Sufrajist ayol – XX asr boshlarida Birlashgan Qirollikdagi davlat saylovlarida ovoz berish huquqiga ega boʻlishi maqsadida „Ayollarga ovozlar“ shiori ostida kurashgan faol ayollar tashkilotining aʼzosi. Ushbu atama ilk bora 1903-yilda Emmeline Pankhurst tomonidan qoʻllangan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri harakat olib boruvchi va ularga nisbatan koʻrsatiladigan nohaqliklarga jim turmasdan, itoatsizlik bilan bosh koʻtaruvchi, faqat ayollar huquqlarini himoya qilish bilangina faoliyat yurituvchi Britaniya Ayollar Ijtimoiy va Siyosiy Ittifoqi (WSPU) aʼzolariga tegishli[1][2]. 1906-yilda Daily Mail gazetasi muxbirlaridan biri suffragistα (saylov huquqini himoya qiluvchi har qanday shaxs) soʻzidan olingan suffragette atamasini fanga kiritdi[3]. WSPU tashkiloti aʼzolari ham ushbu yangi atamani qabul qilishdi va bu atamadan WSPU tomonidan nashr etiluvchi gazetaning nomi sifatida foydalanishga qaror qilishdi[3].

Maqsadi Ayollarning saylovlarda ishtirok etish huquqi
Ishga tushgan sanasi 10-oktyabr, 1903-yil (121 yil avval) (1903-10-10)
Asoschi(lar)i Emmeline Pankhurst (WSPU)
Xoʻjayinlar Emmeline Pankhurst, Christabel Pankhurst, Sylvia Pankhurst, Teresa Billington-Greig, Emily Davison, Charlotte Despard, Flora Drummond, Annie Kenney, Constance Lytton, Emmeline Pethick-Lawrence, Evaline Hilda Burkitt, Mary Richardson, Lilian Lenton
Ilk sufrajistlar Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi
Keyingi sufrajistlar
  • Ayollar erkinligi ligasi (1907)
  • Sharqiy London saylovchilar federatsiyasi (1914)
Sufrajist harakatining ranglari. Binafsharang sadoqat va qadr-qimmat, oq rang poklik, yashil rang esa umidni anglatadi[4][5]

XIX asrning oxiriga kelib, ayollar bir qancha mamlakatlarda saylovlarda ovoz berish huquqini qoʻlga kiritdilar. 1893-yilda Yangi Zelandiya 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga ovoz berish huquqini bergan ilk oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlatga aylandi[6]. Britaniyada ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berilmagach, 1903-yilda Emmeline Pankhurst „ishni oʻzimiz qilishimiz kerak“ degan qarorga keldi[7] va WSPU uchun „soʻz emas, balki amal“ shiorini qabul qildi. Ovoz beruvchilar siyosatchilarni aldashdi, parlamentga bostirib kirishga harakat qilishdi, politsiya bilan janglar paytida hujumga va jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlishdi, oʻzlarini-oʻzlari panjaralarga zanjirband qilishdi, derazalarni sindirishdi, mamlakat boʻylab portlash va oʻt qoʻyish operatsiyalarini amalga oshirishdi, ommaviy axborot vositalarida gʻazab va masxaralarga duch kelishdi. Ular qamoqqa olinganida bir necha kun yoki haftalab ovqat yemay, ochlik eʼlon qilishdi, hukumat esa bunga javoban ularni majburan ovqatlantirishdi. Oʻsha paytda qamoqda ilk bora majburiy ovqatlantirilgan birinchi sufrajist ayol Evaline Hilda Burkitt edi. 1913-yilda Epsom Derby deb nomlanuvchi ot poygasida qirol George V ning oti oldidan yugurib chiqqan Emily Davisonning oʻlimi butun dunyo boʻylab shov-shuvlarga sabab boʻldi. Bu vaqtda WSPU tashkilotini qoʻllab-quvvatlovchi bir qancha tomonlar ham mavjud boʻlib, boʻlinib ketgan guruhlar qayta tuzildi, biroq WSPU aʼzolarining barchasi ham tashkilotning toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlarini qoʻllab-quvvatlamas edilar[8].

1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanganida sufrajistlar kampaniyasi harakati toʻxtatildi. Urushdan soʻng, 1918-yilda qabul qilingan Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi qonun ovoz berish huquqini 30 yoshdan oshgan, mulk bilan bogʻliq maʼlum talablarga javob beradigan ayollargagina berdi. Oradan oʻn yil oʻtgach, 1928-yilgi Xalq Vakilligi (saylov huquqi tengligi) qonuni ayollarga 21 yoshdan boshlab ovoz berish huquqini berilganini eʼlon qilganidan keyin ayollar erkaklar bilan saylovlarda bir xil ovoz berish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tavsifi

tahrir

Ayollarning saylov huquqi

tahrir

Men oroli 1881-yilda parlament saylovlarida (Tywald) mulkka ega boʻlgan ayollarga ovoz berish huquqini bergan edi. 1893-yilda Yangi Zelandiya barcha ayollarga ovoz berish huquqini bergan birinchi oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlatga aylandi. Unga koʻra, 21 yoshdan boshlab ayollarga barcha parlament saylovlarida ovoz berish huquqi berildi[6]. Janubiy Avstraliyadagi ayollar ham xuddi shunday huquqqa erishdilar va 1895-yilda ilk marotaba parlamentga saylanish huquqini ham qoʻlga kiritdilar[9]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1869-yilda Wyoming, 1870-yilda Yuta shtatining gʻarbiy hududlarida, shuningdek, 1893 va 1896-yilda Kolorado va Aydaxo shtatlarida 21 yoshdan oshgan ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berildi[10][11].

Britaniya sufrajistlari

tahrir

1865-yilda John Stuart Mill ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqlarni oʻz ichiga oluvchi platformada parlamentga saylandi. 1869-yilda Stuart Millning erkaklar va ayollarning teng huquqliligini ifoda etuvchi „Ayollarning boʻysunishi“ maqolasi nashr etildi. Shuningdek, 1865-yilda Kensington jamiyati ayollar muhokamasi guruhi tuzildi. Ayollarning saylov huquqi mavzusidagi munozaralardan soʻng, jamiyat petitsiya loyihasini ishlab chiqish va imzolarni yigʻish uchun qoʻmita tuzdi, Stuart Mill esa loyiha 100 nafar kishi tomonidan imzolangandan soʻng uni parlamentga taqdim etishga rozi boʻldi[12]. 1866-yilning oktyabr oyida havaskor olim Lydiya Becker Manchesterda boʻlib oʻtgan Ijtimoiy fanlarni targʻib qilish milliy assotsiatsiyasining yigʻilishida ishtirok etdi va petitsiya tashkilotchilaridan biri Barbara Bodichonning „Ayollarga saylovlarda ishtirok etish huquqining berilish sabablari“ nomli maqolani oʻqiganini eshitdi. Keyinchalik Lydia Becker Manchesterda petitsiya loyihasi uchun imzo toʻplashda yordam berishga harakat qildi va yangi tashkil etilgan Manchester qoʻmitasi safiga qoʻshildi. 1866-yilda Mill parlamentga ushbu petitsiyani taqdim etdi. Bu vaqtga qadar esa loyiha tarafdorlari 1499 ta imzo toʻplashga muvaffaq boʻlishgan edi, jumladan, Florence Nightingale, Harriet Martineau, Jozephine Butler va Mary Somerville ham ushbu loyihaga rozilik beruvchilar qatorida edi[13].

1867-yilning mart oyida Lydia Becker „Contemporary Review“ nashri uchun yozgan maqolasida shunday deydi:

Ayollarning jamoat manfaatini koʻzlovchi mavzular va dunyoda roʻy berayotgan voqealar haqidagi oʻziga xos fikrlarga ega ekanligi va boʻlishi kerakligi, albatta, inkor etilmaydi. Biroq agar ayollarning ham siyosiy qarashlarga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularni nima sababdan oʻz fikrlarini erkaklar kabi ifodalash yoki taʼsir etish huquqidan mahrum qilish mumkin[14]?

1867-yilning may oyida parlamentga yana ikkita petitsiya taqdim etildi va Stuart Mill ham 1867-yilgi islohot toʻgʻrisidagi qonunga ayollarga erkaklar bilan bir xil siyosiy huquqlarni berish uchun oʻzgartirish kiritilishini taklif qildi, ammo ushbu taklifga mazxaraomuz tarzda fikr bildirildi va 73 ta rozi va 196 qarshi ovoz bilan ushbu ushbu taklif rad etildi[15].

Manchester ayollar saylov huquqi jamiyati aʼzolari 1867-yil yanvar oyida mashhur fizik va pediatr Louis Borchardtning uyiga taklif qilindi va ular u yerda Jacob Bright, ruhoniy S. A. Steinthal, missis Gloyne, Max Kyllman va Elizabeth Wolstenholmelar bilan uchrashishdi. Shundan soʻng, 1867-yilning fevral oyida Lydiya Becker Jamiyat kotibi etib tayinlangan boʻlsa, Richard Pankhurst ijroiya qoʻmitasining eng birinchi aʼzolaridan biri boʻldi[16]. 1874-yilda Manchesterda Becker tomonidan uyushtirilgan tadbirda 14 yoshli Emmeline Goulden ham ishtirok etdi. Keyinchalik, Emmeline Goulden ayollar huquqlarining qizgʻin targʻibotchisiga aylandi va Pankhurstga turmushga chiqib, Emmeline Pankhurst nomi bilan tanildi[17].

1880-yilning yozida Becker Men oroliga tashrif buyurib, asosan, ayollardan tashkil topgan tinglovchilarga ularning saylov huquqi mavzusida beshta ommaviy yigʻilishlar davomida nutq soʻzladi. Nutq davomida Becker ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqini taʼminlashga harakat qildi va natijada, 1881-yilning 31-yanvar kuni orolda xususiy mulkga ega boʻlgan ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berildi[18].

WSPUning shakllanishi

tahrir
 
Emmeline Pankhurst 1903-yilda WSPUga asos solgan va Buyuk Britaniyaning eng koʻzga koʻringan sufrajistlaridan biriga aylangan

1867-yilda Manchesterda ayollar saylov huquqi qoʻmitasi tuzildi[manba kerak]. Qoʻmitaning maqsadi Mustaqil Mehnat partiyasi (ILP – Independent Labour Party) bilan hamkorlikda ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqini himoya qilish edi. Qoʻmita mahalliy ILP tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, milliy miqyosda ushbu partiya erkaklarning saylovlardagi ustunligini taʼminlashdan koʻproq manfaatdor edi va shu sababdan ayollar uchun ovoz berishdan va sufrajistlarning saylov huquqlarini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. 1897-yilda Manchester Ayollar saylov huquqi qoʻmitasi Ayollar saylov huquqi jamiyatlari milliy ittifoqi (NUWSS) bilan birlashdi, ammo Pankhurst va uning toʻngʻich qizi Christabel ittifoq tomonidan koʻrsatiladigan yordamlarga qarab oʻtirmasdan, 1903-yilning oktyabr oyida Manchesterdagi uyida Ayollar ijtimoiy va siyosiy ittifoqi (WSPU)ni tashkil etish uchun yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilish boshidanoq, WSPU NUWSSning qatʼiy usullaridan voz kechishiga va buning oʻrniga koʻproq ijobiy choralar koʻrilishiga qaror qilindi[19]:

1903-yilning 10-oktyabrida men Manchesterdagi Nelson streetdagi uyimga yangi jamiyat tuzish maqsadida bir qancha ayollarni taklif qildim. Biz yangi jamiyatimizni „Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi“ deb nomlashga, qisman uning demokratikligini ta’kidlash uchun, qisman esa uning maqsadini targ‘ibotchi emas, balki siyosiy deb belgilash uchun ovoz berdik. Biz aʼzoligimizni faqat ayollar bilan cheklashga, oʻzimizni partiya aʼzoligidan butunlay ozod qilishga va savolimiz boʻyicha harakat qilishdan boshqa hech narsa bilan qanoatlanmaslikka qaror qildik. „Soʻz emas, amal“ bizning doimiy shiorimiz boʻlishi kerak edi.

Suffragette atamasi ilk marotaba 1906-yilda Londonning Daily Mail gazetasida jurnalist Charles E. Hands tomonidan ayollarning saylov huquqi uchun harakat qiluvchi faol shaxslarni, xususan, WSPU aʼzolarini masxaraomuz tarzda tasvirlash uchun foydalanildi[20][21][22]. Ammo masxara qilinayotgan ayollar ushbu atamani qabul qilishdi va bu orqali „suffraGETtes“ („g“ harfiga urgʻu berishdi) atamasi nafaqat ularning saylovlarda ovoz berishlarini xohlashlarini, balki uni „olish“ (yaʼni ovoz berish huquqiga ega boʻlish) niyatida ekanliklarini ham bildirishdi[23]. Jangari ruhda boʻlmagan sufrajistlar „zoʻravonlik, jinoyat, oʻt qoʻyish va ochiq qoʻzgʻolon“ orqali ovoz berish imtiyozini qoʻlga kiritishga harakat qilmaganliklari uchun matbuotda koʻpchilikka maʼqul boʻlishdi[24].

WSPU kampaniyalari

tahrir
 
Lilian Metgening manikeni

1905-yilda Christabel Pankhurst va tegirmon ishchisi Annie Kenney Manchesterda boʻlib oʻtayotgan siyosiy uchrashuv davomida taniqli liberallar Winston Churchill va ser Edward Greyning nutqlarini boʻlgan holda ulardan ayollar siyosiy huquqlari boʻyicha qayerda turishini soʻrashdi. Siyosiy yigʻilishlar davomida faqatgina erkaklar ishtirok etib, maʼruzachilarga oʻz fikrlarini toʻxtovsiz bayon qilish odatiy va rasmiy rusga kirgan bir paytda, ayollar tomonidan maʼruzachilar nutqining boʻlinishi tinglovchilarning gʻazabiga sabab boʻldi. Pankhurst va Kenney „Ayollarga ovoz“ bannerini koʻtarganlarida, ularning har ikkalasi ham politsiya xodimiga texnik hujum qilganliklari uchun hibsga olindi. Pankhurst va Kenney sud davomida ham ularga belgilangan jarimani toʻlashdan bosh tortdilar va oʻz faoliyatlarini ommalashtirish maqsadida qamoqqa tushishni afzal koʻrdilar[25].

1908-yilning iyul oyida WSPU Manchester yaqinidagi Heaton Parkning 13 ta alohida sektorlarida Emmeline, Christabel va Adela Pankhurst kabi faollar ishtirokida namoyish oʻtkazildi. Bu haqida The Guardian shunday xabar bergan:

Ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqi harakatini qoʻllab-quvvatlovchilar kecha Heaton Parkda Ayollar ijtimoiy va siyosiy ittifoqi tomonidan uyushtirilgan katta namoyishni gʻalaba deb hisoblashga haqli. Ularning harakatini „qoʻllab-quvvatlagan“ holda ob-havo ham yaxshi boʻldi, ayol sufrajistlar yigʻilish davomida juda koʻp odamlarni birlashtira oldilar. Tashkilot ham promouterlarga munosib edi. Politsiyachilar kam, koʻzga tashlanmas edi. Spikerlar maxsus (tramvay) mashinada Bury Old Roadning kirish qismiga borishdi va bir nechta politsiyachilar tomonidan platformalarga kuzatib borildi. Bu yerda hamrohlar nutq tugashini kutishdi, so‘ng o‘z yuklari bilan birga maxsus mashinaga qaytishdi. Aftidan, eskortga ehtiyoj yoʻq edi. Hatto ovoz berish huquqiga daʼvogarlar ham soʻzga chiqqanlarga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlishdi va yigʻilganlarda qiziqish uygʻota olishdi [26].

1908-yilda WSPUning „Ayollarga ovozlar“ gazetasi hammuallifi Emmeline Pethick-Lawrence[27] sufrajistlarning maxsus ramziy ranglarini ishlab chiqdi, unga koʻra, binafsharang sodiqlik va qadr-qimmat, oq rang poklik, yashil rang esa umid maʼnolarini anglatadi[28]. Londonning mashur moda doʻkonlari Selfridges va Liberty shlyapalar, rozetlar, nishonlar, kamarlar, shuningdek, rangli kiyimlar, ichki kiyimlar, sumkalar, poyabzal, teri va hojatxona sovuni uchun uch xil rangli lentalar sotuvini yoʻlga qoʻydi[4]. WSPUga aʼzo boʻluvchilar soni oshgani sayin ayollarning kichkina zargarlik buyumlaridan yoki yurak shaklidagi kichik sumkalardan foydalanishi modaga aylandi[4][29] va 1908-yilning dekabr oyida London zargarlari Mappin&Webb Rojdestvo bayrami arafasida sufrajistlar zargarlik buyumlarining yangi kataloglarini ishlab chiqdilar[30]. 1909-yilda WSPU yetakchi sufrajistlar Emmeline Pankhurst va Louise Eatesga maxsus buyurtma qilingan zargarlik buyumlarini taqdim etdi[30].

 
Emily Davison WSPUda oʻzining jasur jangari harakatlari bilan tanilgan

Sufrajistlar, shuningdek, reklama qilish va pul yigʻish uchun boshqa bir qator usullardan ham foydalandilar. 1909-yildan boshlab WSPU tomonidan „Pank-a-Squith“ stol oʻyini sotuvga chiqarildi. Ushbu oʻyin nomi sufrajist Pankhurst va sufrajistlar faoliyatiga nafrat bilan qarovchi bosh vazir H. H. Asquithning familiyasidan kelib chiqqan edi. Oʻyin davomida oʻyinchilar sufrajist figuralarini oʻz uylaridan parlament binosiga qadar olib borishlari va bu yoʻlda Bosh vazir H. H. Asquith hamda Liberal hukumat tomonidan qoʻyilgan toʻsiqlarni yengib oʻtishlari kerak edi[31]. Shuningdek, 1909-yilda sufrajistlar Daisy Solomon va Elspeth McClelland oʻzlarini Royal Mail kuryer pochtasi orqali yuborish orqali Asquith bilan uchrashishning innovatsion usulini sinab koʻrdilar, ammo Downing street ushbu posilkani qabul qilmadi[32].

1912-yil sufrajistlar uchun burilish nuqtasi boʻldi, chunki ular aynan shu davrga kelib jangari taktikalardan koʻproq foydalanishga oʻtishdi. WSPUning baʼzi aʼzolari, jumladan, Emmeline Pethick-Lawrences va uning eri Frederick ushbu strategiyaga rozi boʻlmadilar, ammo Christabel Pankhurst ularning eʼtirozlariga eʼtibor bermadi. Bunga javoban hukumat WSPU rahbarlarini hibsga olishni buyurdi. Bu vaziyatda Christabel Pankhurst Fransiyaga qochib ketdi, biroq Pethick-Lawrences hibsga olinib, sud qilindi va toʻqqiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Ozodlikka chiqqach, Pethick-Lawrences derazalarni sindirish kampaniyasiga qarshi ochiq gapira boshladi va bu ishga barham berishni, shunday davom etgan taqdirda ular WSPUdan chiqarib yuborilishini taʼkidladi. WSPU „Ayollarga ovozlar“ ustidan nazoratni yoʻqotdi va „Suffragette“ nomi ostida oʻz gazetasini nashr ettira boshladi[33].

 
Christabel Pankhurst tomonidan tahrirlangan Suffragette gazetasi, Emily Davison xotirasiga bagʻishlangan nashr, 1913-yil 13-iyun

Keyinchalik kampaniya tomonidan amalga oshiriladigan zoʻravonlik harakatlari yanada avj oldi, sufrajistlar oʻzlarini panjaralarga zanjirband qilishdi, pochta qutilariga oʻt qoʻyishdi, derazalarni sindirishdi va oxir-oqibat bombalar portlatishdi[34]. Sufrajistlar oʻzlari qoʻllagan baʼzi radikal usullarni Angliyaga qochib ketgan rus surgunlaridan oʻrgangan edi[35]. 1914-yilda Buyuk Britaniya boʻylab kamida yettita cherkov bombardimon qilindi va yoqib yuborildi, jumladan, Westminster Abbeydagi 700 yillik Coronation Chair yogʻoch stulini yoʻq qilishga qaratilgan hujum kichik zarar bilangina yakunlandi[36]. Shuningdek, boy aholi vakillari, odatda, erkaklar tez-tez boradigan joylar ham yoqib yuborildi va vayron qilindi. Kriket pavilyonlari, ot poygasi pavilyonlari, cherkovlar, qal’alar va boylarning ikkinchi uylarida ham buzgʻunchilik ishlari amalga oshirildi. Ular, shuningdek, „Ayollarga ovozlar“ shiorini golf maydonlarining oʻtlariga qoʻshib yoqib yuborishdi[37]. Surreyda moliya kansleri boʻlib xizmat qiluvchi David Lloyd George uchun qurilayotgan Pinfold Manor 1913-yilning 19-fevralida ikkita bomba bilan nishonga olindi, ulardan faqatgina bittasi portladi, ammo shu orqali ham binoga katta zarar yetkazildi. Sylvia Pankhurst oʻz xotiralarida ushbu hujum Emily Davison tomonidan amalga oshirilganini aytadi[37]. 1913-yilda olti oy ichida 250 ta oʻt qoʻyish va vayron qilish hujumlari sodir etildi[37]. Aprel oyida gazetalar „Sufrajistlar tomonidan sodir etilgan eng jiddiy gʻazab nima boʻlishi mumkin“ deb nomlangan xabarni eʼlon qildi:

Politsiya yarim tunda portlatilishi reja qilingan Angliya banki devorlari ichidan bomba topdi. Unda 3 ta kuchli portlovchi modda, biroz metall va bir qancha soch tolalari bor edi - ularning oxirgisi, shubhasiz, taxmin qilinganidek sufrajistlarga tegishli edi. Bu bomba ham Oxted temir yoʻl vokzalini portlatishda foydalanilgan bombaga oʻxshash edi. Unga portlovchi moslamali soat oʻrnatilgan edi. Agar u koʻchalar gavjum boʻlgan bir paytda portlatilgan taqdirda, juda koʻp odamlar yaralangan boʻlar edi[38].

Parlament hujjatlarida „yondiruvchi qurilmalar“ roʻyxati, portlashlar, sanʼat asarlarini yoʻq qilish (jumladan, National Gallerydagi Wellington gersogi rasmiga bolta bilan qilingan hujum), oʻt qoʻyish hujumlari, derazalarni sindirish, pochta qutilarini yoqish va 1910-yildan 1914-yilgacha sodir etilgan telegraf kabellarini kesish kabi hujumlar keltirilgan[39]. Sufrajistlar ham, politsiya ham ushbu hujumlar natijasida yuzaga kelgan vaziyatga „terrorchilik hukmronligi“ deya baho berishdi, shuningdek, oʻsha paytda nashr etilgan gazeta sarlavhalari ham „Suffragette Terrorism“ (Sufrajistlar terrorizmi) deya nomlangan edi[40].

Sufrajistlardan biri Emily Davison 1913-yilning 4-iyun kuni The Derby deb nomlanuvchi poygada qirol George V ning Anmer laqabli oti ostida vafot etdi. Uning vafotiga aynan nima sabab boʻlgani, yaʼni sufrajist oʻsha paytda otning boʻynidagi ipni pastga tortib yubormoqchi boʻlganmi, unga roʻmol yoki bayroq bogʻlamoqchi boʻlganmi yoki oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgani turli muhokamalarga sabab boʻldi. Biroq jushbu voqea asosida suratga olingan film tahlillari shuni koʻrsatadiki, Emily Davison oʻsha paytda shunchaki otga roʻmol bogʻlamoqchi boʻlgan va oʻz joniga qasd qilishni koʻzlagan boʻlishi ham ehtimoldan yiroq boʻlgan, chunki Davison poygadan keyin poygalar oʻtkaziladigan Epsom shahridan ketish va singlisi bilan taʼtilni nishonlash uchun allaqachon poyezd chiptasini sotib olgan edi[41].

XX asr boshlarida Birinchi jahon urushi boshlangunga qadar Britaniyada mingga yaqin sufrajistlar qamoqqa olindi[42]. Mahbuslar, asosan, jamoat tartibini buzganliklari va jarimalarni toʻlamaganliklari uchun hibsga olinar edi. Sufrajistar tutqunlikda ushlangan paytlarda ularga nisbatan siyosiy mahbuslar deya qaralardi va aynan shu sababdan ham ular qamoqxona tizimining ikkinchi yoki uchinchi boʻlinmalaridan farqli oʻlaroq, aynan birinchi boʻlimga joylashtirildi. Birinchi boʻlimda hisbda ushlab turiladigan siyosiy mahkumlarga boshqa turma boʻlinmalariga berilmaydigan muayyan erkinliklar berilgan, masalan, ularning huzuriga yaqin kishilari tez-tez tashrif buyurishga ruxsat berilgan, shuningdek, ular qamoqdalik paytlarida maqola va kitob yozishlari ham mumkin boʻlgan[43]. Keyinchalik, sufrajistlarga beriladigan bunday erkinliklar sudlar oʻrtasida izchillikning yoʻqolishiga sabab boʻldi va ularning birinchi boʻlimga emas, balki boshqa mahbuslar singari ikkinchi va uchinchi boʻlimda ushlab turilishi kerak degan qarorga kelindi[44].

Keyinchalik, Britaniyadagi ayollarning saylov huquqlarini himoya qiluvchi sufrajist Emmeline Pankhurst boshchiligidagi Ayollar ijtimoiy va siyosiy ittifoqi (WSPU) ushbu qarorga qarshi chiqdi[45]. WSPU qamoqqa olingan sufrajistlarni siyosiy mahbuslar deb tan olinishi uchun kampaniya tuzdi va shu orqali hukumatga oʻz murojaatlarini yoʻlladi. Biroq ushbu kampaniya harakatlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Susrajistlarning qamoqxonada siyosiy mahbus sifatida birinchi boʻlimga emas, umumiy jinoyatchilar singari boshqa boʻlimlarga joylashtirilishi ularning tez va oson oʻlim topish xavfini kuchaytirishini koʻzlagan[46] sudlar va Ichki ishlar vazirligining[47] qarorlari bilan sufrajistlar aynan ikkinchi va hatto uchinchi boʻlimlarga joylashtirildi[48].

Ochlik eʼlon qilish va majburan ovqatlantirish

tahrir
 
Majburan ovqatlantirilayotgan sufrajist

Sufrajistlar siyosiy mahbuslar sifatida tan olinmadi va ularning koʻpchiligi qamoqda saqlangan paytlarida ochlik eʼlon qilishdi. Ovqatlanishdan bosh tortgan ilk ayol 1909-yilning iyul oyida Hollowayda vandalizm uchun bir oyga qamalgan jangari sufrajist Marion Wallace Dunlop edi[43]. Pankhurst kabi saylov huquqi yetakchilari bilan maslahatlashmasdan turib[49], Dunlop sufrajistlarga nisbatan siyosiy mahbus maqomi rad etilganiga norozilik bildirish maqsadida ovqatlanishdan bosh tortdi. 92 soatlik ochlik eʼlonidan soʻng uning shahid boʻlishidan qoʻrqib[49], Ichki ishlar vaziri Herbert Gladstone tibbiy sabablarga koʻra uni muddatidan oldin qoʻyib yuborishga qaror qildi[47]. Dunlop strategiyasi qamoqqa olingan boshqa sufrajistlar tomonidan ham qabul qilindi va amalda qoʻllandi[50]. Sufrajistlarning siyosiy mahbuslar sifatida belgilanmaganliklari uchun norozilik sifatida ovqatlanishdan bosh tortishi odatiy holga aylandi va natijada, ular bir necha kundan keyin ozod qilinib, hukumatga qarshi yana qayta „jang chizigʻiga“ qaytishlari mumkin boʻldi[51].

Sufrajistlarning qamoqxonadagi maqomi bilan bogʻliq ommaviy norozilikdan soʻng, boʻlinmalar qoidalariga maʼlum oʻzgartirishlar kiritildi. 1910-yilning mart oyida Ichki ishlar vaziri Winston Churchill tomonidan 243A qoidasi joriy etildi, unga koʻra, ikkinchi va uchinchi boʻlimdagi mahbuslarga, agar ular ogʻir jinoyatda ayblanmagan boʻlsa, birinchi boʻlimning baʼzi imtiyozlaridan foydalanishga ruxsat berildi, bu esa ikki yil davomida qamoqxondagi ochlik eʼlonlarining toʻxtatilishiga sabab boʻldi[52]. Pankhurst Ikkinchi diviziondan birinchi divizionga oʻtkazilganda esa ochlik eʼlonlari yana qayta boshlandi va boshqa saylovchilarni qamoqxona boʻlimlari borasida namoyishga chiqishga undadi[53].

 
1910-yilda Alfred Pearcening WSPU uchun tayyorlagan posteri, posterda majburan oziqlantirilayotgan sufrajist tasvirlangan

Jangarilarning sufrajistik namoyishlari keyinchalik tajovuzkor tusga kirdi[47] va Britaniya hukumati bunga qarshi chora koʻrishga majbur boʻldi. Hukumat qamoqxonada ovqatlanishdan bosh tortgan barcha sufrajistlarni ozod qilish istamay qoldi[50]. 1909-yilning kuzida hukumat ochlik eʼlon qilganlarni boshqarish uchun keskinroq choralar koʻra boshladi. 1909-yil sentyabr oyida Ichki ishlar vazirligi ochlik eʼlon qilgan sufrajistlarni jazo muddati tugaguniga qadar ozod qilishni cheklab qoʻydi[51]. Biroq ochlik eʼlon qilgan sufrajistlar vafot etgan taqdirda qamoqxona maʼmuriyati katta ayblovlar ostida qolar edi. Ushbu vaziyat yuzasidan qamoqxona maʼmuriyati ochlik eʼlon qilgan sufrajistlarni naycha orqali koʻpincha burun teshigi, oshqozon trubkasi yoki oshqozon pompasi orqali majburan oziqlantirish amaliyotini boshladi[50]. Ushbu amaliyot ilgari ham Britaniyada mavjud edi, biroq undan foydalanish faqat kasalxonalardagi ovqat yeyish yoki yutishga qiynaladigan bemorlar bilan amalga oshirilar edi. Amaliyot shifokorlar tomonidan bemorlar uchun xavfsiz deb hisoblanganiga qaramay, bu narsa sogʻlom sufrajistlar uchun sogʻlik bilan bogʻliq bir qator muammolarni keltirib chiqardi[49].

 
Uinson Grin Gaolning xotiralari, 1909-yil 18-sentyabr; Mabel Capperning WSPU mahbuslari albomidan olingan rasm

Naycha bilan oziqlantirish jarayoni ochlik eʼlon qilganlarning roziligisiz amalga oshirilganligi uchun ham juda mashaqqatli jarayon edi, ular, odatda, qoʻl-oyoqlari bogʻlangan holda oshqozon yoki burun teshigi orqali koʻpincha kuch bilan oziqlantirildi[43]. Ushbu jarayon juda ogʻriqli boʻlib, amaliyot bir necha shifokorlar tomonidan kuzatib borilib, oʻrganilgandan soʻng, ushbu holat qon aylanish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi va nerv sitemasiga qisqa muddatli zarar yetkazishi hamda ularning uzoq muddatli jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin deb topildi[54]. Majburiy oziqlantirilgan birinchi sufrajist Evaline Hilda Burkitt boʻlib, u 1909-yildan 1914-yilgacha 292 marta majburan oziqlantirilgan[55]. Mary Richardson qamoqda boʻlganida majburan ovqatlantirilgan ikkinchi sufrajist ayol sifatida tan olingan va u oʻzida oʻtkazilgan ushbu amaliyotni „qiynoq“ va „axloqsiz hujum“ deb taʼriflagan[56]. Majburiy oziqlantirilgan baʼzi sufrajistlar naychaning notoʻgʻri joylashtirilishi natijasida plevrit yoki zotiljam bilan kasallandi[57]. Qamoqxonada ochlik eʼlon qilgan ayollar ozodlikka chiqqach, ularga WSPU tomonidan Ochlik eʼlon qilgani uchun medali topshirildi[58].

Qonunchilik

tahrir
 
Cat and Mouse Act WSPU plakati (1914)

1913-yilning aprel oyida Ichki ishlar vazirligi xodimi Reginald McKenna 1913-yilda Cat and Mouce Act (Mushuk va Sichqon – sogʻligʻi yomonlashgani uchun vaqtinchalik ozod qilish) qonunini qabul qildi. Ushbu hujjatga koʻra qamoqxonalarda ochlik eʼlon qilgan va natijada sogʻligi yomonlashgan mahbuslar salomatliklarini tiklashlari uchun vaqtinchalik ozod qilinishi va tuzalib ketishlari bilanoq jazoni oʻtash uchun qamoqxonaga qaytarilishi kerak edi[43]. Qabul qilingan ushbu qonun Britaniya hukumatiga mahbuslarning qamoqxonadagi jazoni oʻtash davrida ochlik eʼlon qilishi sababli yuzaga keladigan oʻlim holatlari va kasallanish natijasida kelib chiqadigan har qanday ayblovlardan xalos boʻlish imkonini berdi, shuningdek, sogʻligi yomonlashganligi sababli maʼlum muddatga ozodlikka chiqarilgan sufrajistlar bu davrda turli namoyishlar va jamoaviy harakatlarda ishtirok etgan taqdirda ham juda zaif va nimjon boʻlishlari ham hukumatga juda qoʻl keldi[50]. Aksariyat ayollar maʼlum muddatli ozodlik davridan soʻng qamoqxonaga qaytarilganlarida yana qayta ochlik eʼlon qilishda davom etishardi[59]. Ushbu qonun joriy etilganidan keyin esa qamoqxonlarda sufrajistlarni majburan oziqlantirishga chek qoʻyildi va faqatgina ogʻirroq jinoyatlarni sodir etgan hamda ozodlikka chiqarilganidan keyin jinoyatlarini davom ettirganliklari sababli qayta hisbga olingan mahbuslargina majburan oziqlantirildi[60].

Tansoqchi

tahrir

1913-yil boshida va Cat and Mouse Act (Mushuk va sichqonlar toʻgʻrisidagi qonun)ga javoban, WSPU „tansoqchi“ deb nomlanuvchi yashirin ayollar jamiyatini tuzdi, uning roli Emmeline Pankhurst va boshqa taniqli sufrajistlarning hibsga olinishi va ularga uyushtiriladigan hujumlarning oldini olishdan iborat edi. Ushbu jamiyat aʼzolari orasida Katherine Willoughby Marshall, Leonora Cohen va Gertrude Harding kabi taniqli shaxslar ham boʻlib, Edith Margaret Garrud ularning jiu-jitsu boʻyicha murabbiyi edi.

Omma oldida soʻzga chiqqan sufrajistlar zoʻravonlik va hujumlar nishoniga aylanganliklari sababli ham jiu-jitsuni oʻrganishni ayollar uchun turli gʻalayonlardan himoyalanishning bir usuli deya izoh berishdi[61]. Ularga uyushtirilgan hujumlardan biri Black Fridayda boʻlib, bunda 300 nafar sufrajistlarga politsiya tomonidan Jamoat palatasiga kirishga jismonan toʻsqinlik qilindi, natijada ushbu hodisa kuchli gʻalayonga sabab boʻldi. Bu esa umumiy va jinsiy zoʻravonlik borasidagi daʼvolarni keltirib chiqardi[62].

1913 va 1914-yillarning boshida „Taqsoqchi“ jamiyati aʼzolari bir qancha sufrajistlarga politsiya nazoratidan qochib ketishlariga yordam berdi. Ular, shuningdek, oʻz rahbarlarini himoya qilish uchun politsiyaga qarshi bir nechta zoʻravonlik harakatlarida ham ishtirok etdilar, xususan, 1914-yilning 9-mart sanasida boʻlib oʻtgan „Battle of Glasgow“ (Glasgow jangi)da 30 ga yaqin „Tansoqchi“ aʼzolari Glasgowdagi St Andrew’s Hall sahnasida 50 ga yaqin politsiya konstebllari va detektivlari bilan mushtlashdi. Ushbu voqega oʻsha paytda 4500 ga yaqin tomoshabin guvoh boʻlgan edi[63].

Birinchi jahon urushi

tahrir

Birinchi jahon urushi boshlanishi paytida Britaniyadagi saylov huquqi harakati sufrajistlar harakatlariga qarshi kurashishdan toʻxtab, asosiy eʼtiborni urush harakatlariga qaratdi. Buning natijasida esa sufrajistlar tomonidan amalga oshriladigan ochlik eʼlonlari toʻxtadi[64]. 1914-yilning avgust oyida Britaniya hukumati hisbda saqlanib kelinayotgan sufrajistlarga amnistiya eʼlon qildi va ularni ozod qildi[65]. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, Pankhurst sufrajistlar tomonidan amalga oshiriladigan barcha jangarilik harakatlarini toʻxtatdi[66]. Sufrajistlarning urush harakatlariga eʼtibor qaratishi va jonbozlik koʻrsatishlari 1918-yilga kelib omma tomonidan bildiriladigan iliq fikrlarga sabab boʻldi[67].

Ayollar ixtiyoriy ravishda erkaklar tomonidan bajariladigan koʻplab ishlarni oʻz zimmalariga olishdi, bu esa ayollarning nimalarga qodir ekanliklari toʻgʻrisidagi yangi ijobiy qarashlarga sabab boʻldi. Urush, shuningdek, Britaniya sufrajistlar harakatining boʻlinishiga ham sabab boʻldi. Emmeline va Christabel Pankhurst WSPUdagi tarafdorlariga hukumatga qarshi oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi, Sylviya Pankhurstning Ayollar saylov huquqi federatsiyasidagi radikal tarafdorlari esa kurashni davom ettirdilar.

 
Grafinya Markiewicz (1868–1927)

Surgun qilingan Sikh Maharajah Duleep Singhning uchinchi qizi mashhur britaniya-hind sufrajisti Sophia Duleep Singh Britaniya Hindiston armiyasi va savdo dengiz flotida ishlaydigan matroslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida kampaniya olib bordi. U, shuningdek, koʻngilli ayollar kuchlarining taqiqlanishiga qarshi 10,000 nafar ayol ishtirok etgan norozilik marshiga qoʻshildi. Singh Britaniya Qizil Xoch ixtiyoriy yordam otryadi hamshirasi sifatida koʻngillilar safida boʻlib, 1915-yilning oktyabridan 1917-yilning yanvariga qadar Isleworth yordamchi harbiy kasalxonasida xizmat qildi[68][69][70][71].

Doimo „konstitutsiyaviy“ usullarni qoʻllab kelgan Ayollar Saylov Jamiyatlari Milliy Ittifoqi urush yillarida lobbichilikni davom ettirdi hamda NUWSS va koalitsion hukumat oʻrtasida murosa oʻrnatuvchi takliflarni ishlab chiqdi[72]. 1928-yil 6-fevralda „Xalq vakilligi toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unga koʻra 21 yoshdan oshgan barcha erkaklar va 30 yoshdan oshgan eng kam mulkka oid talablarga javob beradigan[73][74] 8,4 millionga yaqin ayollar ovoz berish huquqini qoʻlga kiritdi[74]. 1918-yilning noyabr oyida ayollarning parlamentga saylanishiga ruxsat beruvchi Parlament (Ayollar malakasi) qonuni qabul qilindi[74]. 1928-yildagi Xalqlar vakilligi toʻgʻrisidagi qonun 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga ovoz berish huquqini kengaytirdi va ularga bundan oʻn yil avval erkaklarga qoʻyilgan shartlar asosida ovoz berish huquqini berdi[75].

1928-yilgi umumxalq saylovi, parlamentning ayol aʼzolari

tahrir

1918-yilgi umumxalq saylovi 1918-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi qonundan keyin oʻtkazilgan birinchi umumiy saylov boʻlib, unda ilk marotaba ayrim ayollar (30 yoshdan oshgan xususiy mulk egalari) ovoz berishlari mumkin edi. Ushbu saylovda deputat etib saylangan ilk ayol Constance Markievicz boʻlgan, biroq Sinn Féinning betaraflik siyosatiga koʻra, Constance ushbu oʻrinni egallashdan bosh tortgan. Keyinchalik mamlakat miqyosida deputatlikka saylangan va ushbu lavozimni qabul qilgan birinchi ayol Nancy Astor, Viscountess Astor boʻlib, u ushbu maqomga 1919-yilning noyabr oyida boʻlib oʻtgan qoʻshimcha saylovdan keyin tayinlangan.

 
Emmeline Pankhurst doimiy ravishda sayohat qilib, Britaniya va AQSh boʻylab nutq soʻzlagan. Uning eng mashhur nutqlaridan biri „Ozodlik yoki oʻlim“ 1913-yilda Konnektikutda oʻqilgan

1913-yilning kuzida Emmeline Pankhurst WSPU xabarini eʼlon qilish va ogʻir kasallikka chalingan oʻgʻli Harryni davolashga ketadigan kerakli mablagʻni yigʻish uchun maruza oʻqish maqsadida AQShga suzib ketdi. Buyuk Britaniyada boʻlgani kabi, Amerikada ham saylov huquqi harakati ikki xil guruhga boʻlingan edi, Amerika ayollarining saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi koʻproq jangari ruhda boʻlsa, Xalqaro ayollar saylov huquqi ittifoqi ehtiyotkor va pragmatik yondashuv asosida faoliyat olib borgan[76][77]. AQSHdagi ayollarning aksariyati jangarilar tomonidan qabul qilingan „sufragette“ unvonidan koʻra koʻproq hurmatga ega boʻlishgan „sufragist“ yorligʻini afzal koʻrishgan[78].

 
„Ayollarga ovozlar“ yozuvi tushirilgan tanga, 1930-yil yoki undan keyin. Old tomonida Edward VII ning tasviri aks ettirilgan misdan yasalgan tanga, 1903-yil. Ushbu tanga Britaniya muzeyida namoyish etilgan

Oʻsha paytdagi koʻplab sufrajistlar va baʼzi tarixchilar jangarilarning harakatlari ularning ishlariga putur yetkazganini taʼkidlaydilar[79]. Oʻsha vaqtdagi muxoliflar ayollarning haddan tashqari emotsional ekanligi va erkaklar kabi mantiqiy fikr yurita olmasligini isbotladi[80][81][82][83][84]. Tarixchilarning taʼkidlashicha, 1906-yilda Pankhurstlar davrida jangarilarning sufrajistik harakatlarining birinchi bosqichi saylov huquqi harakatiga keskin mobillashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. Buning natijasida, ayollar kuchli hayajonga berilishdi va koʻchalarda haqiqiy qoʻzgʻolonlar uyushtirishdi. WSPU va eski NUWSS aʼzolari ham bu vaqtda bir-birlarini qoʻllab-quvvatladi. Ensorning taʼkidlashicha, ommaviy axborot vositalarida sufrajistlarning faolliklarini saqlab qolish maqsadida reklama tizimi kuchayishda davom etishi kerak edi. Ochlik eʼlon qilish va majburan ovqatlantirish esa bunga yorqin misol boʻlib xizmat qildi, Pankhurstlar har qanday taklifni rad etishdi va oʻzlarining qarshiliklarini kuchaytirishda davom etishdi. Ular Liberal partiya yigʻilishlarini muntazam ravishda buzishdi, shuningdek, jamoat binolariga zarar yetkazish va oʻt qoʻyish kabi jismoniy zoʻravonliklarni amalga oshirishdi. Searlening aytishicha, saylovchilarning bunday tahlikali usullari Liberal partiyaga yaxshigina zarar yetkazgan va shu bilan birga ayollarning saylov huquqlarini ilgari surishga xizmat qila olmagan. Pankhurstlar urush boshlanishida oʻzlarining jangariliklarini toʻxtatishga qaror qilganlarida, ular tomonidan olib borilayotgan harakatlar boʻlinib ketdi va ularning yetakchiligi barham topdi. Oradan toʻrt yil oʻtib, ayollarga saylov huquqi berildi va Britaniyadagi feministik tashkilotlar sufrajistlarni mashhur qilgan oʻsha jangari taktikalardan butunlay voz kechdi[85][86].

 
Emmeline va Christabel Pankhurst yodgorligi Londonning Westminster saroyiga tutashgan Viktoriya minora bogʻiga kiraverish qismida joylashgan

1928-yilda Emmeline Pankhurstning oʻlimidan soʻng, uning haykalini yaratish uchun mablagʻ yigʻildi va 1930-yilning 6-martida Viktoriya minora bogʻidagi haykal rasman ochib berildi. Sobiq bosh vazir Stanley Baldwin yodgorlikni ommaga taqdim etar ekan, u yerda radikallar, sobiq saylovchilar va milliy taniqli shaxslar toʻplangan edi. Baldwin oʻz murojaatida shunday deydi:

Men qoʻrqmay shuni ayta olamanki, kelajak avlodlar qanday fikrda boʻlishidan qatʼi nazar, Pankhurst xonim oʻzi uchun shon-shuhrat ibodatxonasida abadiy qoladigan joyni qoʻlga kirita oldi[87].

1929-yilda Milliy portret galereyasi toʻplamiga Emmeline Pankhurstning ham portreti qoʻshildi. 1987-yilda u tugʻilgan uy va WSPU hamda Edward villasi (60-son) tashkil etilgan joy – Manchester shahri, Nelson koʻchasi, 62-uyda faqatgina ayollar uchun xizmat koʻrsatuvchi va sufrajistlar harakatiga bagʻishlangan muzey sifatida ochildi[88]. Christabel Pankhurst 1936-yilda Britaniya imperiyasi ordenining Dame qoʻmondoni etib tayinlandi. 1958-yilda Christabel Pankhurst vafot etgach, onasining haykali yoniga uning ham doimiy yodgorligi oʻrnatildi[89]. Christabel Pankhurstning yodgorligi onasining haykali yonidagi past tosh lavhadan iborat boʻlib, uning bir tomonida Christabelning profili tasvirlangan bronza medalyon lavha, ikkinchi tomonida esa WSPU „qamoqxona toʻgʻnagʻichi“ yoki „koʻkrak nishoni“ tasvirlangan[90]. Ushbu yodgorlik 1959-yil 13-iyulda lord kansler Lord Kilmuir tomonidan rasman ochib berilgan[91]. Pankhurstning nomi, surati hamda 58 nafar ayollar saylov huquqlari tarafdorlari nomlari 2018-yilda ochilgan Londondagi Parlament maydonidagi Millisen Fosett haykali poydevoriga ishlandi[92].

1903-yilda avstraliyalik sufrajist Vida Goldstein Senat saylov kampaniyasi uchun WSPU ranglarini qabul qildi. Goldstein 1911-yilda WSPU buyrugʻi bilan Angliyaga tashrif buyurgan edi. Uning mamlakat boʻylab nutqlari juda koʻp olomonni oʻziga jalb qildi va uning safari „Angliyadagi ayollar harakatida sodir boʻlgan eng katta voqea“ sifatida eʼtirof etildi[93]. Vida Goldstein tomonidan qabul qilingan ranglar uning 1913-yilda Kooyong kampaniyasi uchun, shuningdek, Birinchi Jahon urushi paytida harbiy xizmatga qarshi turishda tashkil etgan Ayollar Tinchlik Armiyasi bayrogʻi sifatida ishlatildi. 1975-yilda Xalqaro xotin-qizlar yilida BBCning sufrajistlar haqidagi „Shoulder to shoulder“ (Yelkama yelka) seriali Avstraliya boʻylab namoyish etildi va Elizabeth Reid, Bosh vazirning ayollar boʻyicha maslahatchisi Gough Whitlam WSPU ranglaridan Xalqaro xotin-qizlar yili ramzi sifatida foydalanishni buyurdi. Ulardan, shuningdek, 1975-yilning mart oyida Avstraliya pochta korporatsiyasi tomonidan chiqarilgan birinchi kunlik muqova va pochta markasi sifatida ham foydalanildi. Oʻshandan beri bu ranglardan Milliy Ayollar maslahat kengashi va Ayollar saylov lobbisi kabi tashkilotlar, shuningdek, ayollar uchun koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar, masalan, oiladagi zoʻravonlikdan qochib boshpana izlovchilarga yordam koʻrsatuvchi bir qancha hukumat organlari tomonidan qabul qilinib kelinadi[94].

2006-yilda Lancashiredagi Edge Hill universiteti uchun yaratilgan yangi gerbda yashil va geliotrop (binafsharang) ranglaridan foydalanishga qaror qilindi, bu esa universitetning faqat ayollar kolleji sifatida ish boshlashidan dalolat berdi va bu orqali ayollarning teng huquqliligini anglatishga katta urgʻu berildi[95].

1960-yillarda saylovchilarga oid xotiralar ekranlashtirildi, masalan, 1964-yilda Disney musiqiy filmida Winifred Banks Mary Poppinsning „Sister Suffragette“ qoʻshigʻini ijro etdi, 1965-yilda „The Great Race“ filmida Maggie DuBois obrazlari orqali sufrajistlar tasvirlanib berildi[96]. 1974-yilda Britaniya jangarilarning saylov huquqi harakatlari davomida sodir etilgan voqealarini aks ettiruvchi va Pankhurst oilasi aʼzolarining hayotini yoritib beruvchi „Shoulder to shoulder“ (Yelkama yelka) teleseriali butun dunyo boʻylab namoyish etildi. XXI asrda ovoz berish huquqiga ega boʻlganlar haqidagi „Up the Women“ hikoyasi BBC teleserialida, 2015-yilgi „Suffrajitsu: Mrs. Pankhurstʼs Amazons“ grafik roman trilogiyasi va 2015-yilda „Suffragette“ filmi ishlab chiqildi[97].

Londondagi Royal Albert Hallda bir qancha taniqli shaxslar ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi. 2018-yilda Eric Clapton, Winston Churchill, Muhammad Ali, Albert Einstein kabi yulduzlarning uchrashuvlari, janglari va konsertlariga mehmonlik qilgan ushbu zalning shon-shuhrat xiyoboniga 11 nafar sufrajistlar ham taklif qilindi[98]. Royal Albert Hall tarixi davomida sufrajistlar ilk marotaba ushbu konsert zaliga taklif qilindi.

2019-yilning fevral oyida AQSh Kongressi Demokratlar partiyasining ayol aʼzolari prezident Donald Trump tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma majlisda eʼlon qilinadigan State of the Union(millatning hozirgi holati toʻgʻrisida eʼlon qilinadigan yirik xabar)da, asosan, oq liboslardaa kiyingan holda tashrif buyurishdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa ayollarning birdamligini bildirishdan iborat edi[99].

2020-yillarda Sufrajist bayrogʻidan transgender huquqlariga qarshi norozilik bildirgan britaniyalik feministlar tomonidan tobora koʻproq foydalanila boshlandi. Angliya va Uels Yashillar partiyasining xilma-xillik va tenglik boʻyicha vakili Ria Patelning taʼkidlashicha, bayroqdan foydalanish „Ayollar huquqlarini himoya qilish“ kitobining muallifi Meri Uolstounkraftga borib taqaladi[100][101][102].

Taniqli odamlar

tahrir

Buyuk Britaniya

tahrir

Shotlandiya

tahrir

Andoza:Shotlandiyadagi sufrajist ayollar ga qarang.

Irlandiya

tahrir

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Eslatmalar

tahrir

The Oxford English Dictionaryda shunday keltirilgan: „Sufrajist soʻzi umumiy atama boʻlib, bunda tinch, konstitutsiyaviy choralar orqali saylovoldi tashviqotini olib borgan ayollarning saylov huquqi tarafdorlari nazarda tutiladi“.

Manbalar

tahrir
  1. Holton, Sandra Stanley (November 2011). „Challenging Masculinism: personal history and microhistory in feminist studies of the women's suffrage movement“. Women's History Review. 20-jild, № 5. (829–841), 832-bet. doi:10.1080/09612025.2011.622533.
  2. Strachey, Ray (1928). The Cause: A Short History of the Womenʼs Movement in Great Britain. p. 302.
  3. 3,0 3,1 „Suffragettes on file“ (en-GB). The National Archives. 2021-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 Blackman, Cally. „How the Suffragettes used fashion to further the cause“. The Guardian (2015-yil 8-oktyabr). 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  5. „WSPU Flag“. Parliament of the United Kingdom. 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
  6. 6,0 6,1 Harper, Ida Husted. History of Woman Suffrage, volume 6 (National American Woman Suffrage Association, 1922) p. 752.
  7. Pankhurst, Christabel (1959). Unshackled: The Story of How We Won the Vote. London: Hutchison, p. 43.
  8. Holton 2011.
  9. „Constitution (Female Suffrage) Act 1895 (SA)“. Foundingdocs.gov.au. 2010-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  10. Anastas, Katie. „Timeline and Map of Woman Suffrage Legislation State by State 1838–1919“. University of Washington. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  11. Kingman, John W. „Woman Suffrage in Wyoming. Six Years' Practical Workings.“ Testimony delivered before the Massachusetts legislature on Jan. 18, 1876. Microfilm. Woodbridge, CN: Research Publications, [1977] 1 reel (part), 35 mm. (History of women, reel 946, no. 8824)
  12. Anon. „John Stuart Mill and the 1866 petition“. UK Parliament. 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  13. Herbert. „Lydia Becker (1827–1890): the fight for votes for women“ (2010-yil 5-mart). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  14. The Eclectic Magazine of Foreign Literature, Science, and Art, Volume 5; Volume 68, 1867 — 707-bet. Qaraldi: 2018-yil 12-aprel. 
  15. Simkin. „John Stuart Mill“. Spartacus Educational Publishers Ltd.. 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  16. Anon. „THE MANCHESTER SOCIETY FOR WOMEN'S SUFFRAGE“. The National Archive. 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
  17. Culbertson. „The Suffragettes: The women who risked all to get the vote“. Sky UK. 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  18. Anon. „The struggle behind the quest to secure the vote for women“. IOM Today (2017-yil 12-dekabr). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  19. Anon. „Suffragette history“. Pankhurst centre. 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  20. Crawford 1999, s. 452.
  21. Walsh, Ben. GCSE Modern World History second edition (Hodder Murray, 2008) p. 60.
  22. "Mr. Balfour and the 'Suffragettes.' Hecklers Disarmed by the Ex-Premier’s Patience." Daily Mail, 10 January 1906, p. 5.
  23. Colmore, Gertrude.
  24. Suffragists v Suffragettes. The Evening News (1913-yil 28-iyul), s. 6.
  25. Trueman. „Women's Social and Political Union“. History learning site. C.N. Trueman. 2018-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
  26. Anon. Women Suffrage: The Demonstration in Heaton Park: A Great Gathering. The Manchester Guardian (1908-yil 20-iyul).
  27. „Votes for Women. London: The Reformer's Press, 1907-8. Vol.1(October 1907 to September 1908)“. University College London (2018-yil 23-avgust). 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
  28. „Dress & the Suffragettes“. Chertsey Museum. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyun.
  29. Crawford 1999, ss. 136–7
  30. 30,0 30,1 Hughes, Ivor. „Suffragette Jewelry, Or Is It?“. Antiques Journal (2009-yil mart). 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  31. Collection Highlights, Pank-A-Squith Board Game, People's History Museum, 21 February 2017da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 20 January 2015
  32. Stokes, Tim. „The strangest things sent in the post“. BBC News (2017-yil 21-dekabr). 2017-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  33. Simkin. „The Suffragette“. spartacus-educational.com. Spartacus Educational Publishers Ltd. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  34. „SUFFRAGETTES.“. The Register. Adelaide: National Library of Australia (1913-yil 16-aprel), s. 7. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-oktyabr.
  35. Grant 2011.
  36. „Bomb explosion in Westminster Abbey; Coronation Chair damaged; Suffragette outrage“. The Daily Telegraph (1914-yil 12-iyun), s. 11. 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  37. 37,0 37,1 37,2 Porter. „Suffragette attack on Lloyd-George“. London walks. London Town Walks. 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-fevral.
  38. Anon. Suffragettes. Bomb and the Bank of England. Adelaide Register (1913-yil 16-aprel).
  39. Atkinson, Diane. Rise up, women! : the remarkable lives of the suffragettes. London: Bloomsbury, 2018 — 187–510-bet. ISBN 9781408844045. OCLC 1016848621. 
  40. „Kitty Marion: The actress who became a 'terrorist'“. BBC News (2018-yil 27-may). 2018-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  41. Thorpe, Vanessa. „Truth behind the death of suffragette Emily Davison is finally revealed“. The Guardian (2013-yil 26-may). 2014-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  42. Purvis 1995a, s. 103.
  43. 43,0 43,1 43,2 43,3 Purvis, June (March–April 1995b). „Deeds, not words: The daily lives of militant suffragettes in Edwardian Britain“. Women's Studies International Forum. 18-jild, № 2. 97-bet. doi:10.1016/0277-5395(95)80046-R.
  44. Fletcher, Ian Christopher (1996). "A Star Chamber of the Twentieth Century".: Suffragettes, Liberals, and the 1908 "Rush the Commons" Case“. Journal of British Studies. 35-jild, № 4. 504–530-bet. doi:10.1086/386120. ISSN 0021-9371. JSTOR 176002. 10 September 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12 June 2021.
  45. Purvis 1995a, s. 104.
  46. Williams 2001, s. 285.
  47. 47,0 47,1 47,2 Geddes 2008, s. 81.
  48. Williams, Elizabeth (December 2008). „Gags, funnels and tubes: forced feeding of the insane and of suffragettes“. Endeavour. 32-jild, № 4. 134–40-bet. doi:10.1016/j.endeavour.2008.09.001. PMID 19019439.
  49. 49,0 49,1 49,2 Miller 2009, s. 360.
  50. 50,0 50,1 50,2 50,3 Miller 2009, s. 361.
  51. 51,0 51,1 Geddes 2008, s. 82.
  52. Geddes 2008, ss. 84–5.
  53. Geddes 2008, s. 85.
  54. Williams, „Gags, funnels and tubes“, 138.
  55. Elizabeth Crawford, The Womenʼs Suffrage Movement: A Reference Guide 1866-1928, University College London Press (1999) – Google Books
  56. Andoza:Cite ODNB
  57. Geddes 2008, s. 83.
  58. Beverley Cook, Six things you should know about the Suffragette hunger strikes Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. – Museum of London website
  59. Geddes 2008, s. 88.
  60. Geddes 2008, s. 89.
  61. Ruz, Camila; Parkinson, Justin. „'Suffrajitsu': How the suffragettes fought back using martial arts“. BBC News (2015-yil 5-oktyabr). 2015-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  62. Archives. „The National Archives – Suffragettes and the Black Friday protests: 18 November 1910“ (en-GB). The National Archives blog (2019-yil 18-noyabr). 2021-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
  63. Wilson, Gretchen With All Her Might: The Life of Gertrude Harding, Militant Suffragette (Holmes & Meier Publishing, April 1998)
  64. Williams, „Gags, funnels and tubes“, 139.
  65. Geddes 2008, s. 92.
  66. Purvis 1995a, s. 123.
  67. Jones, J. Graham.
  68. Sarna. „The princess dares: Review of Anita Anand's book "Sophia"“. India Today News Magazine (2015-yil 23-yanvar). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
  69. „With 'Sophia,' A Forgotten Suffragette Is Back In The Headlines“. NPR.org. NPR. 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
  70. „Princess Sophia Duleep Singh – Timeline“. History Heroes organization. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
  71. „Princess Sophia Duleep Singh“. Vad.redcross.org.uk. Red Cross. 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  72. Cawood, Ian; McKinnon-Bell, David (2001).
  73. „Britain marks a century of votes for women“. The Economist (2018-yil 3-fevral). 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  74. 74,0 74,1 74,2 Fawcett, Millicent Garrett.
  75. Stearns, Peter N. (2008).
  76. Bartley, Paula. Emmeline Pankhurst. Routledge, 2012 — 161-bet. ISBN 978-1135120962. 
  77. Anon. „When Civil War is Waged by Women“. History is a lesson. 2018-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  78. Steinmetz, Katy (22 October 2015). „Everything You Need to Know About the Word 'Suffragette'. Time. 26 October 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16 February 2018.
  79. Howell, Georgina. Gertrude Bell: Queen of the Desert, Shaper of Nations. Farrar, Straus and Giroux, 2010 — 71-bet. ISBN 9781429934015. Qaraldi: 2015-yil 29-oktyabr. 
  80. Harrison 2013, s. 176.
  81. Pedersen 2004, s. 124.
  82. Bolt 1993, s. 191.
  83. „Did the Suffragettes Help?“. Claire. John D. (2002/2010), Greenfield History Site. 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  84. „The Suffragettes: Deeds not words“. National Archives. 2011-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  85. Ensor, Robert, England: 1870–1914 (1936) pp 398–99
  86. Searley, G. R., A New England?
  87. Purvis, June. Emmeline Pankhurst: A Biography. London: Routledge, 2002 — 357-bet. ISBN 0-415-23978-8. 
  88. Bartley, Paula. Emmeline Pankhurst. London: Routledge, 2002 — 240–241-bet. ISBN 0-415-20651-0. 
  89. Larsen, Timothy. Christabel Pankhurst: Fundamentalism and Feminism in Coalition (Studies in Modern British Religious History). Boydell Press, 2002 — vii-bet. 
  90. Holloway brooch, Parliament of the United Kingdom
  91. Ward-Jackson, Philip (2011), Public Sculpture of Historic Westminster: Volume 1, Public Sculpture of Britain, 14-jild, Liverpool: Liverpool University Press, 382–5-bet
  92. „Millicent Fawcett statue unveiling: the women and men whose names will be on the plinth“. iNews (2018-yil 24-aprel). 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  93. Henry, Alice (1911) Vida Goldstein Papers, 1902–1919.
  94. Anon. „Purple, Green and White: An Australian History“. MAAS. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  95. „Colours, Crest & Mace“. Edge Hill University (2013-yil 31-yanvar). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  96. Pg.
  97. Gettell, Oliver. „Meryl Streep to play British suffragette Emmeline Pankhurst“. Los Angeles Times (2014-yil 20-fevral). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  98. „Clapton, Churchill among those honoured by Royal Albert Hall 'Walk of Fame'“. Yahoo. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  99. Singer, Melissa. „Why did the Democrat women wear white to the State of the Union?“. The Age (2019-yil 6-fevral). 2019-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
  100. „Suffragette scarf women thrown out of trans debate“ (en). The Independent (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  101. „Feminist campaigner charged with 'hate crime'“ (en). The Herald (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  102. „Pride's History is Key to Liberation Today“ (en-GB). LGBTIQA+ Greens. [[Green Party of England and Wales][ (2022-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  103. McPherson, Angela; McPherson, Susan. Mosley's Old Suffragette – A Biography of Norah Elam. Lulu.com, 2011. ISBN 978-1-4466-9967-6. 

Adabiyotlar

tahrir

Further reading

tahrir

Havolalar

tahrir