Rasul (arab. — elchi) — islomda Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targʻibot yuritish, hidoyatga daʼvat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan paygʻambar. Muhammad (sav)ga nisbatan doimo R. nomi qoʻllanib kelinadi, bu hatto tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. Nabiy — kitob nozil qilinmagan paygʻambar. Shu bois har bir R.ni nabiy deb atash mumkinligi, ammo nabiylarni R. deb boʻlmasligi qayd qilingan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil