Reychel Foster Avery (1858-yil 30-dekabr – 1919-yil 26-oktabr) 19-asr oxirida Amerika ayollarining saylov huquqi harakatida faol ishtirok etib, Susan B. Anthony va boshqa harakat yetakchilari bilan yaqindan hamkorlik qilgan. U Milliy Amerika Ayollar Saylov Assotsiatsiyasining tegishli kotibi lavozimiga koʻtarilgan va butun mamlakat boʻylab uchrashuvlarni tashkil etishda muhim rol oʻynagan[1].

Rachel Foster Avery
Tavalludi 1858-yil 30-dekabr
Vafoti 1919-yil 26-oktyabr (60 yosh)
Fuqaroligi Amerika
Kasbi Ijtimoiy faol, sufrajist
Turmush oʻrtogʻi Cyrus Miller Avery
Otasi J.Heron Foster
Imzosi

Hayotining boshlangʻich davri

tahrir

Reychel Foster Pennsilvaniya shtatining Pitsburg shahrida Julia Manuel Foster hamda Pittsburgh Dispatch muharriri J. Heron Foster oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi ilgʻor fikrlovchilar boʻļgan; uning otasi ayollar va erkaklar bir xil ish uchun teng haq olishlari kerak degan qarashni ilgari surgan, onasi esa ayollar huquqlari boʻyicha yetakchi Elizabeth Cady Stantondan[2] saboq olib, ayollarning ovoz berish huquqi ega bolļishi uchun faol harakatda boʻlgan[3].

Stanton Foster uyida saylov huquqi boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazgan va Reychelning onasi mahalliy saylov jamiyatining vitse-prezidenti boʻlgan. 1868-yilda J. Heron Foster vafotidan keyin Reychel, uning singlisi Yulia va onasi Filadelfiyaga koʻchib oʻtishgan va u yerda Fuqarolarning saylov huquqi uyushmasiga qoʻshilishgan.

Ish faoliyati

tahrir
 
Susan B. Anthony (chapda) and Foster Avery (oʻngda)
 
Harriet Taylor Upton tomonidan yozilgan

Foster taxminan 17 yoshida gazetalar uchun maqola yozishni boshladi. Shu bilan birga Kaliforniya va Yevropadan Pitsburg Leader jurnaliga maktublar yubordi. Ayni shu yillari Reychel Zurich universitetida tahsil olayotgan edi.

19 yoshga toʻlganida, Avery va uning singlisi Yulia Foster Ayollarning saylov huquqi Milliy assotsiatsiyasining Pensilvaniya shtatiga vitse-prezidenti etib tayinlandi. Ikki yil oʻtgach, Avery ushbu organning milliy tegishli kotibi etib saylandi va 2 yil boshqardi. U 21 yoshida Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasining 11-konvensiyasida qatnashdi va faol ishtirok etdi. 1880 va 1881-yillarda butun mamlakat boʻylab uyushmaning oʻndan ortiq yigʻilishlarini rejalashtirdi va tashkil qildi[4].

1882-yilda u Nebraskada ayollarning ovoz berish huquqini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uyushmani boshqargan. Keyinchalik, Pennsilvaniya shtati boʻylab 20 000 nusxada Vayoming gubernatori John Hoytning „Vyomingdagi ayollar ovoz berishning oʻn uch yillik tajribasining yaxshi natijalari“ nomli maʼruzasini tarqatgan.

1883-yilda Foster „Susan xola“ yaʼni Susan B. Antony bilan Yevropa boʻylab sayohat qildi. Xususan, ular Fransiya, Italiya, Germaniya va Shvetsariya boʻylab sayohat qilishdi. 1888-yil fevral oyida Foster Vashingtonda Ayollarning saylov huquqi Milliy assotsiatsiyasi homiyligida Xalqaro Ayollar Kengashini tashkil qildi. Kengashga yetti mamlakatdan 50 dan ortiq turli tashkilotlardan delegatlar jalb etilgan edi.

Xuddi shu yili, Xalqaro Ayollar Kengashidan bir necha oy oʻtgach, u teng saylov huquqining taniqli himoyachisi Roza Miller Averyning oʻgʻli Cyrus Miller Averyga turmushga chiqdi. Er-xotin erkaklar va ayollar uchun teng saylov huquqini himoya qilishda bir xil darajada kuchli edi va ularning teng burch va teng huquqlar haqidagi gʻoyasi ularning turmush hayotida ham oʻz aksini topgan edi. Foster keyinchalik Ayollarning saylov huquqi Milliy assotsiatsiyasi, Ayollar milliy kengashi va Xalqaro Ayollar Kengashining tegishli kotibi lavozimlarida ishlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Foster 1887-yilda qiz farzandni asrab oldi va unga Miriam Alice Foster deb ism qoʻydi. 1888-yil 8-noyabrda Foster Xalqaro Ayollar Kengashi yigʻilishida delegat boʻlganida tanishgan Cyrus Miller Avery (1854–1919) ga turmushga chiqdi. Ularning nikohi Unitarian cherkovida boʻlib oʻtgan. Miriamdan tashqari, er-xotinning yana ikkita farzandi bor edi. Ular Rose Foster Avery hamda Julia Foster Averylar.

Manbalar

tahrir
  1. „Ever Yours, C. H. Spence“. Wakefield Press. 2006.
  2. „Port Sanitary Expenses“. BMJ. 1-jild, № 1829. 1896-01-18. 169–169-bet. doi:10.1136/bmj.1.1829.169. ISSN 0959-8138.
  3. „CHAPTER FOURTEEN“, Forging Deaf Education in Nineteenth-Century France, Gallaudet University Press, 83–88-bet, 2009-10-31, qaraldi: 2024-07-16
  4. Hill, Patricia R.; Jr., John T. Foster; Foster, Sarah Whitmer (2000). „Beechers, Stowes, and Yankee Strangers: The Transformation of Florida“. The Journal of American History. 87-jild, № 1. 236-bet. doi:10.2307/2567982. ISSN 0021-8723.