Ramstedt Gustav Yon
RAMSTEDT (Ramstedt) Gustav Yon (1873.22.10, Tammisari — 1950.25.11, Xelsinki) — fin oltoyshunos — tilshunosi. Xelsinki universiteti professor (1917—41). Moʻgʻul tillarini qiyosiytarixiy oʻrganishning hamda qiyosiytarixiy oltoyshunoslikning asoschilaridan biri. R. 1898-yildan boshlab bir qancha yillar davomida Volga va Kuma daryolari boʻylari, Mongoliya hamda Kushka atrofida ekspeditsiyalarda boʻlib, moʻgʻul, qalmoq, chigʻatoy tillari va folklori boʻyicha materiallar toʻplagan, ularni turkiy parallellari bilan qiyoslagan holda eʼlon qilgan. R. moʻgʻul va turkiy tillari boʻyicha tadqiqot olib borib, "Moʻgʻul va turkiy tillarida feʼl yasalishi", "Oltoy tillarida son", "Oltoy tillarining qarindoshligi haqida" singari ilmiy asarlari bilan oltoyshunoslik nazariyasiga asos solgan; qalmoq tili boʻyicha "Qalmoqlugʻati", "Qalmoq tili va uning dialektlari" kabi asarlar yaratgan. R. uraloltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi fikrlarga qarshi chiqqan, koreys va yapon tillarini oltoy tillari guruhiga kiritgan. Oltoy tillaridagi tovush va shakliy oʻxshashliklar qaqidagi toʻliq maʼlumot uning "Koreys tili boʻyicha etimologik tadqiqotlar" (1—2j., Xelsinki, 1949— 53) asarlarida bayon qilingan.
Manbalar
tahrir- Vvedeniye v altayskoye yazikoznaniye. Morfologiya, M., 1957.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |