Raxilya Miftaxova
Miftaxova Raxilya Xaydarovna (1940-yil 7-oktyabr, Xoʻjayli – 2000-yil 8-yanvar) – opera xonandasi, oʻqituvchi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1981), Tatariston Respublikasi xalq artisti (1993).
Raxilya Miftaxova | |
---|---|
Tavalludi |
1940-yil 7-oktyabr |
Vafoti |
2000-yil 8-yanvar Qozon, Rossiya |
Janrlar | opera |
Kasbi | opera xonanadasi |
Leybllar | soprano |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi→ Rossiya |
Biografiyasi
tahrir1940-yil 7-oktabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasining Xoʻjayli shahrida tugʻilgan. 1946-yilda oilasi bilan Permga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda maktabni tugatgan. 1963-yilda Qozon musiqa kollejini tamomlab, Qozon davlat konservatoriyasida ishlagan. Raxilya Miftaxovaning N. G. Livshits, N. N. Luchinina, Z. G. Bayrasheva, K. Z. Sherbinina kabi oʻqituvchilari boʻlgan.
1962-yil dekabr oyidan Raxilya Miftaxova Musa Jalil nomidagi Tatar opera va balet teatrida stajyor boʻlib ishlagan. 1968-yildan Qozon konservatoriyasini tugatgandan soʻng, teatrda solist boʻlib ishlay boshlagan[1].
1971―1978-yillarda musiqa maktabida dars bergan. 1985―1999-yillarda – Qozon madaniyat va sanʼat instituti oʻqituvchisi, 1997―2000-yillarda – yakkaxon xonandalik kafedrasi mudiri, professor.
2000-yil 8-yanvarda vafot etgan. Qozon shahridagi Novotatar qabristoniga dafn qilingan[2].
Ijodi
tahrir32 yillik faoliyati davomida Raxilya Miftaxova 50 dan ortiq opera rollarini ijro etgan, jumladan: Gilda („Rigoletto“), Margarita („Faust“), Aida („Aida“), Marfa („Sarskaya nevesta“), Madama Butterfly. („Cio Cio san“), Liza („Pikovaya dama“), Tatyana („Yevgeniy Onegin“), Yaroslavna („Knyaz Igor“), Leonora („Trubadur“), Rosina („Sevilskiy siryulnik“ "), Alfiya („Samat“), Bibisara („Jigangir“), Shoirning rafiqasi („Jalil“), Karakash („Altinchech“), Sarvar („Bashmachki“), Rozalind („Letuchaya mish“), Malika Volapyuk („Silva“) va boshqalar[3].
Xonandaning repertuariga opera rollaridan tashqari, tatar kompozitorlari Saidashev, Muzafarov, Valiullin, Jiganov, Yaxinning kamera asarlari, buyuk shoir Abdulla Toʻqay sheʼrlariga yozilgan romans va qoʻshiqlar kiritilgan.
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „РАХИЛЯ МИФТАХОВА“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Мифтахова Рахиля Хайдаровна“. ruspanteon.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Такташ, Рамзия „Мифтахова Рахиля Хайдаровна“. kazan-opera.ru. Qaraldi: 3-oktabr 2023-yil.
Havolalar
tahrir- „Мифтахова Рахиля (1940 – 2000)“. Татарский театр оперы и балета имени Мусы Джалиля. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-may.
- „24 ноября — опера «Аида», посвящённая 70-летию со дня рождения Рахили Мифтаховой (1940—2000)“. Татарский театр оперы и балета имени Мусы Джалиля (2010-yil 22-noyabr). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-may.
- Р. Такташ. „Мифтахова, Рахиля Хайдаровна“. Казанский театральный музей. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-may.