Rae Ingram
Rae Ingram (1974-yil 6-dekabrda tug'ilgan) - ingliz sobiq professional futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rae Ingram[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-dekabr 1974-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Manchester, Angliya | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m)[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Manchester City | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993–1998 | Manchester City | 21 | (0) |
1998 | → Macclesfield Town (ijara) | 5 | (0) |
1998–2001 | Macclesfield Town | 98 | (1) |
2001–2003 | Port Vale | 28 | (0) |
2003–2004 | Bangor City | 14 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchi sifatida u Angliya futbol ligasi va premer-ligada o'n yillik faoliyati davomida 152 liga o'yinida maydonga tushgan himoyachi hisoblanadi. U 1993-yilning iyulida «Manchester City» dagi faoliyatini boshlagan va keyingi 5 yil davomida 21 uchrashuvda maydonga tushgan. U 1993-yil mart oyida “Macclesfield Town” ga ijaraga berilgan va 1997–98-yillarda “Ipakchilar” ning uchinchi diviziondan chiqishiga yordam bergan. U 1998-yil iyul oyida klubga doimiy ravishda qo'shildi va 2001-yil iyun oyida Port Valega ko'chib o'tdi. U 2003-yil may oyida Vale Parkni tark etdi va nafaqaga chiqqanini e'lon qildi. Nafaqaga chiqishidan bir mavsum oldin Uels Premer-ligasida Bangor City bilan o'tkazdi. O'yinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan so'ng, o't o'chiruvchi bo'lib ishladi.
Karyera
tahrirIngram o'z faoliyatini "Manchester City" da boshlagan. U 1993-yilning iyulida Brain Horton boshqaruvi ostida Maine Roudda professional shartnomaga imzo chekkan. Rae ushbu klubni1993-94 va 1994-95-yillarda quyi ligaga tushib ketmasligi uchun kurashgan. "Osmon ko'klari" 1995-96-yillarda Alan Ball qo'l ostida Premer-liga maqomini yo'qotdi.
Ingram o'zining debyutini 1995-yil 30-avgustda "Everton" ga qarshi o'yinda (2:0) o'tkazdi va faoliyati davomida yana to'rtta yuqori darajadagi o'yinda qatnashdi[3]. U Markaz yarim himoyachisi sifatida, klubda mutaxassis himoyachilar yo'qligi sababli chap qanot himoyasida o'ynashga majbur bo'ldi[4]. U 1996–97-yillarda 22 marta maydonga tushdi va yanvar oyidan boshlab yangi rahbar Frank Clark (qisqa muddatli Steve Coppell o'rniga) qo'l ostida yaxshi o'sdi. U 1997-98-yillarda mavsumni Macclesfield Townda ijara asosida yakunladi[5].
U Sammy McIlroysning "Silkmen" jamoasi uchun beshta liga o'yinida maydonga tushib, klubga Uchinchi divizionda ikkinchi o'rinni egallashga yordam berdi. Ingram 1998-yilning iyulida bepul transfer orqali Moss Rosega doimiy ravishda ketdi. Ingram 34 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo 1998-99-yillarda klub Ikkinchi divizionni oxirgi o'rinda yakunladi. U 1999–2000-yillarda 39 marta, 2000–01-yillarda esa 36 marta maydonga tushgan. U o‘zining birinchi va yagona go'lini 2000-yil 14-oktabrda “Cheltenham Town” ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi.
U 2001-yil iyun oyida Port Vale bilan shartnoma imzoladi. U yerda Ingram sobiq rahbari Brian Horton bilan uchrahdi. U 2001-2002-yillarda 28 marta maydonga tushdi va 2001-yil dekabriga kelib Vale Parkdagi birinchi jamoaviy o'rnini boy berdi. U 2002-03-yilgi mavsumda atigi to'rtta o'yin o'tkaza oldi, sababi u 2003-yil yanvarida meningit bilan kasallangan edi[6]. Shifokorlar bu o'limga olib kelmaydigan kasallik ekanligini tasdiqlagach, u kasalxonadan chiqarildi[7]. U 2003-yilning may oyida yangi menejer Martin Foyle tomonidan qo'yib yuborilgan[8]. U keyinchalik sobiq jamoadoshi Peter Davenport tomonidan boshqariladigan Uels Premer-ligasi jamoasi Bangor City bilan shartnoma imzoladi. U Bangorni 2003-04-yilgi mavsum oxirida[9] ligada o'n to'rtta o'yin o'tkazganidan so'ng[10] tark etdi va nafaqaga chiqdi[11].
Shaxsiy hayot
tahrirO'yinchi sifatida nafaqaga chiqqandan so'ng, Ingram Sale, Greater Manchester shahrida o't o'chiruvchi bo'lib ishladi[12]. U 2013-yildan boshlab Macclesfield Town shahrida massajchi bo‘lib ham ishlagan[13].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Bo'lim | Liga | Angliya kubogi | Boshqa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | |||
Manchester City | 1995–96 | Premyer-liga | 5 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 |
1995–96 | Birinchi divizion | 18 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 22 | 0 | |
Jami | 23 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 28 | 0 | ||
Macclesfield Town | 1997–98-yillar | Uchinchi divizion | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 |
1998–99 | Ikkinchi divizion | 29 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 35 | 0 | |
1999–2000-yillar | Uchinchi divizion | 36 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 40 | 0 | |
2000–01 | Uchinchi divizion | 33 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 36 | 1 | |
Jami | 103 | 1 | 5 | 0 | 8 | 0 | 116 | 1 | ||
Port Vale | 2001–02 | Ikkinchi divizion | 24 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 30 | 0 |
2002–03 | Ikkinchi divizion | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | |
Jami | 28 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 34 | 0 | ||
Bangor City | 2003–04 | Uels Premyer-ligasi | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 |
Umumiy faoliyat | 168 | 2 | 11 | 0 | 13 | 0 | 192 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ 2,0 2,1 „FootballSquads - Port Vale - 2001/02“. www.footballsquads.co.uk. Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
- ↑ „Rae Ingram“. premiersoccerstats.co. 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Where are they now – Rae Ingram“. football-league.co.uk. 2020-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-aprel.
- ↑ „Rae Ingram“. Silk Online. 2001-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Vale player in meningitis scare“. BBC Sport (2003-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Footballer released from hospital“. BBC Sport (2003-yil 11-fevral). Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Carragher exits Vale“. BBC Sport (2003-yil 9-may). Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Bangor City“. eufo.de. Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.
- ↑ „Rae Ingram“. welsh-premier.com. Qaraldi: 2018-yil 24-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Rae Ingram“. mancityinfo.org. Qaraldi: 2009-yil 3-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Buckley. „Ex-City star Rae Ingram tackles new role“. The Advertiser (2011-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Player Profiles - I“. www.silkmenarchives.org.uk. 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-oktyabr.