Rakat koʻchasi — Yakkasaroy tumanining „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida. Bobur va M. Hojinova koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida. Askiya, Jamshid Shoshiy, Imom at-Termiziy, Botir Boboev koʻchalari bilan kesishgan.

Rakat koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 1.5 km
Avvalgi nomlari Shopoʻlat Abdullaev koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Tarixiy nomi
Koʻchada joylashgan binolar Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro maktab
135-maktab
6-bogʻcha

Tarixi

tahrir

XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. 1971-yil 22-oktabrdan Shopoʻlat Abdullaev nomi bilan atalgan. 2008-yil 2-sentabrda joyning tarixiy nomi sifatida hamda joydagi asosiy koʻcha nomini mahalla nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida „Rakat“ nomi berilgan[1].

Binolar

tahrir

Yoʻnalishida 135-maktab, 6-bogʻcha, Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro maktab, engil sanoat kasb-hunar kolleji, tuman xalq banki filiali, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, "Askiya" bozori, Doʻstlik (sobiq Bobur) nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Tabassum“ kafesi joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Galereya

tahrir

Rakat koʻchalari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.