Quyosh nuri bilan davolash
Ushbu sahifani gelioterapiya bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Quyosh nuri bilan davolash, gelioterapiya — quyosh nuridan davo-profilaktika maqsaaida foydalanish (qarang Havo va quyosh vannalari). Havo vannasi va muddatini vrach belgilaydi. Havo vannasi organizmni, ayniqsa, bolalar organizmini chiniqtirishda, organizmning tashqi muhit taʼsirlariga qarshiligini kuchaytirishda (qarang Organizmni chiniktirish), shuningdek, bir qator kasalliklarda, jumladan, oʻpka sili, kamqonlik, nerv sistemasining funksional kasalliklarida, yurak-to-mir sistemasi kasalliklarida tavsiya etiladi. Oʻtkir isitma, revmatizm, boʻgʻimlarning surunkali yalliglani-shida, nevrit va miozit kasalliklarida havo vannasi buyurilmaydi. Havo vannalari issiq (22° dan yuqori), salqin (17—20°) va sovuq (17° dan past) boʻlishi mumkin. Davo kursi 20° dan yuqori temperaturada boshlanadi; birinchi kuni 10—15 min. qabul qilib, keyin kun sayin 10— 15 min. dan qoʻshib boriladi va 1,5—2 soatgacha yetkaziladi. Salqin havo van-nalari boshlanishda 3—7 min. qabul qilinadi, keyin kun sayin 3 — 5 min.dan uzaytirib borib, 1 soatga yetkaziladi. Havo temperaturasi 17° dan past boʻlganda sovqotmaslsk maqsadida yengil jismoniy mashqlar ham qilish kerak. Sovuq havo vannalari chiniqqan kishilargagina buyuriladi va uning vaqti 7—20 min.dan oshirilmaydi. Havo vannalarini et junjikib, "badan tuklari tikkayadigan" darajagacha qabul qilmaslik lozim. Quyosh vannalari. Quyosh nurining tarkibi va odam organizmiga taʼsiri bir xil emas. Quyosh nurlari koʻzga koʻrinadigan (yoruglik) va koʻzga koʻrinmaydigan infraqizil hamda ultrabinafsha nurlardan iborat. Infraqizil nurlar organizm toʻqimalaridan oʻtayotganida issiqlik effekti hosil qiladi va terining nurla-nayotgan qismi trasini oshiradi. Quyosh vannalari koʻrsatmasiga muvofiq bir qator teri va boʻgʻim kasalliklarida, radikulit, nevrit va boshqa kasalliklarda qabul qilinadi, undan chiniqtiruvchi muolaja sifatida gripp, angina, yuqori nafas yoʻllari katari kabi kasalliklarni oldini olishda foydalaniladi. Ayrim kasalliklarning oʻtkir davri, oʻpka va meʼ-da-ichak kasalliklarida quyosh vannasi tavsiya etilmaydi. Quyosh vannalari umumiy (butun badanni nurlantirish) va mahalliy (badanning bir qismini nurlantirish) boʻlishi mumkin. Badanni nurlantirishda quyoshning umumiy radiatsiyasidan foydalaniladi. Quyosh vannasini kushetkada yotib yoki oʻti-rib badanning har tomonini quyoshga toblab qabul qilinadi. Quyosh vannasidan avval havo vannasini qabul qilgan maʼqul. Toʻgʻri radiatsiyali quyosh vannasini qabul qilishda boshni soyabon yoki toʻsiq bilan pana qilib olish, koʻzga qora koʻzoynak taqish kerak, uni nahorga, ovqatlanishdan oldin va ovqatlangan zahoti qabul qilish tavsiya etilmaydi. Quyosh van-nasi soyada dam olish bilan tugallanadi, shundan keyin choʻmilish yoki dush qabul qilish maqsadga muvofiq. Bolalarning quyosh vannasi qabul qilishlarida alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Ularni darrov yalangʻoch qilib yechintirib qoʻymaslik, boshiga soyabonli shlyapa kiydirish lozim. Badanning juda qizib ketishiga va ultrabinafsha nurlarning ortiqcha taʼsir etishiga yoʻl qoʻymaslik uchun vaqt-vaqti bilan soyada dam olib turish zarur. Ortiqcha quyosh nuri organizmga yomon taʼsir etib, terining kuyishi (baʼzan nekroz kuzatilishi), oftob urishi, yalligʻlanish, char-chash, bosh ogʻrishi, uyqusizlik, isitma koʻtarilishiga va baʼzi kasalliklarning zoʻrayib ketishiga olib kelishi mumkin. H. va q.v. yoz faslida plyajlarda, parklar, dengiz va suv havzalari qirgʻoqlariga qurilgan solyariylar, aerosolyariylarda maxsus ayvonlarda qabul qilinadi.
Quyosh vannasi va suyaklar mustahkamligi uchun muhim yana 10 ta tavsiya 11.03.2021, 16:35 15432 Yosh o‘tishi bilan suyaklar mo‘rtlashgani sabab osteoporoz va osteoartrit kasalliklarining paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Turkiyalik shifokor Ahmet Inanir suyaklar salomatligini saqlash va uzoq yillar davomida faol bo‘lish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Foto: Freepik D vitamini D vitamin suyaklar mustahkamligi uchun organizmning asosiy yordamchilaridan biri sanaladi. Ushbu vitamin mahsulot tarkibidagi kalsiyni yaxshi singishini ta’minlaydi, shuningdek, suyak to‘qimasining regeneratsiyasiga javob beradigan hujayralarni rag‘batlantiradi. Quyoshning ultrabinafsha nurlar ta’sirida mazkur vitamin organizmda ko‘proq ajraladi. Quyosh vannasi ham bu borada yaxshi yordam berishi mumkin. Sut ichish, tuxum, kartoshka, baliq va qo‘ziqorin iste’mol qilish ham organizmning ushbu vitaminga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga yordam beradi. Kalsiy Kalsiy suyaklar, umuman olganda organizm uchun juda ham muhim sanaladi. Ammo o‘zi yaxshi singmagani sabab ham uni D vitamini bilan birga qabul qilish tavsiya qilinadi. Organizmdagi kalsiy yetishmasligi o‘rnini bosish uchun baliq, bodom, yong‘oq va ko‘katlarni kanda qilmaslik kerak. Fosfor Fosfor yetishmasligi nafaqat suyaklarning mo‘rtlashishi, balki tishlar bilan bog‘liq muammolarning ko‘plab kuzatilishiga ham olib keladi. Tarkibida oqsil bo‘lgan mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlaganlar, shirin gazlangan ichimlik iste’mol qiladiganlarda, ayniqsa bu kabi holatlar ko‘p bo‘ladi. Fosfor balansda bo‘lishi uchun baliq, tovuq va sut iste’mol qiling. C vitamini Kollagen ishlab chiqarilishi uchun javob beradigan mazkur vitamin sitrus mevalar, shuningdek, qulupnay va yashil bulg‘ori qalampirida bisyor bo‘ladi. Kollagenning yetarli miqdorda ekani pay cho‘zilishi kabi muammolarning oldini olib, faol, egiluvchan bo‘lishga yordam beradi. K vitamini Oqsil sintezida ishtirok etadigan mazkur vitamin, shuningdek, suyaklarning mineral to‘yinish jarayonida ishtirok etadi. Qolaversa, kalsiyni organizmga yaxshi singishiga hissa qo‘shadi. Zaytun yog‘i, ko‘katlar, lavlagi va ko‘k choy ushbu vitaminning koni sanaladi. B12 vitamini Suyaklarning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynaydigan mazkur vitamin yetishmaganda, organizmga kollagen singishi qiyinlashadi. Bu paylarning bo‘shashishi hamda osteoporozga olib keladi. B 12 vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun qizil go‘sht, sut va tuxumni kanda qilmaslik kerak. Kaliy, A vitamini va omega-3 yog‘ kislotasi Foydali ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan mazkur moddalar kalsiyning yaxshi singishida ham ahamiyatli sanaladi. Shu sabab ham kundalik ratsionga banan, yong‘oq, zig‘ir donlari, shuningdek, baliq va ko‘katlarni kiritish tavsiya qilinadi. Tiyilish kerak bo‘lgan mahsulotlar Qora choy, qahva va gazlangan ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslik, osteoporozni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan tuz hamda oqsildan tiyilish kerak. Faol turmush tarziga amal qiling To‘g‘ri va foydali mahsulotlarga asoslangan parhez tutish salomatlik uchun foydali, ammo sog‘lom turmush tarziga ham amal qilish kerak. Spirtli ichimlik, stress va kam harakatlilik urinishlaringiz besamar ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sport bilan shug‘ullaning, kamroq asabiylashishga harakat qiling. Mavzuga doir: Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz: Artrit xavfini kamaytirish uchun qanday mahsulotlardan tiyilish kerak? Oyoq kaftidagi 6 jiddiy kasallikdan darak beradigan o‘zgarishlar Salomatlikda muammo borligidan darak beruvchi teridagi o‘zgarishlar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |