Rangsiz tushlar — Ayub Shahobiddinov tomonidan 2020-yilda suratga olingan psixologik drama hisoblanadi[1].

Syujeti tahrir

Filmda inson xarakteri va tabiati oʻzgarishining vaʼzi jihatlari: qamoqdagi, jamiyatdagi va oiladagi holatlarini namoyish qiladi. 17 yillik qamoq jazosidan keyin Kashmira oʻz Vataniga qaytadi. Uning uyida hamma narsa xotirjam va tinch edi va u shundayligicha qoldirishni tanlab hech narsani oʻzgartirishni xohlamasdi, lekin qaytganidan keyin, u kutmagan va tayyor boʻlmagan voqealar boshlanib ketadi.

Rollarda tahrir

  • Feruza Saidova — Kashmira
  • Karim Mirxodiyev — Kashmiraning otasi
  • Shohida Ismoilova — Kashmiraning onasi

Chiqarilishi tahrir

"Rangsiz tushlar" filmining premyerasi 2020-yil 8-avgustda Italiyadagi Lucania Film Festival kinofestivalida boʻldi[2][3][4]. Keyinchalik film bir necha Xalqaro film festivallarida, jumladan, Rossiyada boʻlib oʻtgan Kazan International Muslim festivalida; Rossiyaning Anapa shahrida boʻlib oʻtgan Kinoshock kinofestivalida; Indoneziyada boʻlib oʻtgan Jogja-NETPAC Asian kinofestivalida va Italiyadagi Asiatica kinofestivalida namoyish etildi[5][6][7].

Mukofotlari tahrir

"Rangsiz tushlar" Dhaka shahrida boʻlib oʻtgan „Cinemaking“ xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ssenariy“ mukofotiga loyiq koʻrilgan[8].

Yil Festival Nomzodlik Holat Mamlakat
2020-yil „Cinemaking“ xalqaro kinofestivali Eng yaxshi ssenariy Gʻolib Bangladesh
2021-yil Oltin humo Eng yaxshi rejissyor Oʻzbekiston
Eng yaxshi ssenariy Oʻzbekiston
Eng yaxshi bastakor Oʻzbekiston

Manbalar tahrir

  1. „«Узбеккино» представляет премьеру фильма «Бесцветные сны»“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  2. „Ayub Shakhobiddinov's "Colorless Dreams" gets into another international film festival | Embassy of the Republic of Uzbekistan in Malaysia“. uzbekembassy.com.my. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  3. uza.uz „Фильм "Бесцветные сны" получил еще одно приглашение на международный кинофестиваль“ (uz). Uza.uz (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  4. „"Rangsiz tushlar" filmi Italiyadagi kinofestivalda ishtirok etish uchun taklif oldi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  5. „Colorless Dreams (2020) - Asiatica Film Festival“ (it). mymovies.it. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  6. „Ayub Shahobiddinovning "Rangsiz tushlar" filmi 2 xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi“ (uz). xs.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  7. „Драма "Бесцветные сны" Аюба Шахобиддинова попала в основную конкурсную программу двух международных кинофестивалей“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  8. „Фильм "Бесцветные сны" получил приз на международном кинофестивале“ (ru). www.xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.