Muyassar Qodirovna Razzoqova (1964.29.2, Nukus) — xonanda (lirikkoloraturali soprano), Oʻzbekiston (1998), Qoraqalpogʻiston (1999) xalq artisti. Yoqimli, jilvador va kuchli ovoz sohibasi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Navoiy teatri yakkaxon xonandasi (1988-yildan). Teatr saxnasida Oyxon ("Maysaraning ishi", S.Yudakov), Dilorom ("Dilorom", M. Ashrafiy), Rozina ("Sevilya sartaroshi", J.Rossini), Violetta, Jilda ("Traviata", "Rigoletto", J. Verdi), Lyuchiya ("Lyuchiya di Lamermur", G.Donitsetti) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Konsert repertuaridan oʻzbek va chet el kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Ijro uslubi virtuoz texnika, musiqali obrazlarning emotsionalligi, samimiyligi va saxnaviy jozibadorligi, dramatikifodaviy vositalarning oddiyligi va aniq diksiyasi bilan ajralib turadi. Germaniya, AQSH, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Misr kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Xalqaro xonandalar tanlovi (Riga, 1989; Vengriya, 1990; Rim, 1997) va opera festivali (Turkiya, 2003)da qatnashib mukofotlarga sazovor boʻlgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati."Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi (2020). Toshkent davlat konservatoriyasida professor.[1][2]

Manbalar tahrir