Winston Churchill
Uinston Cherchill (inglizcha: Sir Winston Leonard Spencer-Churchill ser Uinston Leonard Spenser-Cherchill; 30-noyabr 1874 — 24-yanvar 1965) — britaniyalik davlat va siyosat arbobi, 1940—1945 va 1951—1955-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri, jurnalist, yozuvchi, adabiyot boʻyicha Nobel mukofotining sovrindori (1953). 2002-yili BBC kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov maʼlumotlariga koʻra, uni tarixdagi eng buyuk britaniyalik deb hisoblanadi.[1]
Uinston Cherchill | |
---|---|
![]() | |
61-chi Bosh vaziri | |
Mansabda 1940-yil 10-may — 1945-yil 27-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | Neville Chamberlain |
Vorisi | Clement Attlee |
Buyuk Birtaniyaning 63-chi Bosh vaziri | |
Mansabda 1951-yil 26-oktabr — 1955-yil 7-aprelgacha | |
Oʻtmishdoshi | Clement Attlee |
Vorisi | Anthony Eden |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-noyabr 1874-yil Blenheym, Oksfordshir |
Vafoti |
24-yanvar 1965-yil (90 yoshda) London (Bleydon yaqinida dafn etilgan) |
Siyosiy partiyasi | Birlashgan Qirollik Konservatorlar Partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Clementine Churchill |
Cherchill Uinston Leonard Spenser (1874.30.11, Blenim, Oksfordshir — 1965.24.1, London) — Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari (1940—55). Sandxerst harbiy kavaleriya maktabini tugatgan. 1896—98 yillarda Hindistonning shimoli-gʻarbiy chegarasida qoʻzgʻolon koʻtargan qabilalarni bostirishda qatnashgan. 1896 —98 yillarda Hindistonda xizmat qilgan. 1900-yilda Konservatorlar partiyasidan parlamentga deputat qilib saylangan. Mustamlaka ishlari (1906—28; 1921—22), Savdo (1908—10), Ichki ishlar (1910-11), Harbiy dengiz (1911-15), Harbiy taʼminot (1917—18), Moliya (1919—21), Harbiy va aviatsiya vaziri (1924—29) lavozimlarida ishlagan.
Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushiga kirgach, 1939-yil sententabrda N. Chemberlen xukumatida Harbiy-dengiz vaziri boʻlib tayinlandi. 1940-yilda N. Chemberlen isteʼfoga chiqqach, Cherchill koalitsion xukumat bosh vaziri. Cherchill hukumati gitlerchilar Germaniyasiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida SSSR bilan imzolangan bitim (1941-yil iyul) va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnoma (1942-yil may)ga qaramasdan SSSRni kuchsizlantirish maqsadida ikkinchi frontni belgilangan muddatda ochmagan. Cherchill SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya davlat boshliqlarining Tehron (1943), Yalta va Potsdam (1945) konferensiyalari qatnashchisi. 1945-yilgi parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasining magʻlubiyatga uchrashi tufayli Cherchill xukumati isteʼfoga chiqqan. 1951—55-yillarda yana bosh vazir. Cherchill 1955-yilda isteʼfoga chiqqan va umrining oxirigacha vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. Bir kancha tarixiy-memuar asarlar muallifi. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (1953).
AsarlariTahrirlash
Kitob nomi | Yil |
---|---|
The Story of the Malakand Field ForceTahrirlash |
1898 |
The River WarTahrirlash |
1899 |
SavrolaTahrirlash |
1900 |
London to Ladysmith via PretoriaTahrirlash |
1900 |
Ian Hamilton's MarchTahrirlash |
1900 |
Mr. Brodrick's ArmyTahrirlash |
1903 |
Lord Randolph ChurchillTahrirlash |
1906 |
For Free TradeTahrirlash |
1906 |
My African JourneyTahrirlash |
1908 |
Liberalism and the Social ProblemTahrirlash |
1909 |
The People's RightsTahrirlash |
1910 |
The World Crisis (6 volumes)Tahrirlash |
1923-1931 |
My Early Life / A Roving CommissionTahrirlash |
1930 |
IndiaTahrirlash |
1931 |
Thoughts and Adventures / Amid These StormsTahrirlash |
1932 |
Marlborough: His Life and TimesTahrirlash |
1933-1938 |
Great ContemporariesTahrirlash |
1937 |
Arms and the Covenant / While England SleptTahrirlash |
1938 |
Step By Step 1936-1939Tahrirlash |
1939 |
Into BattleTahrirlash |
1941 |
The Unrelenting StruggleTahrirlash |
1942 |
The End of the BeginningTahrirlash |
1943 |
Onwards to VictoryTahrirlash |
1944 |
The Dawn of LiberationTahrirlash |
1945 |
VictoryTahrirlash |
1946 |
War Speeches 1940-1945Tahrirlash |
1946 |
Secret Session SpeechesTahrirlash |
1946 |
The Second World WarTahrirlash |
1948-1954 |
The Sinews of PeaceTahrirlash |
1948 |
Painting as a PastimeTahrirlash |
1948 |
Europe UniteTahrirlash |
1950 |
In the BalanceTahrirlash |
1951 |
The War Speeches of the Rt. Hon. Winston S. ChurchillTahrirlash |
1952 |
Stemming the TideTahrirlash |
1953 |
A History of the English-Speaking PeoplesTahrirlash |
1956-1958 |
The Unwritten AllianceTahrirlash |
1961 |
Frontiers and WarsTahrirlash |
1962 |
The DreamTahrirlash |
1987 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Poll of the 100 Greatest Britons, archived from the original on 2006-05-14, https://web.archive.org/web/20060514084331/http://www.bbc.co.uk/history/programmes/greatbritons.shtml, qaraldi: 2006-05-14
HavolalarTahrirlash
- Churchill markazi (ingl.)
- Winston Leonard Spencer-Churchill:tarjimai holi, suratlar, ijodi va maqolalari (rus.)
- The Gathering Storm IMDBda (ingl.)
- The Gathering Storm (2002) IMDBda (ingl.)
- Winston Churchill: The Wilderness Years IMDBda (ingl.)
- W. Churchill aforizmlari (rus.)