Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy

Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy (arabcha: ريحان بن محمد الأسروشني — Abu Toyyib Rayhon ibn Muhammad ibn Ayub al-Ustrushaniy) — Muhaddis. Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy Samarqandga qarashli Ustrushan qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqand shahriga koʻchib oʻtgan. U muhaddis boʻlish bilan birga hanafiy mazhabining taniqli faqihlaridan biri boʻlgan.

Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 968-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Shogirdlari

tahrir

Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy koʻplab hadislar rivoyat qilgan. Undan shayx Abu Hafs Umar ibn Ahmad ash-Shibliy, shayx Abu Hafs Umar ibn Ahmad al-Forisiy kabi muhaddislar taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. Uning Abdulmulk ismli oʻgʻli ham muhaddis boʻlgan.

Vafoti

tahrir

Oʻgʻli Abdulmulk ibn Rayhon al-Ustrushaniy: "Dastlabki taʼlimni oʻz padari buzrukvoridan olganini va Otasi Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy 357/968 yili Samarqandda vafot etganidan soʻng, Navkamin rabotiga dafn etilganini" hikoya qilgan.

Rivoyat qilgan hadis

tahrir

Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy tomonidan rivoyat qilingan hadis Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida shunday keltirilgan: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Albatt, ishlar niyatga bogʻlikdir, har bir kishi niyat qilgan narsasiga erishadi. Kimki Alloh taolo va uning Rasulini deb hijrat qilgan (ko‘chgan) boʻlsa, demak uning hijrati Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilgan boʻladi. Kimki bir ayolga uylanish yoxud mol-dunyo orttirish uchun hijrat qilgan boʻlsa, demak uning hijrati bir ayolga uylanish yoki mol-dunyo orttirish uchun hijrat qilgan boʻladi“ — deb marhamat qildilar"[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 20.