Rapsodiya [yun. rhapsodia — rapsod (dostonchi) qoʻshigʻi| — erkin shakldagi cholgʻu yoki vokal asari. Xuddi doston bayonini ifodalab, turli, kontrast epizodlardan tashkil topadi, koʻpincha xalq qoʻshiq va kuylariga asoslanadi. Yevropada 18-asrning oxiridan maʼlum (K.F.D.Shubart, 1786). FListning 19 ta "Vengercha R."si, M. Ravelning "Ispancha R."si, J. Gershvinning "Blyuz uslubida R."si ommalashgan. Oʻzbekistonda ilk simfonik R.ni V. Zolotaryov yaratgan (1931). Oʻzbek kompozitorlaridan S. Boboyev(1946), D. Zokirov(1958), T.Qurbonov (1980) va boshqalar R. yozishgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil