Radiometr
Radiometr (radio va metr) — 1) elektromagnit nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi nurlanishning issiqlik taʼsiriga asoslanagan. Quyosh radiatsiyasi, infraqizil nurlanish va boshqa nurlanishlarni tadqiq qilishda qoʻllanadi (yana qarang Aktinometr, Pirgeliometr); 2) rad ioastronomiyada — radiotoʻlqinlar diapazonida (toʻlqin uzunligi 0,1 mm dan 1000 m gacha) astronomik obʼyektlarning nurlanishini tadqiq qilish uchun moʻljallangan radiotexnik qurilma. Radioteleskoplarning qabul qiluvchi qurilmasi sifatida, shuningdek, Yer sirtining issiqlik haritalarini tuzishda qoʻllanadi; 3) radioaktiv manbalarning faolligi (vaqt birligi mobaynida radioaktiv yemirilish aktlari soni) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob; 4) akustikada — tovush nurlanishlari bosimi (tovushning radiatsion bosimi) ni, kengroq maʼnoda — tovush maydonining baʼzi muhim koʻrsatkichlari (tovush energiyasi zichligi, tovush intensivligi va boshqalar)ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |