Raʼno — kuzgi serhosil nok navi. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Lesnaya krasavitsa va mahalliy Kulala nok navlarini chatishtirib yaratilgan (A.K. Pavlov). Mevasi rangining raʼno guliga oʻxshaganligi uchun shu nom berilgan. Daraxti oʻrtacha kuchli oʻsadi, balandligi 57 m, kengligi 4 m. Barglari mayda va oʻrtacha kattalikda. Aprelning 2-oʻn kunligida gullaydi, oʻzidan changlanadi. Mevasi sentabrda pishadi. Mevasining oʻrtacha vazni 170 g. Poʻsti limonrang-sariq, eti oq, tigʻiz, shirin, oʻrtacha nordon, xushtaʼm. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi qilinadi. Tarkibida 13,9% (qoqisida 19— 20%) qand, 0,15% kislota bor. Nok payvandtagiga ulangani 5—6, behi payvandtagiga ulangani 3—4 yilda hosilga kiradi. 20—25 yillik daraxtining hosildorligi 250–300 kg. Mevalari novdalarda mahkam turadi. Togʻ yon bagʻirlarida, sugʻoriladigan joylarda yaxshi oʻsadi. Sovuqqa, qurgʻoqchilikka va garmselga chidamli. 1982-yildan Toshkent viloyatining togʻli tumanlari va Namangan viloyati uchun moslashtirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil