Ragʻbat — inson histuygʻulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam beruvchi, uni faollikka undovchi psixik taʼsir. U javob reaksiyasi sifatida shaxsga taʼsir oʻtkazishning vositasi vazifasini bajaradi. Shu bois R. ham sabab, ham oqibat rolini oʻynaydi. Bixeviorizmsz. R. bilan reaksiya munosabati tashqi taʼsir (muhitdagi oʻzgarishlar), organizmning harakatlarga javob reaksiyasi sifatida talqin qilinadi. R.ni motiv (ichki turtki) bilan aynanlashtirish mumkin boʻlmasada, baʼzi holatlarda R. ichki turtkiga aylanishi ham mumkin. Psixologiyada R. inson ruhiyatiga, bilvosita dunyoqarashiga, hissiyotiga, kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga ijobiy taʼsir oʻtkazishdir. R. moddiy va maʼnaviy mazmunga ega boʻlib, shaxsning faoliyat samaradorligi ortishiga xizmat qiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil