Randa
Randa — duradgorlik ishlarini bajarishda yogʻoch sirtini tekislash va silliqlash (randalash) uchun moʻljallangan asbob. Dastaki, elektr va mexanik turlari bor. Dastaki randa metall yoki yogʻoch asos, keskich (tigʻ) va ponadan iborat. Asosning pastki qismi kaft deb ataladi. Yassi yuzalarni ishlaydigan randa kafti yassi, egri sirtli va shakldor yuzalarni ishlaydigan randa kafti oʻsha yuzalar shaklida boʻladi. Randa asosidagi poʻlat keskich oʻrnatish uchun teshik ochilgan; bu teshik pastga tomon asta-sekin torayib borib, uya hosil qiladi. Randalash paytida payraha shu uyadan tashqariga chiqib ketadi. Asosning oʻlchami, profili, keskichining oʻrnatilish burchagiga koʻra, randa quyidagi xillarga boʻlinadi; sherx yebel (keskichning tigʻi yarim aylana shaklida) — dagʻal randalash uchun; bir v a ikki keskichli (payraxa singdirgichli) va medvedka (qoʻsh qulokli) Randa — tozalab randalash uchun; japs va yarim japs (daroz) randa — tozalab randalash, katta sirtlarni randalash va qismlarni birbiriga toʻgʻri keltirish uchun; shliftik randa — yupqa payraha olish uchun; sinubel — detal sirtlarida mayda yoʻllar (yelimlash maqsadida) ochish uchun; konish randa (zenzubel) — detal chekkalarida chorak (tirnoq) ochish uchun; falsgobel randa — detalda chorak (tirnoq) ochish uchun; gruntubel randa — koʻndalanggiga trapetsiya shaklidagi oʻyiq ochishda qoʻllanadi; nov randa — detallarda turli naqshli profillar ochishda ishlatiladi; b u kri randa — egri (botik va qabariq) sirtlarni randalashda foydalaniladi. Elektr randa — elektr motor yordamida aylanib turadigan ikki yoki toʻrt pichokdan iborat. Elektr randa bilan yogʻochni 0,75—2,0 mm qalinlikda payraha hosil qilib randalash mumkin. Mexanik randa (randalash dastgohi) tekis va shakldor, metall va yogʻoch sirtlarga ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma. U support, polzun va qisqichdan iborat. Asosiy harakati (randalash) ilgarilamaqaytma, surish harakati davriyilgarilama. Koʻndalang randalash va boʻylama randalash dastgoxlari bor. Koʻndalang randalash dastgoxlarida asosiy harakatni support va polzun bilan birga keskich bajaradi, boʻylama randalash dastgohlarida esa ishlov beriladigan taxta harakatlanib turadi. Randalar kurilishda, yogʻochga ishlov berish korxonalarida, uyroʻzgʻorda va boshqa joylarda ishlatiladi.
Adabiyot
tahrir- Gurvich A.O., Duradgorlik ishlari, T., 1966; Kreyndlin L.N., Stolyarnie raboti, M., 1986; Bozorboyev N., Uyjoy quruvchilar uchun 1001 maslahat, T., 1990.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |