Xalqaro Ayollar Kengashi – ayollar huquqlarini himoya qilishda uchraydigan asosiy muammolar bilan shugʻullanuvchi ayollar tashkiloti. 1888-yil mart va aprel oylarida 9ta: Kanada, AQSh, Irlandiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Daniya, Fransiya va Norvegiya davlatidan kelgan 53 ta ayollar tashkiloti vakillari, 80 nafar maʼruzachilar va 49 nafar delegat aʼzolari Vashingtonda yigʻilishdi. Shuningdek bu yigʻilishda sanʼat sohasida va xayriya tashkilotlarida ishlovchi ayollar guruhlari ham ishtirok etishdi.

Belgilangan mamlakatlarda Xalqaro Ayollar kengashiga aloqador mahalliy tashkilotlar mavjud.

Boshlanish davri

tahrir

1882-yilda Yevropaga tashrifi chogʻida amerikalik sufrajist ayollar Elizabeth Cady Stanton va Susan B. Anthony bir qancha mamlakatlardagi islohotchilar bilan birgalikda Xalqaro Ayollar Kengashi gʻoyasini muhokama qildilar. Ular uyga qaytishlari oldidan gʻoyalarni yanada rivojlantirish maqsadida yozishmalar qoʻmitasi tuzishdi. Anthony va Stanton boshchiligidagi Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi, 1888-yil 25-martda Vashingtonda Xalqaro Ayollar Kengashining taʼsis yigʻilishini oʻtkazishdi. Luiziananing Xalqaro Ayollar Kengashi vakili – Caroline Elizabeth Merrick boʻlgan. Ayollar huquqlari boʻyicha birinchi konvensiya – Seneca Falls konvensiyasining 40 yilligi uchrashuvning bir qismi boʻlgan[1].

Rachel Foster Avery Xalqaro Ayollar Kengashi ning birinchi yigʻilishini rejalashtirish va boshqarish ishlarini olib borgan hamda Susan B. Anthony oʻn oltita sessiyaning sakkiztasiga raislik qilgan[2]. Xalqaro Ayollar Kengashi har uch yilda bir marta milliy yigʻilishlar va har besh yilda bir marta xalqaro yigʻilishlar oʻtkazishni maqsad qilgan.

Angliyalik Millicent Garrett Fawcett birinchi prezident etib saylandi, ammo u bu lavozimni rad etdi.

1894-yilda Xalqaro Ayollar Kengashii Berlinda yigʻilishga qaror qilishdi, Alix von Cotta koʻplab katta oʻqituvchilar uzoqda ekanligini aytanigan soʻng[3], ular 1899-yilda Londonda uchrashishdi[4].

Dastlabki yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkilotning koʻpgina xarajatlariga yordam bergan va AQSh aʼzolaridan olinadigan badallar byudjetning muhim qismini tashkil etgan. Koʻpgina yigʻilishlar Yevropa yoki Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtgan va ular uchta rasmiy tildan – ingliz, fransuz va nemis tillaridan foydalanishga qaror qilishgan. Bu esa kelib chiqishi yevropalik boʻlmagan ayollarning ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi. Xalqaro Ayollar Kengashi konservativ aʼzolarini xafa qilmaslik uchun ayollarning saylov huquqini faol ravishda ilgari surmadi.

1899-yilda kengash tinchlik va xalqaro arbitraj boʻyicha xalqaro doimiy qoʻmita tuzib, yanada muhim masalalarni koʻrib chiqishni boshladi. Tez orada boshqa qoʻmitalar tashkil etildi va ular orqali Xalqaro Ayollar Kengashi saylov huquqidan tortib sogʻliqgacha boʻlgan masalalargacha aralasha olishdi.

XX asr

tahrir

1904-yilda Xalqaro Ayollar Kengashi Berlin kongressida milliy saylov huquqi assotsiatsiyalarining kuchli feministik oʻziga xosligini taʼminlash uchun alohida tashkilot tuzdi: Xalqaro ayollar saylov huquqi ittifoqi. 1909-yilgi kongress Kanadaning Toronto shahrida [5] va 1914-yilgi konferensiya Rimda boʻlib oʻtdi [6]. 6-Kongress 1920-yilda Norvegiyaning Kristiana shahrida boʻlib oʻtgan. Konferensiya 1925-yilda Vashingtonda, 1930-yilda Vena shahrida boʻlib oʻtdi. 1936-yilda Kalkutta birgalikda oʻtkazilgan Xalqaro Ayollar Kengashi va Hindiston Milliy Ayollar Kengashining konfrensiyasiga mezbonlik qildi. Ikkinchi jahon urushi paytiga kelib barcha kongresslar toʻxtatildi.

1925-yilda Xalqaro Ayollar Kengashi ayollarni Millatlar Ligasiga tayinlash uchun oʻzining birinchi koalitsiyasini – Xalqaro Ayollar Kenashining Qoʻshma Doimiy Qoʻmitasini chaqirdi. 1931-yilga kelib, Millatlar Ligasi boshqa mamlakatdan kelgan erkakka turmushga chiqqan ayolning huquqlari borasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun Ayollar maslahat qoʻmitasini chaqirdi. 1931-yilda ikkita qoʻshimcha koalitsiya tuzildi: Aloqa qoʻmitasi va Tinchlik va qurolsizlanish qoʻmitasi. Xalqaro Ayollar Kengashi konstitutsiyasi 1936-yilda qayta koʻrib chiqilgan. Xalqaro Ayollar Kengashi 1920-yillarda Millatlar Ligasi va Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilgan.

1938-yilga kelib, eng mashhur va eng koʻp maslahat soʻraladigan ayollar xalqaro tashkilotlaridan biriga aylangan Xalqaro ayollar kengashiga aloqador kengashlar soni oʻttiz oltitaga yetdi.

Ikkinchi jahon urushi Kengash ishida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Baʼzi milliy kengashlar oʻz faoliyatini butunlay toʻxtatdi, boshqalarda rahbarlik va tashkilotchilik buzildi. 1946-yilda Xalqaro ayollar kengashi oʻz saʼy-harakatlarini qayta yoʻnaltirish va avvalgi birligini tiklash uchun Filadelfiyada yigʻildi. Konferensiya urushni va insoniyatga qarshi barcha jinoyatlarni qoralagan, shuningdek, ayollarning milliy va xalqaro maydonda faol boʻlishga chaqirgan.

Hozirgi kunda

tahrir
Xalqaro ayollar kengashi Prezidentlari roʻyhati Davomiyligi Davlati
1888–1893-yillar -
Ishbel Hamilton-Gordon 1893–1899-yillar Shotlandiya
May Wright Sewall 1899–1904-yillar AQSH
Ishbel Maria Hamilton-Gordon 1904–1920-yillar Shotlandiya
Pauline Chaponnière-Chaix 1920–1922-yillar Shvetsariya
Ishbel Maria Hamilton-Gordon 1922–1936-yillar Shotlandiya
Marthe Boël 1936–1947-yillar Belgiya
Renée Girod (interim) 1940–1945-yillar Shvetsariya
Jeanne Eder-Schwyzer 1947–1957-yillar Shvetsariya
Marie-Hélène Lefaucheux 1957–1963-yillar Fransiya
Mary McGeachy 1963–1973-yillar Kanada
Mehrangiz Dowlatshahi 1973–1976-yillar Eron
Ngarmchit Purachatra 1976–1979-yillar Tailand
Miriam Dell 1979–1986-yillar Yangi Zelandiya
Hong Sook-ja 1986–1988-yillar Shimoliy Koreya
Lily Boeykens 1988–1994-yillar Belgiya
Kuraisin Sumhadi 1994–1997-yillar Indonesiya
Pnina Herzog 1997–2003-yillar Isroil
Anamah Tan 2003–2009-yillar Singapur
Cosima Schenk 2009–2015-yillar Shvetsariya
Kim Jungsook 2015–2022-yillar Janubiy Koreya
Martine Marandel 2022–yillar Fransiya

1947-yildan beri Xalqaro Ayollar Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida (ECOSOC) maslahatchi maqomiga ega boʻlib, NNT Birlashgan Millatlar Tashkilotida erisha oladigan eng yuqori akkreditatsiyaga ega. Hozirgi vaqtda Xalqaro Ayolar Kengashi 70ta mamlakatda mavjud boʻlib, uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Xalqaro uchrashuvlar har uch yilda bir marta oʻtkaziladi.

Xalqaro uchrashuvlar

tahrir

1888-yil: Vashington, Kolumbiya okrugi (Birinchi uchrashuv)

1894-yil: Berlin

1899-yil: London

1904-yil: Berlin

1909-yil: Toronto

1914-yil: Rim

1920-yil: Kristianiya

1925-yil: Vashington, DC

1930-yil: Vena

1933-yil: Chikago

1936-yil: Kolkata , CIT va Hindistondagi Ayollar milliy kengashi tomonidan birgalikda tashkil etilgan

1946-yil: Filadelfiya

2006-yil: Kiev

2009-yil: Yoxannesburg

2015-yil: Seul

2015-yil: Izmir

2018-yil: Yogyakarta

2022-yil: Avignon

Manbalar

tahrir
  1. Franzen, Trisha (2017-04-20). „Apprenticeship in the National American Woman Suffrage Association (1890–1903)“. University of Illinois Press. doi:10.5406/illinois/9780252038150.003.0005.
  2. Wyngaard, Susan (2013-04-03). „Digital Images and Art Libraries in the Twenty-First Century“. doi:10.4324/9780203050385. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  3. „Letter to Eliza Burggraf, December 29, 1861“. doi:10.31096/wua015-jb12-29-61. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  4. Stambolis, Barbara (2016-08-05). „Helene Stöcker, Lebenserinnerungen. Die unvollendete Autobiographie einer frauenbewegten Pazifistin. Hrsg. v. Reinhold Lütgemeier-Davin u. Kerstin Wolff in Kooperation mit der Stiftung Archiv der deutschen Frauenbewegung Kassel. (L'HOMME Archiv, Bd. 5.) Köln/Weimar/Wien, Böhlau 2015“. Historische Zeitschrift. 303-jild, № 1. 245–247-bet. doi:10.1515/hzhz-2016-0345. ISSN 2196-680X.
  5. „Image 3 of Mary Church Terrell Papers: Subject File, 1884-1962; International Council of Women, 6th Quinquennial Convention, Washington, D.C., 1925“. loc.gov. Washington, D. C.: Library of Congress (1925). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  6. Report on the Quinquennial Meeting, Vienna 1930. Keighley, West Yorkshire, England: Wadsworth and Company, 1930. (subscription required)