Rana sanga
Rana sanga, Sangram Singh (?—1528) — rojput, Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi. R.S.ning asosiy mulki Mevar edi. Mandu sultonlarining hokimiyati zaiflashgach, R.S. undan Rantanbur, Arangpur, Bxilsan va Chandiri kabi keng viloyatlarni tortibolgan. Bobur Kobuldaligida R.S. unga kishi yuborib, "Agar hukmdor Dehyai viloyatiga kelgudek boʻlsalar, men Agraga ketaman" degan. Biroq Bobur 1526-yil Ibroqim Loʻdiyni yengib, Deush va Agrani olgach, R.S. unga qarshi chiqib (1527-yil), Kandar qalʼasini qamal qilgan va uni egallagan. R.S. bilan Bobur oʻrtasidagi sal qiluvchi Kxanua jangi 1527-yil 13 martda yuz berdi. Jangda Bobur koʻllagan tulgʻama usuli va artilleriya ish berdi. Jangda Bobur toʻla gʻalabaga erishdi. R.S. bir yildan soʻng vafot etgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |