Rasmus Winther Højlund (Talafuzi Rasmus Xeylund. 2003-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Italiya A Seriasining „Atalanta“ klubi va Daniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Rasmus Højlund
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rasmus Winther Højlund
Tavallud sanasi 4-fevral 2003-yil (2003-02-04) (21 yosh)
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Boʻyi 1.85 metr (6 ft 1 in)[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atalanta
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2015 Hørsholm-Usserød
2016 Brøndby
2016-2017 Holbæk
2017-2021 Copenhagen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020-2022 Copenhagen 19 (0)
2022 Sturm Graz 18 (9)
2022- Atalanta 24 (7)
Milliy terma jamoa
2018-2019 Daniya U16 10 (1)
2019 Daniya U17 5 (1)
2021- Daniya U19 7 (1)
2022- Daniya U21 3 (0)
2022- Daniya 4 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-aprel uchun)

Klub karerasi tahrir

Kopengagen tahrir

Xeylund professional faoliyatini 2020-yilda oʻzining tugʻilgan shahri Kopengagen klubida boshlagan. 2021-2022-yilgi mavsumda u Yevropa musobaqalarida debyut qiladi va UEFA Yevropa konferentsiya ligasida saralash bosqichlari va turnirda beshta gol kiritadi[2].

Shturm Graz tahrir

2022-yilning yanvarida Xeylund Avstriya Bundesligasi klubiga 1,8 mllion evro evaziga qoʻshiladi. U 2021-2022-mavsumning qolgan qismida va 2022-2023-yilgi mavsum boshida barcha musobaqalarda 21 o‘yinda 12 gol uradi[2].

Atalanta tahrir

2022-yil 27-avgustda Xeylund A Seriyaning „Atalanta“ klubi bilan 17 million evroga evaziga shartnoma imzolaydi. U „Atalanta“ uchun birinchi golini 5 sentyabr kuni „Monza“ ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritadi.

Milliy terma jamoa tahrir

2022-yil sentabrida Xeylund Daniya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasi doirasida Xorvatiya va Fransiyaga qarshi birinchi xalqaro o‘yinlarini o‘tkazgan[3]. 2023-yilning 23-martida u o‘zining ilk xalqaro turnerida milliy terma jamoa safida maydonga tushgan va UEFA Evro-2024 saralash bosqichida Finlandiyaga qarshi 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etadi[4].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2023-yilning 1-Apreligacha bo'lgan o'yinlar[1]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Jami
Musobaqa Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Kopengagen 2020-2021 Daniya Superligasi 4 0 1 0 0 0 5 0
2021-2022 15 0 1 0 11 5 27 5
Jami 19 0 2 0 11 5 32 5
Shturm Graz 2021-2022 Avstriya Bundesligasi 13 6 0 0 0 0 13 6
2022-2023 5 3 1 2 2 1 8 6
Jami 18 9 1 2 2 1 21 12
Atalanta 2022-2023 A seriya 24 7 2 1 26 8
Karyera jami 61 16 5 3 13 6 79 25

Xalqaro tahrir

2023-yil 26-Martgacha bo'lgan o'yinlar[5]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Daniya 2022-yil 2 0
2023-yil 2 5
Jami 4 5
Birinchi boʻlib Daniya hisobi qayd etilgan, hisoblar ustuni Højlundning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[6].
Rasmus Xejlund tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Tomoshabin Raqib Xolat Natija Musobaqa Mnb.
1 2023- yil 23- mart Parken stadioni, Kopengagen, Daniya 3   Finlandiya 1-0 3-1 UEFA Evro-2024 saralashi [7]
2 2-1
3 3-1
4 2023- yil 26- mart Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston 4   Qozogʻiston 1-0 2-3 UEFA Evro-2024 saralashi [8]
5 2-0

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Rasmus Højlund Soccerway saytida
  2. 2,0 2,1 „WELCOME, HØJLUND!“. Atalanta (2022-yil 27-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  3. „The ‘new’ Haaland is here“. Mundo Deportivo (2023-yil 24-fevral).
  4. „Hojlund the hat-trick hero as Denmark beat Finland 3-1“. Reuters (2023-yil 23-mart).
  5. „Rasmus Højlund“. EU-Football.info. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  6. „Rasmus Højlund“. National Football Teams. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
  7. „Denmark vs. Finland 3–1: Summary“. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
  8. „Kazakhstan vs. Denmark 3–2: Summary“. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.

Havolalar tahrir