Rajab Hayitov (1932-yil 15-mart; Jarqoʻrgʻon tumani) – pedagog, „V. I. Lenin tugʻilgan kunining 100 yilligi“, „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushining 30 yillik gʻalabasi“ medallariga sazovor boʻlgan olim[1].

Rajab Hayitov
Tavalludi 15-mart 1932-yil
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani
Institutlar Termiz pedagogika bilim yurti, Toshkent davlat universiteti
Ilmiy unvoni Huquqshunoslik fanlar nomzodi
Mukofotlari „V.I.Lenin tug’ilgan kunining 100 yilligi“ (1970)
„1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushining 30 yillik g’alabasi“ (1975)

Hayoti

tahrir

Rajab Hayitov – 1932-yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyatidagi Jarqoʻrgʻon tumanida (hozirgi Angor) tavallud topgan. 1948-yilda „Qizil Yulduz“ qishlogʻidagi Lomonosov nomidagi maktabning 7-sinfini tugatgan. Shundan soʻng, Termiz pedagogika bilim yurtiga oʻqishga qabul qilingan va uni boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi diplomi bilan bitirgan[1].

Ish faoliyati

tahrir

Rajab Hayitov mehnat faoliyatini urush yillaridan boshlagan. Bu paytda R.Hayitov 14 yoshda edi. Dastlab, „Qizil Yulduz“ qishlogʻida oddiy kolxozchi, soʻngra paxta brigadasida tabelchi sifatida faoliyat olib borgan. 1948-yil „1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushida shavkatli mehnati uchun“ medaliga sazovor boʻlgan. Rajab Hayitovning keying faoliyati ham qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻldi. Paxta kampaniyasida aktiv ishtirok etganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 1952-yili Rajab Hayitov Toshkent Davlat Universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Toʻrt yildan soʻng, universitetni aʼlo diplom bilan tugatgan. Talabalik davrida oʻzi oʻqiyotgan kursning Komsomol byurosi sekretari hamda shu kursning kasaba kotibi sifatida faoliyat yuritgan. Institutning ikkinchi kursida oʻqib yurgan paytida partiya aʼzoligiga qabul qilingan. Faol mehnatlari uchun komsomollik davrida Oʻzbekiston Lenin komsomoli faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan. Rajab Hayitovga partiya Angor tumanining lektor maslahatchisi vazifasini topshirgan. 1952-yil Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining arxealogiya fakultetiga sirtdan taʼlim olishni boshlgan. 1962-yil Yangi yerlarni oʻzlashtirish chaqirigʻi sababli Rajab Hayitov Gagarin tumanidagi „Komsolobod“ga kelgan. Bu yerda agronom sifatida faoliyat olib borgan. Keyinchalik tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalashgan texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1967-yili Denov tumani xalq sudyasi qilib saylangan. Sariosiyoda, keyinchalik esa Denovda sud raisi sifatida saylangan. Shundan soʻng esa advokat boʻlib ishlay boshlagan[1].

Medallari

tahrir

1970-yilda „V. I. Lenin tugʻilgan kunining 100 yilligi“ medali bilan mukofotlangan. 1975-yilda esa „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushining 30 yillik gʻalabasi“ medaliga sazovor boʻlgan[1].

Ijodiy faoliyati

tahrir

1973-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq institutining sirtqi aspiranturasiga kirgan hamda 1977-yilda oʻqishni tamomlagan. Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligini boshqarish masalalari va Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligini saqlashga oid oʻndan ortiq ilmiy asarlarni bosmadan chiqargan. 1980-yilda „Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi“ jurnalida, „Togʻ oʻrmonlarini asrash“ nomli maqolasi nashrdan chiqarilgan. 1981-yilning yanvar oyida tabiatni qoʻriqlash huquqi mavzusida dissertatsiya yoʻqlab, huquqshunoslik fanlari nomzodi unvoniga sazovor boʻlgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - „Mehnat“ — 309-310-bet. Qaraldi: 18-iyul 2024-yil.