"Quyosh tafti ostidagi uy"1977-yilda "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida suratga olingan sovet filmi, rejissorlar Zinoviy Royzman va Georgiy Bzarovlarning debyut ishi, Ravil Botirov rejissorligi ostida suratga olingan[1]. Mazkur filmni 2,6 million tomoshabin koʻrgan, soʻng Butunittifoq kinofestivalining laureati boʻlgan[2].

Quyosh tafti ostidagi uy
Дом под жарким солнцем
Rejissyor(lar)

Zinoviy Royzman,

Georgiy Bzarov
Ssenariynavis(lar)

Farxad Musadjanov,

Aleksandr Faynberg
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Studiya(lar) „Oʻzbekfilm“
Chiqarilgan sanasi 1977
Davomiyligi 82 min.
Mamlakat Sovet Ittifoqi SSSR

Syujeti

tahrir

Katta hayot ostonasiga qadam bosayotgan navqiron Erkin qurilishda ishlaydi va u oʻz kasbiga mehr qoʻygan, beparvolikni xush koʻrmas, jiddiy yigit — brigadada hamma hurmat qiladi, u 20 yil mobaynida butun qurilishning sir-asrorini ipidan-ignasigacha biladi. U oʻzidan sal kattaroq qizga koʻngil qoʻyadi. Qiz ham unga befarq emasdi. Ammo Nazira turmushga chiqqan, bir qizchasi bor edi. Erkin bunga qanday munosabatda boʻlishidan juda xavotirda. 

Erkin bundan xabar topgach, ikkilanib qoladi: bu urf-odatlarga ham, ota-onasiga ham (uylanishga qarshi boʻlmagan) emas, balki qaysarligi va oʻjarligi sabab boʻladi. Sevishganlar oʻrtasida jar paydo boʻlib, Nazira u bilan ajrashishga qaror qiladi.

Erkin bularning hammasini oʻziga ogʻir oladi. Bu ham yetmagandek qurilishdagi muammolar — yomon materiallar tufayli yomon materiallar tufayli jamoa ishlashdan bosh tortadi, bu Erkin va uning rahbarlari oʻrtasida nizo kelib chiqishiga olib keladi... Shu kunlarda sodir boʻlgan voqealar Erkinni butkul hayotini izdan chiqarib yuboradi, jiddiy savollar uni oʻylantirib qoʻyadi, shunda u barcha mas’uliyatni oʻz zimmasiga olib, ishga jiddiy yondoshish kerakligini tushunadi.

Rollarda

tahrir
  • Nozim Tulyaxoʻjaev — Erkin
  • Dilorom QambarovaNazira
  • Anvara Alimova — Erkinning onasi
  • Sayram IsaevaZaynab
  • Tamara GʻanievaOydin
  • Badri Usenatashvili — Temur
  • Fotima RedjametovaRa’no
  • Shavkat Gaziev — Saidov, uchastka boshligʻi
  • Sergey Plotnikov — Kuzmich
  • Otabek Gʻaniyev — Sali
  • Rustam Urazaev — Ulugʻbek
  • Tatyana Mitrushina — Lyusya

Epizodlarda: Xabib Narimanov, Soib Xodjaev, Ulmas Alixoʻjaev, Lola Badalova, Tattibyubyu Tursunboeva, Lutfulla Sagdullaev, Tamara Masheeva, Abdujalil Boʻriboev, Aleksandr Gorelik va boshqalar.

Kinodagi qoʻshiq va musiqalar

tahrir

• “Tavvalud kun” — qoʻshigʻi; musiqasi — Rumil Vildanov, she’ri — Aleksandr Faynberg, Farrux Zokirov — ijrosi.

• “Minora” – musiqa; bastakor Rumil Vildanov.

1979-yilda filmning qoʻshiq va musiqasi “Kinofilmdagi musiqa va qoʻshiqlar” “Melodiya" firmasi (G62-07245-46) tomonidan "quyosh tafti ostidagi uy" / “Yil beshinchi fasli" gramofon plastinkasida chiqarildi).

Mukofotlar

tahrir
  • Dilorom Qambarovaning eng yaxshi ayol roli uchun birinchi mukofot, Rumil Vildanovning eng yaxshi musiqasi uchun mukofot. XXI Butunittifoq kinofestivali, Yerevan, 1978-yil[3].

Manbalar

tahrir
  1. Искусство кино, 1979
  2. Федор Раззаков — Коррупция в Политбюро: Дело «красного узбека»
  3. Большая советская энтсиклопедия: Ежегодник, Том 23. — Изд-во Советская энциклопедия, 1979. — стр. 167

Adabiyotlar

tahrir
  • Дом под жарким солнцем (Об одном. узб. худож. фильме). // Савайтес экранас, 29 октября 1978. — на литов. яз.; то же в парал., изд. «Экран недели» на рус. яз.