranti, 1999—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fan, oʻquv yurtlar, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasida bosh mutaxassis, 2004-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, oʻquv-metodik boʻlimi boshligʻi, 2009-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, 2010-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, 2013-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻquv-metodik boʻlim boshligʻi, Sharq musiqasi fakulteti dekani, 2014-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻquv-metodik boshqarma metodisti, „Musiqiy taʼlim“ kafedrasi mudiri, 2020-yildan Musiqa nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, 2022-yildan professor lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2010-yilda san’atshunoslik fanlari doktori, professor Ibrohimov Oqilxon Akbarovich ilmiy rahbarligida san’atshunoslik fanlari nomzodi uchun nomzodlik dissertatsiyasini, 2022-yilda pedagogika fanlari doktori, professor Abdullayeva Barno Sayfutdinovna ilmiy rahbarligida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. „Surxondaryo viloyati oʻzbek xalq qoʻshiqchilik ijodiyoti“ (monografiya), „Oʻzbek xalq musiqa ijodi“ (oʻquv qoʻllanma), „Vokal va zamonaviy musiqa“ (oʻquv qoʻllanma), „Oʻzbek xalq qoʻshiqlari vositasida boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomilashtirish“ (monografiya), „Oʻzbek xalq musiqa ijodi“ (darslik), „Musiqa oʻqitish metodikasi“ (darslik), „Boʻlajak musiqa oʻqituvchilarining kasbiy mexanizmlarini takomillashtarish“ nomli monografiya, „Musiqa pedagogikasi“ (oʻquv qoʻllanma), 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. 2021-yilda Turon fanlari akademiyasi akademigi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.