Radiosport — sportning texnik turi, qisqa va ultraqisqa toʻlqinlarda havaskorlik radioaloqalarini oʻrnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, "tulki ovi" i (pelengatorpriyomniklar yordamida maxfiy uzatgich — "tulki"ni izlash) va boshqa boʻyicha turli kompleks musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik ittifoqi (1925-yil tashkil etilgan)ga 128 mamlakat aʼzo (1987). Jahon chempionatlari 1925-yildan buyon oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda R. 1954-yildan paydo boʻlgan. Respublika R. chilari sobiqittifoq va jaxrn musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli oʻrinlarni egallaganlar. Yu. P. Kormayev, S. M. Kirvitskiy, G. G. Tursunov, S. D. Ju ; ravlev, S. Krasikov, M. V. Ribalov, Y. Rahimov R.ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Hozirgi vaqtda Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida R. boʻyicha 200 ga yaqin seksiyalar ishlab turibdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil