Ragnarök
Ragnarök — Skandinav xalqlarining afsonalarida keltirilgan oʻziga xos qiyomat kuni. Afsonalarga koʻra, Ragnarök vaqtida butun olamni urush va oʻlim qoplab oladi. Bu vaqtda Jormungand va Thor qattiq jang olib boradi. Jangda Thor gʻalaba qozonadi. Lekin Jormungand Thorni zaharlagani sababli u oʻladi. Shundan soʻng Jormungand Fenrirning zanjirni uzib, uni ozod qilib yuboradi. Fenrir esa Odinni jangda yengadi va yeydi. Odinning yana bir oʻgʻli Vidar Fenrirni oʻldiradi. Loki esa Heimdall bilan jang olib boradi. Bu jangda har ikkalasi ham halok boʻladi. Bu tartibsizliklar vaqtida dunyo olov ichida qoladi va butun koinot suv bilan qoplanadi. Biroz vaqt oʻtib, suv orqaga chekinadi va olam yangitdan dunyoga keladi. Oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, hayot yana davom etadi.
Etimologiyasi
tahrirRagnarök Skandinav xalqlarining qadimiy tili norschadan olingan boʻlib, „Tangrilarning taqdiri“ yoki „Tangrilarning qorongʻu qismati“ degan maʼnoni bildiradi. Qadimiy manbalarda Ragnarök yoki Ragnarøkkr shaklida uchratishimiz mumkin[1][2][3].
Roʻy berishi
tahrir„Poetic Edda“ asarining „Völuspa“ qismi ayni paytda Richard Wagnerning „Götterdämmerung“ nomli operasi uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Bu oʻziga xos „Toʻfon rivoyati“ning boshqacha varianti hamdir. Baʼzi tatqiqotchilar buni oʻtmishda yuz bergan ulkan tabiiy ofatning xotirasi sifatida qabul qiladi. Ragnarök „quyosh olamni isitmagan, sovuq shamolli, 7 qish mavsumidan soʻng“ yuz berishi aytilgan. Odinning qabih ruhli oʻgli — Loki Tangrilarning qoʻriqchisi Hennardni oʻldiradi. Shundan soʻng Tangrilarning yoʻq boʻlish davri boshlanadi. Fenrir quyoshni qoraytiradi, butun olam suv ichida qoladi va insoniyat halok boʻladi. Surt yetakchiligida Aesirga hujum qilgan muz devlar Bifrost koʻprigini qulatishadi. Heimdall hujum haqida Tangrilarni xabardor qilish uchun ulkan shoxdan tayyorlangan Gjallarni chaladi. Odin maslahat olish uchun Mimir qudugʻiga borgan vaqtda dunyo daraxti — Yggdrasil qulaydi. Aesirliklar bu vaqtda muz devlar bilan jang olib boradi. Odin, Fenrir, Freyr va boshqalar Surt tomonidan oʻldiriladi. Bu vaqtda Thor oʻrta dunyoda yashaydigan ulkan ilon — Jormungard bilan kurash olib boradi. Thor ilonni yengsa-da, zaharlangani tufayli halok boʻladi. Loki va Heimdall bir-birlarini oʻldirgandan soʻng, Vidar Fenrirni oʻldiradi. Shundan soʻng Thorning oʻgʻillari boʻlgan Modi va Magni tirik qolgan. Bir qancha vaqt oʻtib, suv orqaga chekinadi va yangi quruqliklar paydo boʻla boshlaydi. Lifthrasir va Lif juftligi orqali odamlar yoʻqolib ketgan oʻz nasllarini davom ettirishadi[4].
Sanʼat va adabiyotga taʼsiri
tahrirRagnarök haqidagi dastlabki maʼlumotlar Islandiyalik shoir, tarixchi va parlament aʼzosi boʻlgan Snorri Sturluson tomonidan yozilgan „Prose Edda“[5]nomli asarida uchraydi. Snorri Sturluson bu asarni yozish uchun qadimgi manbalarni qunt bilan oʻrganib chiqqan. Norvegiyalik kinoijodkor Mikkel Brænne Sandemose tomonidan 2013-yil „Gåten Ragnarok“ nomli film ham suratga olingan. 2017-yilda esa Thor filmining ijodkorlari, bu filmning mantiqiy davomi sanalgan „Thor: Ragnarok“ filmini suratga olgan edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ragnarök“. Collins English Dictionary. HarperCollins. Qaraldi: 24 ıyul 2022.
- ↑ „Ragnarök“ (Wayback Machine saytida 2019-05-11 sanasida arxivlangan) (US) and Andoza:Cite Oxford Dictionaries
- ↑ „Ragnarök“. Collins English Dictionary. HarperCollins. Qaraldi: 24-iyul 2022.
- ↑ Özhan, Dünya Mitolijisi. Öztürk. Ankara: Nika yayınları, 2016. ISBN 9786058389199. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ Byock 2005, s. 36.
Qoʻshimcha adabiyotlar
tahrir- Bailey, Richard N.. Old Norse Myths, Literature, and Society. Sydney: University of Sydney, 2002. ISBN 1-86487-316-7. (Wayback Machine saytida 2009-09-14 sanasida arxivlangan)
- Bellows, Henry Adams. The Poetic Edda: The Mythological Poems. Dover Publications, 2004. ISBN 0-486-43710-8.
- Bjordvand, Harald; Lindeman, Fredrik Otto. Våre arveord. Novus, 2007. ISBN 978-82-7099-467-0.
- Byock, Jesse. The Prose Edda, Penguin Classics. Penguin Books, 2005. ISBN 0-14-044755-5.
- Dronke, Ursula. The Poetic Edda: Volume II: Mythological Poems. Oxford University Press, 1997. ISBN 0-19-811181-9.
- Davidson, H. R. Ellis. Gods and Myths of Northern Europe. Penguin Books, 1990. ISBN 0-14-013627-4.
- Fazio, Michael W.; Moffett, Marian; Wodehouse, Lawrence. A World History of Architecture. McGraw-Hill Professional, 2003. ISBN 0-07-141751-6.
- Bernharðsson, Haraldur „Old Icelandic Ragnarök and Ragnarökkr“, . Verba Docenti, 2007 — 25–38-bet. ISBN 978-0-9747927-3-6.
- Hopkins, Joseph S. (2014). "The 'Viking Apocalypse' of 22nd February 2014: An Analysis of the Jorvik Viking Center's Ragnarök and Its Media Reception". RMN Newsletter (University of Helsinki) 8: 7–12. ISSN 2324-0636. https://www.academia.edu/7751817.
- Hunter, John; Ralston, Ian (eds.). The Archaeology of Britain: An Introduction from the Upper Palaeolithic to the Industrial Revolution. Routledge, 1999. ISBN 978-0-415-13588-7.
- Jansson, Sven B.. Runes in Sweden. Stockholm, Gidlund, 1987. ISBN 91-7844-067-X.
- Larrington, Carolyne. The Poetic Edda. Oxford World's Classics, 1999. ISBN 0-19-283946-2.
- Lindow, John. Norse Mythology: A Guide to Gods, Heroes, Rituals, and Beliefs. Oxford University Press, 2001. ISBN 0-19-515382-0.
- MacLeod, Mindy; Mees, Bernard. Runic Amulets and Magic Objects. Boydell Press, 2006. ISBN 1-84383-205-4.
- Mallory, J. P.; Adams, Douglas Q.. Encyclopedia of Indo-European Culture. Taylor & Francis, 1997. ISBN 1-884964-98-2.
- Orchard, Andy. Dictionary of Norse Myth and Legend. Cassell, 1997. ISBN 0-304-34520-2.
- Phillpotts, Bertha (1905). "Surt". Arkiv för Nordisk Filologi 21: 14 ff.
- Pluskowski, Aleks „Apocalyptic Monsters: Animal Inspirations for the Iconography of Medieval Northern Devourers“, . The Monstrous Middle Ages. University of Toronto Press, 2004. ISBN 0-8020-8667-5.
- Rundata 2.0 for Windows.
- Simek, Rudolf. Dictionary of Northern Mythology, translated by Angela Hall, D.S. Brewer, 2007. ISBN 978-0-85991-513-7.
- Wilson, David M.. Anglo-Saxon Art: From the Seventh Century to the Norman Conquest. Overlook Press, 1984. ISBN 978-0-87951-976-6.
- Zoëga, Geir. A Concise Dictionary of Old Icelandic. University of Toronto, 2004. ISBN 0-8020-8659-4.