Radionavigatsiya (radio... va navigatsiya) — harakatlanadigan obyektlar (kema va samolyotlar) ni boshkarish va boshqariladigan obyektlarni toʻgʻrilashga doir amallar majmui; shunday masalalar bilan shugullanadigan ilmiytexnika fani. R. amallari radiotexnika vositalari va usullari yordamida bajariladi. Asosiy vazifasi — samolyot yoki kemaning turgan joyini aniqlash. Buning uchun obyekt yoʻnalishi va masofasini aniqlashga toʻgʻri keladi. R.da radiopelengator, radiomayoq yoki radiolokatsiya st-yasi va boshqa yordamida yoʻnalishni, masofani oʻlchash, panoram radiolokator ekraniga yer sirtining vizual tasvirini tushirish usullaridan foydalaniladi.

turli masofalarda signalning aniqligi

R. vositalarining ishi radiotoʻlqinlarning tarqalishi xususiyatidan foydalanishga asoslangan. R. vositalari hal qiladigan masalalariga qarab, xususiy navigatsiya masalalarini yechishni taʼminlaydigan R. qurilmalari (radiopelengatorp&r, radiokompaspar, radiomayak va boshqalar)ga va murakkab kompleks navigatsiya masalalarini yechadigan R. tizimlariga boʻlinadi. Foydalaniladigan radiotoʻlqin diapazoni boʻyicha radioaloka reglamentiga muvofiq boʻlgan; navigatsiya elementlarini oʻlchashda foydalaniladigan radiosignallar parametrlari boʻyicha — amplitudali, fazali, chastotali, vaqtli va kombinatsiyalashgan; vaziyat chizikdarini aniqlash usuli boʻyicha — burchak oʻlchagichli (azimutli), uzoqiik oʻlchagich (doiraviy) va kombinatsiyalashgan; navigatsiya axborotlarini taʼminlovchi harakatdagi obyektlar soni boʻyicha — oʻtkazish xususiyati chegaralangan va chegaralanmagan obyektlarni aniqlaydigan xillarga ajratiladi.

R. samolyot va kemalarni boshqarishda, qutqaruv ishlarida va xalq xoʻjaligida qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil