Rachel McLauchlan (1997-yil 7-iyulda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Reynjers klubi va Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi. 2017-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Rachel McLauchlan
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-iyul 1997-yil (1997-07-07) (26 yosh)
Tavallud joyi Shotlandiya Shotlandiya
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rangers
Raqami 12

Klubdagi karyera tahrir

U futbolchilik faoliyatini Inverness Sitida (2013—2014)[1] boshlagan, keyin 2014-yilning avgustida[2] Aberdinga koʻchib oʻtgan.

  «Hibernian» tahrir

2016-yil yanvar oyida u Hibernian bilan shartnoma imzoladi[3]. 2016-yil 5-oktabrda u UEFA Chempionlar ligasi 1/32 finalida «Bavariya»ga qarshi oʻyinda (0:6)[4] debyut qildi, «Bavariya»ga qarshi javob oʻyinida (1:4)[5] ham maydonga tushdi. Hibernian tarkibida u uch marta Shotlandiya chempionatining kumush medali sovrindori (2016, 2017, 2018), Shotlandiya kubogining uch karra gʻolibi (2016, 2017, 2018) va ikki marta (2017, 2018) Shotlandiya Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.

2016-yilning 6-noyabrida u «Glazgo City»ga qarshi finalda oʻynab, Shotlandiya kubogi sohibiga aylandi, bu oʻyinda Hibernian penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi (1:1, pen. 6:5), McLauchlan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[6].

2017-yil 28-mayda u Premer-liga doirasida Stirling universiteti jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) 87-daqiqada gol urib, hisobni ikki barobarga oshirdi[7]. 2017-yilning 25-iyunida u Premer-liga doirasidagi Aberdinga qarshi oʻyinning (8:0) 19-daqiqada hisobni ochdi bu uning mavsumdagi ikkinchi goli boʻldi[8]. U chempionatdagi uchinchi golini 2017-yil 24-sentabr kuni Stirling universiteti darvozasiga kiritdi, oʻshanda Rachel oʻyinning 13-daqiqada hisobni ochgan (2:0)[9]. 2017-yil 15-oktabrda u mavsumdagi 4-golini Aberdinga qarshi oʻyinda (7:2) kiritdi[10]. 2017-yil 29-oktabr kuni Premer-liganing navbatdagi oʻyinida u spartaliklarga (8:0) qarshi penta-trikka erishgan[11]. Hammasi boʻlib, 2017-yilgi mavsumda u Hibernian uchun Premer-ligada 18 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 54 ochko bilan klub chempionatda Glazgo Citydan keyin 2-oʻrinni egalladi[12].

Oʻtgan mavsum oxirida toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli 2018-yilgi mavsum boshida bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan[13]. 2018-yilning 22-aprelida u Premer-liga doirasida «Seltik»ga qarshi oʻyinda 24 va 46-daqiqalarda gol urib (3:1) dubl qayd etgan[14]. 2018-yil 6-may kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi liga oʻyinida u Stirling universiteti jamoasi darvozasiga ham gol urdi (3:0)[15]. 2018-yilning 16-may kuni, 40-daqiqada u Premer-liga doirasida Xemilton Akademiklga qarshi oʻyinda (5:1) hisobni ochdi[16]. 2018-yil 20-iyun kuni u Forfar Farmingtonga 20-daqiqada (6:0) gol urib, hisobni ochishga erishdi[17]. 2018-yilning 29-iyulida u Premer-liga doirasida Xemilton Akademikalga qarshi oʻyinda (5:0) dubl qayd etgan[18]. 2018-yil 28-oktabr kuni u Premer-liganing soʻnggi turida «Reynjers»ga qarshi oʻyinda (7:1) xet-trik qayd etdi[19]. Umuman olganda, u 2018-yilgi mavsumda Premer-liganing 19 ta oʻyinida 10 ta gol urib, Hibernianda ikkinchi toʻpurar va chempionat toʻpurarlarining umumiy roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi uning klubi ligada 2-oʻrinni egallab, UEFA chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Hibernian tarkibida u 2018-yilda Shotlandiya chempionatining kumush medal sovrindori, 2018-yilda Shotlandiya kubogi sohibi va 2018-yilda Shotlandiya ligasi kubogini qoʻlga kiritdi, oʻyinchilar ichida klubning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi[20].

 Yeovil Town tahrir

2019-yilning 24-yanvarida u Hiberniandan Angliyaning «Yeovil Town» klubiga koʻchib oʻtdi va FA Ayollar Superligasida oʻynadi oʻshanda Rachel jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan[21]. 2019-yilning 27-yanvarida u «Yeovil Town» safida Superliganing «Bristol City» qarshi safar oʻyinida (1:2)[22] asosiy tarkibda maydonga tushdi[23]. 2019-yilning 10-fevralida u Angliya kubogida debyut qildi, u yerda «Yeovil Town» 4-turda «Birmingem City»ga (1:2) yutqazdi[24]. Umuman olganda, 2018/19-yilgi mavsumda u «Yeovil Town» safida barcha musobaqalarda 8 ta oʻyin oʻtkazdi (7 tasi Superligada va 1 tasi Angliya kubogida) va klub chempionatni 6-oʻrinda yakunladi.

  Glazgo City tahrir

2019-yil 10-iyulda u «Yeovil Town»dan Shotlandiyaning «Glazgo City» klubiga koʻchib oʻtdi. U 2019-yil 4-avgust kuni «Glazgo City» safida Premer-liga doirasida «Hibernian»ga qarshi (2:1)[25] asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻyinda debyut qilgandi[26]. 2019-yil 11-sentabr kuni u 2019/20-yilgi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etdi, unda Glazgo Siti 1/32 finalning birinchi oʻyinida Rossiyaning Chertanovo klubini (1:0) magʻlub etdi. 2019-yil 18-sentabr kuni u Premer-liga doirasidagi «Reynjers»ga qarshi oʻyinda (2:0) «Glazgo City» darvozasiga 30-daqiqada birinchi golini urishga muavvafaq boʻldi[27]. 2019-yil 26-sentabrda javob oʻyinida u Chertanovo darvozasiga gol urdi (4:1)[28]. 2019-yil 29-sentabr kuni u Premer-liga doirasida Stirling universiteti jamoasiga qarshi oʻyinda (8:1) 42 va 81-daqiqalarda oʻzini koʻrsatib, dubl qayd etdi[29]. 2019-yil oktabr oyida u Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichi doirasida Daniyaning «Brondbyu» klubiga (2:0 va 0:2) qarshi oʻyinda maydonga tushdi, bu oʻyinda «Glazgo City» penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi (3:1). 2019-yil 23-oktabr kuni u «Glazgo City» tarkibida Shotlandiya chempioni boʻldi, u Motherwellni (10:0)[30] ortda qoldirib, muddatidan oldin ketma-ket 13-chi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2019-yil 24-noyabrda u Hibernianga qarshi final oʻyinida maydonga tushib, Shotlandiya kubogi-2019 sohibiga aylandi, unda Glazgo Siti 4:3 hisobida gʻalaba qozondi[31]. Hammasi boʻlib, 2019-yilgi mavsumda u «Glazgo City» uchun Premer-ligada 9 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.

Premer-ligadagi 2020-yilgi mavsum COVID-19 tarqalishi sababli bekor qilindi va oʻyinlar oʻtkazilamdi, shuningdek, Shotlandiya kubogi va Shotlandiya liga kubogi ham toʻxatatildi. 2020-yil 21-avgustda u Chempionlar ligasining 2019/20-yilgi mavsumining 1/4 finalining qoldirilgan oʻyinida oʻynadi, unda «Glazgo City» Germaniyaning «Volfsburg» jamoasiga qarshi bir oʻyinda yirik 1:9 hisobida magʻlub boʻldi[32][33]. 2020-yil 18-oktabrda Rchel chempionatning 1-turida «Seltik»ga qarshi oʻyinda (2:0) darvozani ishgʻol qilib, 63-daqiqada hisobni ochdi[34]. 2020-yil 1-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Premer-liganing navbatdagi oʻyinida u Forfar Farmington (8:1) darvozasiga ham gol urdi. 2020-yilning 4-noyabrida Rachel Chempionlar ligasining 2020/21-yilgi mavsumi birinchi saralash bosqichida «Pimaunt Irlandiya»ga qarshi oʻynadi, oʻyinda «Glazgo City» penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 18-noyabr kuni u Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Islandiyaning Valur jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1, pen. 4:3) ishtirok etgan. 2020-yil 22-noyabrda u Hartsga qarshi oʻyinda (5:0) raqib darvozasiga gol urib, 3-daqiqada hisobni ochgan[35].

  Reynjers tahrir

2020-yilning dekabrida u Reynjersga oʻtdi va 2020-yilning yozida dastlabki shartnomasini imzoladi. 2020-yil 6-dekabrda Rachel «Reynjers» safida «Motherwell»ga qarshi uy uchrashuvida (9:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi[36]. 2021-yilning 23-mayida u Premyer-liga doirasidagi «Seltik»ga qarshi oʻyinda (1:2) «Reynjers» safidagi ilk golini urishga muvvafaq boʻldi[37]. 2021-yil 30-may kuni u Premyer-liga oʻyinida 33-daqiqada Motherwell darvozasiga (6:0) zarba berib, «Reynjers» uchun ikkinchi golini urdi[38]. Hammasi boʻlib 2020/21-yilgi mavsumda u «Reynjers» tarkibida 15 ta oʻyin oʻtkazdi (barchasi Premer-ligada) va 2 ta gol urdi.

ShotlandiyaTerma jamoadagi karyera tahrir

2013-yildan 2014-yilgacha U 17 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida oʻynagan[39], u 2013-yil 12-sentabrda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1: 0) debyut qilgan. Milliy terma jamoa tarkibida u 2014-yilgi Yevropa chempionatida (17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida) ishtirok etdi, turnirda bitta oʻyin oʻtkazdi, guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Fransiyaga qarshi (0:1) zaxiradan maydonga tushdi[40][41].

2014-yildan 2016-yilgacha U Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynadi va 2014-yilning 20-avgustida Avstriyaga qarshi[42] debyut qildi. 2014-yil 13-sentabrda ikkinchi oʻyinda (19 yoshgacha boʻlgan qizlar) 2015-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinida Albaniyaga qarshi (8: 0) milliy terma jamoadagi (19 yoshgacha) birinchi golini urdi[43]. U 19 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasi safida jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

2016-yil 20-oktabrda u bosh murabbiy Anna Signel boshchiligida Shotlandiya terma jamoasida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:7) debyut qildi va 86-daqiqada Kersti Smit oʻrniga maydonga tushdi[44]. 2017-yilning mart oyida u Kipr kubogida qatnashib, Avstriya (3:1) va Uels (0:0, 6:5 pen.) jamoalari bilan turnirda ikkita oʻyin oʻtkazdi hamda Shotlandiya 5-oʻrinni egallashiga xissa qoʻshdi[45][46][47].

2017-yil 27-iyun kuni u bosh murabbiy Anna Signel tomonidan Niderlandiyada boʻlib oʻtadigan 2017-yilgi Yevropa chempionati jamoasi uchun Shotlandiya terma jamoasining rasmiy roʻyhatiga kiritildi[48]. Angliya, Ispaniya va Portugaliya jamoalari bilan birga bir guruhdan joy olishdi[49]. Turnirda u Portugaliyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan (1:2)[50], 3-oʻrinni egallagan Shotlandiya esa guruhdan chiqmadi[51].

2018-yilning yanvar oyida Rachel milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Shelli Kerr qoʻl ostida Norvegiya (0:3) va Rossiya (0:0) bilan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. 2019-yil may oyida Kerr Shotlandiya birinchi marta saralangan va Fransiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2019 oʻyinlari uchun oʻz takrkibiga Rachelni kiritmadi. U 2021-yilning fevraliga qadar terma jamoa lageriga jalb qilinmagan. Bosh murabbiy Styuart Maklaren uni Kipr va Portugaliyaga qarshi 2022-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etishga chaqirdi[52].

Yutuqlar tahrir

Klubdagi yutuqlar tahrir

  Hibernian tahrir

  • Shotlandiya chempionatining kumush medal sovrindori: 2016, 2017, 2018-yillar
  • Shotlandiya kubogi sohibi: 2016, 2017, 2018-yil
  • Shotlandiya liga kubogi: 2017, 2018-yillar

  Glazgo City tahrir

  • Shotlandiya chempioni: 2019-yil
  • Shotlandiya kubogi sohibi: 2019-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Hibernian tarkibida 2018-yilning eng yaxshi oʻyinchisi

Manbalar tahrir

  1. https://www.rangers.co.uk/player/rachel-mclauchlan/24U6WbKpDWEud3ba9KV9NU
  2. https://twitter.com/aberdeenfcl/status/496942325449629696
  3. „arxiv nusxasi“. 26-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  4. https://www.bbc.com/sport/football/37558540
  5. https://www.bbc.com/sport/football/37637516
  6. https://scotwomensfootball.com/3054-2/
  7. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2017&league=93&matchid=180780[sayt ishlamaydi]
  8. hisobni ochdi
  9. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2017&league=93&matchid=180808[sayt ishlamaydi]
  10. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2017&league=93&matchid=180815[sayt ishlamaydi]
  11. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2017&league=93&matchid=180817[sayt ishlamaydi]
  12. „arxiv nusxasi“. 28-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  13. https://scotwomensfootball.com/sbsswpl1-mclauchlan-reflects-on-2018-and-looks-forward-to-2019/
  14. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2018&league=93&matchid=198470[sayt ishlamaydi]
  15. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2018&league=93&matchid=198477[sayt ishlamaydi]
  16. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2018&league=93&matchid=198480[sayt ishlamaydi]
  17. 20-daqiqada
  18. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2018&league=93&matchid=206263[sayt ishlamaydi]
  19. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2018&league=93&matchid=198531[sayt ishlamaydi]
  20. https://scotwomensfootball.com/sbsswpl1-mclauchlan-reflects-on-2018-and-looks-forward-to-2019/
  21. https://www.bbc.com/sport/football/46988137
  22. https://www.bbc.com/sport/football/46988137
  23. https://www.bbc.com/sport/football/46936042
  24. «Yeovil Town»
  25. https://www.glasgowcityfc.co.uk/latest/2019/8/4/glasgow-city-2-1-hibernian
  26. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2019&league=93&matchid=219567[sayt ishlamaydi]
  27. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2019&league=93&matchid=234156[sayt ishlamaydi]
  28. https://www.bbc.com/sport/football/49843597
  29. „arxiv nusxasi“. 13-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  30. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report?season=2019&league=93&matchid=234435[sayt ishlamaydi]
  31. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report?season=2019&league=93&matchid=234435[sayt ishlamaydi]
  32. https://www.uefa.com/womenschampionsleague/match/2030153--glasgow-city-vs-wolfsburg/
  33. https://www.glasgowcityfc.co.uk/latest/2020/8/21/glasgow-city-knocked-out-of-uwcl-by-wolfsburg
  34. „arxiv nusxasi“. 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  35. „arxiv nusxasi“. 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  36. „arxiv nusxasi“. 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
  37. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2020/2021&league=93&matchid=237830[sayt ishlamaydi]
  38. https://www.womenspremierleague.co.uk/match-centre/match-report/?season=2020/2021&league=93&matchid=237837[sayt ishlamaydi]
  39. https://www.scottishfa.co.uk/players/?pid=219956&lid=14
  40. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=137162
  41. https://www.uefa.com/womensunder17/match/2013114--scotland-vs-france/?referrer=%2Fwomensunder17%2Fseason%3D2014%2Fmatches%2Fround%3D2000426%2Fmatch%3D2013114%2Findex
  42. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=140003
  43. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=146341
  44. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=177173
  45. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=179646
  46. https://www.scottishfa.co.uk/international-matches/?mid=184588
  47. https://www.scottishfa.co.uk/news/signeul-satisfied-with-three-wins-out-of-four-in-cyprus/
  48. https://www.scottishfa.co.uk/news/signeul-satisfied-with-three-wins-out-of-four-in-cyprus/
  49. https://www.scottishfa.co.uk/news/euro-2017-tournament-preview/
  50. https://www.scottishfa.co.uk/news/scotland-suffer-agonising-portugal-defeat/
  51. https://www.scottishfa.co.uk/news/signeul-satisfied-with-three-wins-out-of-four-in-cyprus/
  52. https://www.scottishfa.co.uk/news/mclaren-names-swnt-squad-for-final-euro-2022-qualifiers/

Havolalar tahrir