Kamalak parda
(Rangdor Pardadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kamalak parda (lotincha: iris), rangdor parda — koʻz soqqasi tomirli pardasining old qismi; kipriksimon tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda qorachiq teshigida tugaydi, uning oldingi yuzasi koʻz soqqasining oldingi boʻshligʻiga, orqa yuzasi koʻz gavhari boʻshligʻiga qaragan. Kamalak parda rangli boʻlib, muguz (shox) parda orqali koʻrinib turadi. Parda tarkibidagi pigmentlar miqdoriga qarab koʻz har xil rangli (qora, jigarrang , koʻk va hokazo) boʻlib tovlanadi, pigment boʻlmagan rangdor parda kizil boʻlib koʻrinadi. Koʻz qorachigʻi qirralarida aylanasiga joylashgan muskul qisqarib, qorachiqni toraytirsa, uzunasiga joylashgan muskul kengaytiradi. Kamalak pardaning orqasida tiniq, ikki tomoni qavariq linza — koʻz gavhari bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |