Ramakrishna

Hind Hind monaxi va faylasufi

Ramakrishna (haqiqiy nomi Gadadhar Chatterji) [1836.18.2, boshqa manbalarga koʻra 1834.20.2, Kamarpukur (Gʻarbiy Bengaliya) — 1886.16.8, Kalkutta] — qind diniy mutafakkiri, jamoat arbobi. Vivekanandaning maʼnaviy ustozi. Shankaraning advaytavedantasini Ramanuja taʼlimoti bilan birlashtirishga intildi. Hindiston va butun insoniyatning uygʻonishi uchun yagona din kerak, deb hisoblab, barcha dinlarning maʼnaviy yaqinligini targʻib qilgan. R.ning fikricha, har bir inson oʻzining xudoga nisbatan muhabbatini tarkidunyochilik yoʻli bilan emas, balki shu real dunyoda oʻz burchini ado etish yoʻli bilan izhor etishi kerak. Hind milliy harakati mafkurasiga katta taʼsir koʻrsatgan. 1897-yil R. shogirdlari uning gʻoyalarini targʻib qilish uchun "R. missiyasi" jamiyatini tashkil qilganlar, bu jamiyat hozirgacha ish olib boradi.[1]

Ramakrishna, Dakshineswar

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil