Rayonlashtirish — geografiya tizimidagi fanlarda qoʻllaniladigan ilmiy tadqiq qilish metodi. R. geografik qobiq yoki uning ayrim qismlarining hududiy tabaqalanishini, tabiat va jamiyat oʻrtasidagi taʼsirning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini aniqlab beradi. R.ning iqtisodiy, iqtisodiy-geografik, tabiiy geografik hamda xususiy tabiiy geografik (geomorfologik, iqlimiy, gidrologik, geobotanik, zoogeografik va b.) kabi turlari mavjud. R. masshtabiga koʻra, mayda, oʻrta va yirik masshtabli, qoʻyilgan vazifaga bogʻliq ravishda umumilmiy yoki amaliy boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil