The Scout
„The Scout“ („Razvedkachi“) — amerikalik iqtisodchi va professor Steven Plaut qalamiga mansub roman. 2002-yil Quddus shahrida „Gefen“ nashriyotida chop etilgan. Asar real voqealarga asoslangan boʻlib, unda muallifning saraton kasaliga chalinib shifoxonada ogʻir kasallikka chalingan Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ismli badaviy bilan boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. „The Scout“ kitobida hodisalar qisqa-qisqa hikoyalar yordamida hikoya qilinadi.
Muallif(lar) | Steven Plaut |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashriyot | „Gefen“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2002 |
Sahifalar soni | 113 |
ISBN | ISBN 965-229-289-3 |
Syujeti
tahrirSteven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) va badaviy izquvar Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ogʻir kasallikka chalinadi va bir boʻlmada davolanadi. Har ikki qahramon oʻz hayotida sodir boʻlgan hodisalarni hikoya qilib beradi. Xususan, Saadi badaviylarning boy tarixi va urf-odatlari haqida soʻzlab beradi.
Asarda Islom va Yahudiylik dinlari hamda Isroilda yashovchi yahudiylar bilan badaviylar oʻrtasidagi munosabat koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, unda xalq ijodi misollari ham keltirilgan.
Qahramonlari
tahrir- Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) – bosh qahramon, amerikalik-isroillik iqtisod professori
- Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) – badaviy razvedkachi
Havolalar
tahrir