Rangli televideniye — tasvirlarni oʻz tabiiy rangida uzatish va tomosha qilishga imkon beradigan televideniye. Rangli televideniye tabiiy ranglarning qizil, koʻk va yashil ranglarga ajratish xossasiga asoslangan. Rangli televideniyeda ham tasvir elementlari (nuqtalar) galmagal uzatiladi. Juda mayda detallar oqqora rangda, oʻrtacha detallar 2 rangda, yiriklari 3 rangda uzatiladi. Rangli televideniye kamerasida obʼyektdan qaytgan nurni 2 ta maxsus koʻzgu qizil, koʻk va yashil nurlarga ajratadi, bu nurlar tegishli elektronnur trubkaga yoʻnaladi (har qaysi rangdagi nur boshqaboshqa trubkaga boradi). Trubkalar chiqishida rangli videosignallar (I^, Ik va Iya) hosil boʻladi. Bular kuchaytirilib, kodlovchi qurilmaga oʻtkaziladi. Bu yerda maxsus oʻzgartirgich signallarni 3 signalga: yorqinlik signaliga va ranglarni uzatish uchun moʻljallangan 2 signalga ajratadi. Yorqinlik signali I, uchta rang tashkil etuvchilardan hosil boʻladi. Ranglarni uzatish uchun moʻljallangan signallar tegishli ranglar nisbati (Mas, Iq— Iye va Ik— Iye) dan tuziladi. Bu signallar eltuvchi chastotali qoʻshimcha kuchlanishni modulyasiyalaydi (qarang Modulyasiya). Bunday kuchlanish yorqinlik signali bilan birga umumiy aralashtirgichga uzatiladi. Radiouzatkich umumiy signallarni efirga tarqatadi.

Rangli televideniye signallarini qabul qilish uchun 3 nurli qabul qiluvchi elektronnur trubka (kineskop) oʻrnatilgan maxsus rangli televizordan foydalaniladi. Radiouzatkich efirga tarqatgan signallar rangli televizorda tegishli signallarga ajratilib, ranglar joyjoyiga tushiriladi. Rangli televideniye da tovush xuddi oqqora televideniyedagidek uzatiladi va qabul qilinadi. Rangli televizorda oqqora tasvirlarni ham koʻrish mumkin. Oqqora televizorda ham Rangli televideniye dasturlarini oqqora rangda kursa boʻladi.

Birinchi Rangli televideniye loyihasini rus ixtirochisi I.A. Adamian 1907—08 yil taklif qilgan. Bunda tasvir nuqtalari kizil, koʻk va yashil yorugʻlik filtrlari orqali uzatilgan, qabul qilish joyida ham tasvir xuddi shunday filtrlar orqali koʻrilgan. 1929-yil "Amerikan telefon end telegraf kompani" (AQSH) lab.sida rangli signallar uchta mustaqil kanal orqali uzatilgan. Rangli televideniyening mukammalroq elektron tizimi 1951-yil AQSH da ishlab chiqilgan; AQSH da Rangli televideniye 1954-yildan muntazam ishlay boshladi. SSSR da 1956-yildan Leningrad televideniye markazi, 1959-yildan Moskva televideniye markazi Rangli televideniye dasturlarini namoyish kila boshladi. 1966-yil sovetfransuz tizimi "SECAMIII" yaratildi va 1967-yil qoʻllana boshladi. 1967-yildan Germaniya, Buyuk Britaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa shaharlarida PAL tizimidagi Rangli televideniye koʻrsatuvlari berila boshladi. Oʻzbekiston televideniyesi Rangli televideniye dasturlarini 1970-yil koʻrsata boshladi.

Rangli televideniyening 3 tizimi (SECAM, NTSC va PAL) maʼlum (2004). Ular bir-biridan televizion signallarni hosil qilishi bilan farqlanadi.

Ergash Komilov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil