Raketa quroli
Raketa quroli — raketa yordamida shikastlash vositasi (bomba, snaryad) nishonga yetkaziladigan qurol. Otish joyi va nishonning oʻrniga qarab, Raketa quroli quyidagi sinflarga boʻlinadi: "yer — yer" (yerdan turib yerdagi nishonga otiladi), "yer — havo" (yerdan turib havodagi nishonga otiladi), "yer — kema", "havo — yer", "havo — havo", "havo — kema", "kema — kema", "kema — havo". Vazifasiga koʻra, Raketa quroli strategik, operativ — taktik, taktik turlarga boʻlinadi. Shikastlash vositasini nishonga yetkazish uzokdigi boʻyicha ancha yaqin (10 km gacha), yaqin (10–100 km gacha), oʻrtacha yaqin (100–500 km), ancha uzoq (qitʼalararo, 5500 km gacha) Raketa quroli farqlanadi. Raketa quroli 20-asr 50—70-yillarida keng rasm boʻldi.[1] Raketalar kallagi turli xil boladi bunga misollar Yadroviy kallag kimyoviy kallag va oddiy yani portlovchi moddalar bilan boyitilgan kallag
Yadro kallagi asosan qit'alar aro balistik raketalarda Kimyoviy va boshqa turdagi kallaklar esa yaqin masofali raketalarga o'rnatilgan
Qit'alar aro raketaga ega mamlakatlar:
Rossiyada-28 turdagi qitalar aro raketa eng qudratlisi-R36m2. 16.000km ga uchadi
Aqsh-16 turdagi bunday raketalarga ega eng kuchlisi minuteman-3 16.000km
Xitoy-8 xil eng qudratlisi df-41 18.000km
Eron-2 turdagi eng qudratlisi Shahab 6 (Toqyan)13.000km va boshqalar...
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |