Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) — AQShlik iqtisodchi, professor. Isroildagi Haifa Universitetida va Budapeshtdagi Markaziy Yevropa Universitetida dars bergan. Professor Plautning maqolalari tez-tez turli gazeta-jurnallarda chop etilib turgan.

Steven Plaut
Tavalludi 1951
Vafoti 2017
Hayfa, Isroil
Fuqaroligi AQSh

Plaut bakalavr darajasini Philadelphiadagi Temple Universitetidan olgan. Magistr darajasini Quddus Yahudiy Univesritetidan olgan. Iqtisod boʻyicha Ph.D.sini Princeton Universitetidan olgan.

2002-yil „Razvedkachi“ (inglizcha: The Scout) nomli kitobini yozgan. Kitobda Plaut saraton kasaliga chalinib shifoxonada yotganida uchratgan badaviy (koʻchmanchi arab) razvedkachi va oʻzining oʻlim bilan qilgan jangi haqida hikoya qiladi.

Havolalar tahrir